Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/163
Sana02.02.2024
Hajmi17,68 Mb.
#150187
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   163
Bog'liq
Axborot-kutubxona texnologiyasi

Matnli protsessor – matnli hujjatlarni yaratish va ishlov be rish 
uchun mo‘ljallangan amaliy dasturiy maxsul turidir. U so‘zlarni 
qo‘shish yoki olib tashlash, gaplar va xat boshilarini boshqa joyga 
ko‘chirish, format belgilash, matn elementlari va rejimlari bilan 
turli harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. hujjat tayyor 
bo‘lganida, xodim uni tashqi xotiraga yozib qo‘yadi, so‘ngra bos-
madan chiqaradi va, zaruriyat bo‘lsa, kompyuter tarmog‘i bo‘yicha 
uzatadi. Shunday qilib, menejer ixtiyorida yozma kommunikatsi-
yaning samarali turi bo‘ladi. Matnli protsessor yordamida tayyor-
langan xatlar va ma’ruzalarni muntazam olib turish menejerga 
axborot-kutubxonadagi vaziyatni doimo baholash imkonini beradi. 
audiopochta. Bu pochta xabarlarni ovoz bilan yuborish uchun 
mo‘ljallangan. U elektron pochtaga o‘xshab ketadi, faqat farqi siz 
xabarlarni kompyuter klaviaturasi yordamida terib emas, balki tele-
fon orqali uzatasiz. Yuborilgan xabarlarni ham xuddi shu tarzda 
telefon orqali olasiz. Tizim audio signallarni raqamli kodga va, 
aksincha, raqamli kodlarni audio signallarga o‘zgartirish uchun 
maxsus qurilmani, shuningdek, audioxabarlarni raqamli shaklda 
saqlash uchun kompyuterni o‘z ichiga oladi. Audiopochta ham 
tarmoqda amalga oshiriladi. Audioxabarlarni uzatish pochtasidan 
muammolarni guruh bo‘lib hal qilish uchun
muvaffaqiyatli foyda-
lanish mumkin. Buning uchun xabar yuboruvchi qo‘shimcha tarz-
da ushbu xabar kimlarga mo‘ljallangan bo‘lsa, shu shaxslarning 
ro‘yxatini ko‘rsatishi zarur. Tizim barcha ko‘rsatilgan shaxslarga 


242
243
xabarni uzatish uchun ularga muntazam qo‘ng‘iroq qilib turadi. 
Audiopochtaning elektron pochtaga nisbatan asosiy afzalligi uning 
oddiyligida bo‘lib, undan foydalanishda xabarlarni klaviatura yor-
damida kiritib o‘tirish shart emas. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   163




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish