• Nazorat savollari
  • Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet132/163
    Sana02.02.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #150187
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   163
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona texnologiyasi

    videokonferensiyalar. Ular ham audiokonferensiyalar qanday 
    maqsadlarga mo‘ljallangan bo‘lsa, shunday maqsadlarga mo‘ljal-
    langan, lekin bunda videoapparatura qo‘llaniladi. Ularni o‘tkazish 
    ham kompyuter bo‘lishini talab etadi. Videokonferensiya jarayon-
    ida bir-biridan ancha uzoq masofada bo‘lgan uning ishtirokchilari 
    televizor ekranida o‘zlarini va boshqa ishtirokchilarni ko‘rib tura-
    dilar. Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz ham eshitilib turadi. 
    Videokonferensiyalar transport va xizmat safari xarajatlarini ancha 
    qisqartirish, o‘zaro fikr almashish, bevosita konferensiyada qat-
    nashish imkonini beradi. 
    Bu axborot-kutubxonalarda bunday konferensiyalarlarda mu-
    ammoni hal qilishga hududiy jihatdan axborot-kutubxonadan an-
    cha uzoqda joylashgan ko‘p sonli mutaxassislarni jalb etish im-
    koniyatini beradi. 
    Videokonferensiyalarni tashkil etishning uchta konfiguratsiyasi 
    eng keng tarqalgan: 
    – bir tomonlama video va audioaloqa. Bu yerda video va audio-
    signallar faqat bir yo‘nalishda, masalan, loyiha rahbaridan ijrochi-
    larga yo‘naltirilgan bo‘ladi;
    – bir tomonlama video va ikki tomonlama audioaloqa. Ikki to-
    monlama audioaloqa videotasvirlarni qabul qilib olayotgan konfe-
    rensiya ishtirokchilariga videosignallarni yuborayotgan ishtirokchi 
    bilan audioaxborot bilan almashinish imkonini beradi;
    – ikki tomonlama video va audioaloqa. Bu ancha qimmat 
    aloqa turida konferensiyaning, odatda, bir xil maqomga ega bo‘lgan 
    barcha ishtirokchilari o‘rtasida ikki tomonlama video va audialoqa-
    dan foydalaniladi. 
    Nazorat savollari:
    1. Axborot-kutubxona muassasalarida avtomatlashtirish sohasida olib 
    borilayotgan jarayonga baho bering.


    242
    243
    2. Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tarkibini aytib bering.
    3. Axborot-kutubxona tarkibining o‘zaro bog‘liqligi nimalardan ibo-
    rat?
    4. Axborot-kutubxonalarni avtomatlashtirish va ularda bajariladigan 
    ishlar to‘g‘risida gapirib bering.
    5. Audiopochtadan qanday foydalaniladi?
    6. Videokonferensiyaga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   163




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish