• Mikrofilmlarni dastaki qidirish va ko‘rib chiqish
  • rasmga oluvchi apparatura




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet146/163
    Sana02.02.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #150187
    1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   163
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona texnologiyasi

    rasmga oluvchi apparatura ishlash prinsipi bo‘yicha ikki gu-
    ruhga bo‘linadi:
    – kadrli (statik) rasmga olish;
    – tirqishli (dinamik) rasmga olish;
    Kadrli rasmga oluvchi apparatlar (UDM–2, Dokumator DA, 
    Rust–3, Pentakta A–100 va boshqalar) uchun shu narsa xoski, asl 
    nusxani suratga olish vaqtida qo‘zg‘almas holatda turadi. Bunday 
    apparat lar ham varaqli, ham risolalangan asl nusxalarni mikrofilm-
    lashtirishni amalga oshiradi; turli kenglikdagi (16,35 va 70 mm) 
    ham perforirlangan, ham perforirlanmagan «Mikrat» tipidagi pozi-
    tiv va negativ plyonkalarga dastaki, yarim avtomatik va avtomatik 
    rejimlarda rasmga olish imkonini beradi. 
    tirqishli rasmga olish apparatlarida (Reprograf–130, Repro-
    graf–900 va boshqalar) asl nusxa uzluksiz harakatlanadi va u bilan 
    bir vaqtda siljuvchi fotoplyonkaga ensiz tirqish orqali ekspozitsi-
    yalanadi. Bunday apparatlarning afzalligi shundaki, rasmga olish 
    jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan, yuqori samaradorlikka ega, 
    uzunligi bo‘yicha cheklanmagan asl nusxalarni mikrofilmlashtirish 
    imkonini beradi. 
    Rulonli mikrofilmlarda ma’lumot qidirishni yengillashtirish 
    uchun turli xil mexanizatsiyalashgan axborot qidiruv tizimlari ish-
    latiladi, masalan, «POISK», «OK» tipidagi. 
    «POISK», «OK» tizimida mikrofilmlashtirish UDM–2 qurilma-
    sida 35 mm li plyonka orqali amalga oshirilib, kodlash uchun max-
    sus moslama bilan jihozlangan. So‘ralayotgan mate rial kodi mikro-
    film kadrlari orasiga kiritilgan bo‘ladi. Qidiruv vaqtida mashinaga 
    kerakli kadr kodi kiritiladi va u av tomatik ravishda kerakli kadrni 
    ekranga chiqaradi. 
    Mikrofilmlarni dastaki qidirish va ko‘rib chiqish uchun 
    kadr ning kattalashtirilgan tasvirini ekranga chiqaradigan o‘quv-
    ko‘rib chiquvchi apparatlar (Mikrofot, Luch cho‘ntak apparati) 
    qo‘llaniladi, ularning ba’zilari tasvir nusxasini olish imkonini be-
    radi (elektrofilm apparati va boshqalar). 
    Mikrofishalarni qidirish va ko‘rib chiqish uchun Iveriya iz-
    lovchi mashinasi yaratilgan. «Pentakta» mikrofilmli kompleksi 


    264
    265
    105 × 148 mm formatli mikrofishalarni rasmga olish, qayta ishlash, 
    qidirish, o‘qish, nusxa olish va saqlash qurilmalarini o‘z ichiga 
    oladi. 
    Mikrofilmlashtirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri hujjatlar-
    ni golograflashtirish – hujjatning golografik nus xasini (gologram-
    ma) maxsus plastinkaga yoki plyonkaga lazer nuri orqali rasmga 
    olish usulidir. Bitta 101 × 126 mm o‘lchamli gologrammaga 
    1000 tadan ko‘p 1–2 mm diametrli mikrogologrammani joylashti-
    rish mumkin, bu matnning bir necha ming betiga mos keladi. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   163




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish