262
263
– bir rolikda joylashgan ko‘p sonli hujjatlar ichidan ke rakli huj-
jatni qidirish qiyin;
– uzun plyonka bilan ishlash noqulay;
– rulonli tashuvchining ko‘rib chiqilgandagi yemirilishi.
Mikrofilmlardan sig‘imi bo‘yicha katta bo‘lmagan kartoteka-
larda ish hujjati sifatida foydalanilganda, ularning alohida kadrlar
sifatida saqlanishi maqsadga muvofiqdir.
Kesmali mikrofilmlar. Mikrofilmlarning
alohida kesmalari
shaffof konvertlarga joylashtirilib, ulardan kartote kalar shakllan-
tiriladi. Bunday mikrofilmlar uzluksiz reprodutsiyalash uchun ya-
roqsizdir, lekin ular rulonliga nisbatan ko‘rib chiqish uchun qulay.
Mikrofilm ma’lumotlar jamg‘armasida saqlanishi qulay hisoblana-
di, ulardan bosib chiqarilgan alohida kadrlar esa ish materiali bo‘lib
xizmat qiladi.
Mikrokartalar – bu aniq formatli tekis kartochkalardir. Kar-
tochkaning asosi shaffof (tekis kesilgan fotoplyonka) yoki noshaf-
fof (fotoqog‘oz) bo‘lishi mumkin.
Shaffof
asosdagi mikrokartalar diamikrokartalar yoki
mikro
fishalar deb ataladi; ulardan keng tarqalganlari: 35 × 70, 75 × 125,
105 × 148 mm o‘lchamlilaridir.
Karta o‘lchamlilari va kichraytirish darajasiga qarab unga bir ne-
cha o‘nlab kadrlarni joylashtirish mumkin. Masalan, 105 × 148 mm
o‘lchamli kartaga kitobning 100 tagacha va undan ko‘p betla-
rini
joylashtirish, 4–5 ta shunday mikrokartaga kattagina kitobni
sig‘dirish mumkin. Mikrofishalar maxsus apparatlar yoki maxsus
lupalar yordamida o‘qiladi.
Mikrokartalarning afzalligi kerakli kadrni qidirish osonligi va
pochta orqali jo‘natish qulayligida.
Kamchiligi tayyorlashning qiyinligida. Mikrofilmlashtirilgan
hujjatlarni yaratish va ular bilan ishlash uchun max sus
texnika ish-
latiladi:
– rasmga oluvchi mikrofilmlovchi apparatlar;
– tasvirni chiqarish va qotirish uchun asbob-uskunalar;
–
qidirish, ko‘rib chiqish va nusxa olish uchun apparatlar;
– mikrofilmlarni saqlash uchun jihozlar.