270
271
– hujjatni qog‘oz changiga aylantiradigan (chiqindilarni ara-
lashtirib, uzunasiga va ko‘ndalangiga qirqiladi, A4 shaklli varaq
9000 zarrachagacha qirqiladi);
– maxsus (qog‘ozni metall mahkamlagichi bilan birga mayda-
laydi, chiqindilarni qog‘ozli
xaltalarga joylaydi).
«Rexel» firmasining (Angliya) qog‘ozni yo‘q qiluvchi 100 dan
ortiq modeli juda ommabopdir, masalan, 70 Auto, 130 Auto, 2500
Auto, X9 high Security, X500 high Security, h16 Destroyer,
VX5000, Destroyer va boshqalar.
Nazorat savollari:
1. Axborot-kutubxonalarda hujjatlarni saqlash va qidirish vositalariga
qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?
2. Ixtiyoriy shakldagi qog‘ozli hujjatlarni saqlash va qidirish vositalari
haqida gapirib bering
3. Kartoteka nima?
4. Kartotekaning qanday turlarini bilasiz?
5. Elektron hujjatlar yaratish va ularni saqlash ishlari qanday amalga
oshiriladi?
6. Elektron hujjatlar bilan ishlashda nimalarga e’tibor beriladi?
7. Mikrofilmlashtirish va uning ahamiyati nimalardan iborat?
8. hujjatlarni qayta ishlash vositalariga nimalar kiradi?