• 15. 3. KitObLarni jOYLashtirish va saqLash
  • Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet154/163
    Sana02.02.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #150187
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   163
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona texnologiyasi

    xonalarning tozaligi. Bunda devor va ship changlari tozalana-
    di; pol va plintuslar soda-sovun bilan yuviladi. 2% li formalin er-
    itmasi yordamida hamma stellyaj changlari artilib, quritiladi. Xo-
    nalarni har kuni changyutgich yordamida tozalash zarur. Axborot-
    ku tub xo nalarda har oyda bir marotaba sanitar kuni o‘tkaziladi va 
    armatura, patalok, devor, pol, isitish qurilmalari, stellyaj va boshqa 
    jihozlardagi changlar tozalanadi. Ayniqsa, pol plintuslarida hosil 
    bo‘lgan yoriqlarni darhol yopish zarur, chunki o‘sha joydan kemi-
    ruvchilar va hasharotlar chiqishi mumkin. Kitob saqlash bo‘limlari-
    ning poli betondan qilinib, linoleum bilan qoplanishi tavsiya etila-
    di. Namgarchilikda pol yuvish mumkin emas. Bo‘yoq qilinmagan 
    pollar har oyda bir marta «flyurit moyi» bilan artilsa, pol changlari 
    havoga ko‘tarilmaydi. Deraza oynalarini nashatir spirti bilan yu-
    vish mumkin (1 ta nashatir spirtiga uning 10 barobari miqdorida 
    suv qo‘shiladi). Eshik va deraza romlarini iliq suvda nashatir spirti 
    qo‘shib sovunsiz yuvish tavsiya etiladi (1 litr suvga 1 osh qoshiq 
    nashatir spirti qo‘shiladi). Kitob saqlash bo‘limlariga turli xil oziq-
    ovqat mahsulotlarni kiritish mutlaqo man etiladi. 
    Kitoblar derazadan, isitkich asboblar va nam tarqatuvchi man-
    balardan uzoqroqda, kitob javonlari yoki stellajlarda saqlanishi ke-
    rak. Eng yaxshisi, ular polkalarga bir qator qilib bir-biriga juftlab, 
    lekin juda zichlamay terilgani ma’qul (nihoyatda zich tursa, ular-
    dagi qavariq elementlarning shakli o‘zgarib, kitoblar olinayotgan-
    da koreshokning tepa qismi buziladi). Polkalarda turgan kitoblarni 
    olish oson bo‘lsa, ularni ehtiyotlash ham osonlashadi. Kitoblarni 
    moslashtirilmagan xonalarda saqlash mumkin emas. 


    274
    275
    15. 3. KitObLarni jOYLashtirish va saqLash 
    Kitob saqlash xonalari va uning jihozlanishi kitob fondning 
    saqlanishi uchun muhim ahamiyatga egadir. 
    Axborot-kutubxonalar uchun qurilayotgan yangi binolarda, al-
    batta, changni va gazni yuzaga keltiruvchi, kitobning yemirilishiga 
    ta’sir etuvchi sabablarning oldini olish choralarini ko‘rib chiqish 
    muhimdir. 
    Kitob saqlash bo‘limida muntazam havo almashinuvini 
    ta’minlab borish zarur. Uni vintelizatsiya yoki koniditsioner orqa-
    li amalga oshirish mumkin. Xonani deraza, darcha yoki framugi 
    orqali shamollatish mumkin. Isitish tarmog‘i bor xonalarda yong‘in 
    xavfsizligi choralari ko‘riladi. Kitob fondining yaxshi saqlanishi, 
    kitob joylashgan inventarlarga ham bog‘liq. 
    Bir nomdagi kitob, qo‘lyozmalar shkafga joylashtiriladi. Noyob 
    kitoblar esa maxsus seyflarda saqlanadi. Temirli stellyajlar javonda-
    gi kitoblarda havoning tez-tez almashinib turishiga imkon beradi. 
    Bunday stellyajlarda kitoblarni yong‘in chiqqanda bir joydan 
    boshqa joyga ko‘chirish mumkin. Stellyaj javonlar metal yoki 
    yog‘ochdan tayyorlanadi. 
    Metal stellyajlar yog‘ochlidan ko‘ra yaxshiroqdir. Metal sirti sil-
    liq va tez ifloslanmaydi. Undan tashqari, u uzoq muddatga chidamli 
    va yong‘in ro‘y berganda stellyajga hech qanday zarar yetmaydi. 
    har bir stellyaj qavatiga 50–60 ta kitob joylashadi. Kitobning o‘r-
    tacha hisobdagi qalinligi 1,5–1,75 sm ni tashkil etadi. 
    Kitob saqlash bo‘limlarida stellyajlar derazaga perpendikular 
    holatda joylashtiriladi. Bu joylashtirish yorug‘likning to‘g‘ri tarqa-
    lishiga zamin yaratadi. 
    Stellyajlarni deraza, batarea va quvurlar yonida joylashtirish 
    umuman ta’qiqlanadi. 
    Stellyaj qavatlari orasidagi masofa 40 sm ni tashkil etadi. 35 sm 
    o‘lchamdagi kitob va jurnallar vertikal holatda joylashtiriladi, katta 
    jurnal va gazetalar gorizontal holatda saqlanadi, chunki muqova va 
    sahifalar buklanib qolishi mumkin. 


    276
    277
    Kitoblarni pol shtabeliga, derazaga, zinalarga yoki stellyaj orqa-
    lariga joylashtirish mutlaqo man etiladi. 
    Javondagi kitoblarni tiqishtirib joylashtirish uning oson tanlab 
    olinishiga to‘sqinlik qiladi. 
    Bunday joylashtirish chumolilarning paydo bo‘lishiga ham sha-
    roit yaratadi. Broshyura va kichik ma’lumotli materiallar qutida 
    yoki yig‘ma jildlarda saqlanadi. 
    Kitobga palapartish munosabatda bo‘lish ham uning tez yirtili-
    shi va zararlanishiga olib keladi. Uni tavaqalari bir-biriga tekkudek 
    orqasiga bukish, naysimon qilib o‘rash, sahifalarining burchakla-
    rini qayirish, varaqlari orasiga boshqa narsalarni solish yaramaydi. 
    hatto arzimasdek tuyuladigan keskin ochish ham kitob varaqlari-
    ning, forzas, blok va koreshokning ko‘chib ketishiga sabab bo‘lishi 
    mumkin. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   163




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish