246
247
har xil yuklarni tashish uchun (qog‘oz rulonlari, posilka qilingan
kitoblar va h. k.) axborot-kutubxonalarda «TG–100», «TG–130»,
«TG–400» kabi aravachalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
«TG–100» va «TG–130» aravachalari uncha ko‘p ishlatilmaydi.
«TG–400» aravachasi esa og‘ir yuklar uchun mo‘ljallangandir.
Respublika meditsina axborot-resurs markazida qo‘llanilayotgan
«TRK–1» markali qo‘l aravachasi «T–6» markali aravachadan
farq qiladi. Aravacha, asosan, Saratov mexanika zavodidan ish-
lab chiqarilgan. Aravacha 3 yarusli. Kutubxonachi eng pastki ya-
rusga gazetalarni, ikkinchi yarusga jurnallarni, uchinchi yarusga
esa kitoblarni qo‘yib tashishi mumkin. Respublika ilmiy-texnika
kutubxonasida qo‘llanilayotgan «TRK–2» qo‘l aravachasi boshqa
ara vachalardan farq qiladi. «TRK–2» markali aravacha 4 kalonkali
bo‘lib, 360° ga burila oladi. Yana bir xususiyati shuki, bu aravacha-
da keng formatli adabiyotlarni ham tashish mumkin. Bu esa texni-
kaga oid keng mashtabdagi chizma va adabiyotlarni kitobxonga
yetkazishda katta yordam beradi.
hozirgi kunda aravachalaridan tashqari quyidagi yengil adabi-
yotlarni tashishga mo‘ljallangan «TG–100», «TG–130» hamda
katta hajmdagi adabiyotlarni tashishga mo‘ljallangan «TG–100»
markali aravachalar ishlab chiqarilmoqda. Bu aravachalar, asosan,
rulonli qog‘ozlar tashishga mo‘ljallangan.