standart Ma’LuMOt KartOchKaLarini




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/163
Sana02.02.2024
Hajmi17,68 Mb.
#150187
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   163
Bog'liq
Axborot-kutubxona texnologiyasi

14. 3. standart Ma’LuMOt KartOchKaLarini 
saqLash va qidirish vOsitaLari 
Bir xil hajmli ma’lumot kartochkalarini saqlash uchun turli xil 
ko‘rinishdagi kartotekalar ishlatiladi. 
Kartoteka – bu ko‘p sonli kitoblar (blanklar, standart shaklli 
hujjatlar va shunga o‘xshashlar)ni o‘z ichiga olgan qurilma bo‘lib, 
ular umumiy ma’no bo‘yicha birlashtirilib, alifbo tartibida joy-
lashtiriladi. 
Turli xil kartotekalarning ko‘p sonli konstruksiyalari ishlab 
chiqilgan va qo‘llanilmoqda: tekis, vertikal, aylanuvchan va bosh-
qalar. Kartotekada kartalar tartib raqami, alifbosi, mavzusi bo‘yicha 
tizimli, ba’zi holda esa ixtiyoriy tartibda joylashtirila di. To‘plamda 
kartalar topilishini yengillashtirish uchun ajratgichlar (indikator-
lar) qo‘llanilib, ularda qismlarning sinflashtirilgan belgilari yaqqol 
ko‘rinib turadi. 
tekis kartotekalar. Ularda kartochkalar quyidagicha joy-
lashtiriladi: keyingi turgan kartaning biror cheti oldingi turganlari 
ostidan 7–10 mm chiqib turadi, shunda har bir kartaning identi-


258
259
fikatori ko‘ri nib turadi. Tekis kartotekalar ko‘pincha «zinapoyali», 
ya’ni «ko‘zga tashlanadigan» deb ham yuritiladi. 
Kartochkaning chiqib turgan cheti eng muhim ma’lumot yoki 
uning ko‘rsatkichlarini identifikatsiya qiluvchi qiymatini yozish, 
grafik belgilarni yoki rangli indikatorlarni qo‘yish uchun ishlati-
ladi. Kartochkaning yopiq qismi shu obyekt to‘g‘risida yanada 
to‘liq ma’lumot yozish uchun ishlatiladi. Kartochkalarning bunday 
joylashishi va ularda ma’lumotlarning tabaqalashtirilganligi tufayli 
tekis kartochkalar yaxshi ko‘zga tashlanadi va talab qilinayotgan 
ma’lumotlarning tez va aniq topilishi ta’minlanadi. 
vertikal kartotekalar – Vertikal kartotekalar yashiklar (ariq-
lar) ko‘rinishida bo‘lib, kartalar ularga vertikal joylashgan bo‘ladi. 
Kartochkalar yashikda erkin joylashishi yoki qatorda ochilgan te-
shiklar orqali o‘tuvchi gorizontal o‘q bilan mahkamlanishi mum-
kin. Bunday kartotekalar odimlar bo‘limida, arxivlarda, axborot-
kutubxonalarda va boshqalarda ishlatiladi. 
Vertikal kartochkalarning afzalligi: oddiy, arzon, katta sig‘imli.
Kamchiligi kartalar qidirishning nisbatan qiyinligida.
Tavsiflanuvchi obyektlar yoki ko‘rsatkichlari bo‘yicha farqla-
nuv chi kartalar guruhini qidirishni yengillashtirish uchun ular bir-
biridan ajratgichlar bilan bo‘linadi. Guruhlar ichiga kartochkalar 
oldindan o‘rnatilgan tartibda alifbo, sana va shunga o‘xshashlar 
bo‘yicha joylashtiriladi. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   163




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish