Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/163
Sana02.02.2024
Hajmi17,68 Mb.
#150187
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   163
Bog'liq
Axborot-kutubxona texnologiyasi

aylanuvchi kartotekalar bu vertikal yoki gorizontal o‘qlar 
atrofida aylanuvchi barabanlar bo‘lib, ularning seksiyalariga kar-
talar yoki hujjatlar solingan yig‘ma jildlar joylashtiriladi. Ularning 
afzalligi shartli doimiy va kam o‘zgaradigan axborotlarni saqlan-
ishidadir. Vertikal o‘qli kartotekalar axborot-kutubxonalarning 
ma’lumot uchun xizmatlarida, gorizontal o‘qli kartotekalar esa 
xodimlarning ish joylarida ishlatishga mo‘ljallangan. 
Aylanadigan kartotekalarning boshqa ko‘rinishi ham bo‘lib 
ularda sterjeniga ma’lumotli kartalar mahkam o‘rnatilgan bo‘ladi. 
Bu tipdagi kartotekalardan, odatda, axborot-kutubxona katalogla-
rida ommaviy foydalanish uchun ishlatiladi. Ikkala ko‘rinishdagi 


258
259
ay lanuvchi kartotekalar ba’zida avtomatlashtirilgan qidirish me-
xanizmlari bilan jihozlanadi. 
Avtomatlashtirilgan kartotekalar jumlasiga elevatorli va rotorli 
kartotekalar kiradi. 
elevatorli kartotekalar. Elevatorli kartoteka operatorning ish 
joyiga rolikli zanjirga osilgan kartali yoki boshqa hujjatli tarnov-
larni (yashiklarni) avtomatik uzatishni tashkil qiladigan qurilmadir. 
Tarnovlarni uzatish boshqarish pultidan teriladigan ish joyi manzi-
liga (kodiga, identifikatoriga) mos ravishda amalga oshiriladi. Ele-
vatorli kartochkalar sig‘imi katta – 500 mingtagacha kartochkani 
joylashtirishga mo‘ljallangan. 
rotorli kartotekalar hujjatlar uchun tarnovli aylanma tok-
cha – seksiyalarga egadir. Ular aylanadigan barabanli kartoteka-
larni eslatadi, lekin avtomatik boshqarish pultida terilgan manzil 
bo‘yicha foydalanuvchiga kerakli tarnov olib kelinadi. Rotorli 
kartotekalar ning sig‘imi kartochkalarning shakli bilan aniqlanadi 
va 10–75 ming donani tashkil etadi. 
perfokartali kartotekalar. Chetlari perforatsiyali kartalardagi 
kartotekalar yengil mexanizatsiyalashgan qidirish imkonini be-
radi. Chetlari perfora tsiyali karta qalin qog‘ozdan yasalgan to‘g‘ri 
to‘rtburchak ko‘rinishiga ega bo‘lib, hamma chetlari bo‘ylab bir 
xil teshiklar o‘yib chiqilgan: har bir pozitsiyada bir yoki bir nechta 
(ko‘pincha ikkita) teshik. Qidirish kodini o‘rnatishda kartaga mos 
teshiklarni perfokarta chetidan ajratib turuvchi katakni qirqish 
amalga oshirilib, natijada ochiq tirqish (yoriq) hosil bo‘ladi. Per-
fokartaning teshiklardan xalos bo‘lgan markaziy ma’lumot may-
doniga hamma kerakli hujjatlar nusxalash yoki qo‘lda yozish usuli 
bilan kiritiladi. Kerak ma’lumotli kartani topish to‘g‘rilangan kar-
talar dastasidagi qidirilayotgan kodga mos keluvchi teshikka o‘qni 
sanchib olish va dastani silkitish bilan amalga oshiriladi. Silkitishda 
kerakli perfokartalar dastadan tushib qoladi. Bu jarayon yordamida 
6–7 ming kartaga ega bo‘lgan to‘plamdan 5–6 belgi bo‘yicha bizni 
qiziqtirgan kartalarni osongina tanlab olish mumkin. Perfokarta-
ning ma’lumot maydoniga tez-tez hujjatlarning mikrofotokopiyasi 
kiritiladi. 


260
261
Bu keng tarqalgan va samarali mikrofilmlashtirilgan hujjatlarni 
saqlash tizimlari yordamida ma’lumot qidiruv ishlarini samarali 
yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   163




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish