266
267
FKS hF 4080, DC Mini hF risolalovchi mashinalari A3 va A4
shakldagi to‘plamlar ustidan ikki karra o‘tib biriktiradi, A4 va A5
shakldagi 100–105 ta varaqni risolalaydi, samaradorligi so atiga
1500 dona, varaq tanlovchi bilan interfeysga ega; DC Mini SR
mashinasi tanlangan to‘plamlarni chapdan yuqoriga biriktiradi va
tikkich uchun yon tomonidan teshiklar ochib beradi.
List tanlovchi mashinalar (kollatorlar) bosilgan varaqlarni
avtomatik ravishda to‘plamlarga ajratib chiqaradi. Masalan, kitob-
lar va shunga o‘xshash risolalarni tayyorlash uchun bunday ap-
paratura komplekslari ixtiyoriy hajmdagi adad (tiraj)ni tanlash,
tayyor bloklarni avtomatik qayta ishlash va oqibatda shakllangan,
jo‘valangan va biriktirilgan mahsulotni olish imkonini beradi.
Kichik hajmli vertikal lentali kollatorlar: DC 6 Mini va FKS
Malyutka (6 tarnovli), DC 6 Mini va FKS UC–800 (8 tarnovli),
DS10 Mini va FKS US–1000 (10 tarnovli) soatiga 2100 to‘plam
(blok) samaradorligiga ega, ular A3 va A4 shaklli qog‘ozlar bilan
ishlaydi. DS kollatori biriktiruvchi va bukuvchi DS Mini hF riso-
lalovchisi bilan bitta liniyaga o‘rnatilishi mumkin.