262
263
14. 5. hujjatLarni MiKrOfiLMLashtirish
Mikrofilmlashtirish – bu fotografik usul bilan maxsus tashuv-
chida hujjatlar asl nusxalarining kichraytirilgan (ba’zida yuz baro-
bargacha) mikrofotokopiyalarini olishdir.
Mikrofilmlashtirishning asosiy vazifasi: saqlash uchun kerakli
maydonni bir necha o‘n barobar qisqartirib, hujjatlar ning sig‘imli
omborini yaratish: hujjatlar qidirish jarayonini yengillashtirish;
hujjatlar nusxasini olish va ko‘paytirishning oddiy va tezkor jarayo-
nini ta’minlashdan iborat. Amaliyotda ishlatilayotgan hamma huj-
jatlarni saqlash tizimlari ichida mikrofilmlarda axborotlarni saqlash
tizimi eng katta sig‘imga va eng arzon narxga egadir. Kerakli huj-
jatni qidirish va undan fotonusxa olishning o‘rtacha vaqti 10–20
daqiqa bo‘lgan bir nechta o‘n millionlab hujjatlarga ega bo‘lgan
mikrofilmli axborot qidiruv tizimlari mavjud. Mikrofotonusxalash,
reprodutsiyalash, nusxa olish, ko‘zdan kechirish, mikrofotonusxa-
larni avtomatlashtirilgan qidirish va saqlash qurilmalarining ko‘p
turlari ishlab chiqarilmoqda.
Mikrofilmlar ko‘rinishi va texnologik xususiyatlari bo‘yicha
quyidagi turlarga bo‘linadi:
– rulonli mikrofilmlar;
– kesmali mikrofilmlar;
– shaffof formatli mikrofishalar (diamikrokartalar);
– shaffof bo‘lmagan formatli mikrokartalar, aperturli kartalar va
boshqalar.