226
227
Radiotelefon aloqa, videotelefon aloqa telefon aloqaning alo-
hida turlaridan hisoblanadi.
Telefon aloqa tizimi telefon tarmog‘idan va abonent terminalla-
ridan tashkil topgan.
Umumiy holda telefon tarmog‘i –
bu kommutatsiya uzellari
maj muyidir, ularning rolini avtomatik telefon stansiyalar (ATS) va
ularni birlashtiruvchi aloqa kanallari bajaradi.
Telefon aloqada telefonlardan foydalanilib, o‘zaro
aloqa amalga
oshiriladi. Telefonlarning ikki turi mavjud:
1. Statsionar telefonlar.
2. Uyali aloqa telefonlari.
85- rasm. statsionar
telefon apparati.
86- rasm. uyali
telefon apparati.
abonent terminallari (ularga abonentning telefon apparatlari,
ATS yoki kompyuterlar misol bo‘la oladi), odatda,
tarmoqqa ikki
juft mis sim – abonent liniyasi bilan ulanadi. Abonent liniyasi tar-
moqda o‘zining yagona raqamiga (abonent raqamiga) ega, u orqali
ma’lumotlarni uzatish ko‘pincha analog shaklda olib boriladi.
atslar
bir-biri bilan ulovchi liniya deb
ataladigan liniya orqali
ulanadi – hozir deyarli barcha umumiy foydalanish tarmoqlarida
4 ta simli raqamli liniyalar qo‘llaniladi (bir
juft sim signallarni har
bir yo‘nalishda – bir ATSdan boshqasiga va teskarisiga – uzatish
uchun qo‘llaniladi).
226
227
Muassasa ATS bu axborot-kutubxonaning hamma bo‘limlari
ichki aloqasini tashqi shahar telefon tarmog‘iga murojaat qilmas-
dan ta’minlaydi.
Direktorlik telefon aloqasi, bu rahbarlarni o‘zining
ishchi va
xodimlari bilan xizmat bo‘yicha aloqasini ta’minlaydi.
Muassasa ichidagi ATS yoki boshqachasiga ofis ATS axborot-ku-
tubxonalarida biror miqdordagi qo‘shimcha ichki telefonlarni tash-
kil etish uchun ishlatiladi: hamma tashqi chaqiruvlar ATS
tomoni-
dan qabul qilinadi va ichki telefonlarga bevosita yoki qo‘shimcha
raqamlar bilan o‘tkaziladi. Abonentning tashqi liniyaga chiqishi,
odatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri terish yo‘li bilan ta’minlanadi.