xv bOb. axbOrOt-KutubxOna
MuassasaLarida fOndLarninG
GiGiYenasi va restavratsiYasi
15. 1. Axborot-kutubxona fondlarini saqlash.
15. 2. Kitobni qanday asrash va ehtiyotlash kerak?
15. 3. Kitoblarni joylashtirish va saqlash.
15. 4. Dezinfeksiya.
15. 5. Restavratsiya.
270
271
Mavzuning maqsadi: axborot-kutubxonalarda fondlarni saqlash,
kitoblarni asrash va ehtiyotlash, kitoblarni joylashtirish, kitoblarni turli
xil yemiruvchilardan asrash, dezinfeksiya qilish va restavratsiya usullari
haqida ma’lumot berish hamda mustaqil bajarishga o‘rgatish.
15. 1. axbOrOt-KutubxOna
fOndLarini saqLash
Mustaqil respublikamizda ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan
nodir asarlarning saqlanishiga va ulardan ezgu maqsadlarda foy-
da lanish, madaniy merosni keng targ‘ib qilish ishlariga alohida
e’tibor qaratilib, axborot-kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish
uchun muhim ishlar amalga oshirib kelinmoqda, bu borada qonun
va qarorlar qabul qilinmoqda. Ularning ijrosi shu sohaning rivoj-
lanishiga katta hissa qo‘shmoqda.
Shuningdek, har bir kitobxon qalbida «Vatan tuyg‘usi», «Mil-
liy iftixor» tushunchalarini qaror toptirish, ularning bilim olishlari,
ajdodlar merosidan bahramand bo‘lishlari uchun sharoitlar yaratil-
moqda.
Axborot-kutubxona fondlarining saqlanishi – kompleksli mu-
am modir. O‘zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona muassa-
salarida minglab, millionlab qo‘lyozmalar, kitoblar, jurnal, gazeta,
xarita va boshqa ashyoviy hujjatlar saqlanmoqda. Bu, albatta, mil-
latimizning noyob merosidir.
Madaniy merosimizni o‘sib kelayotgan avlodlarga yetkazib,
saqlab berish – eng muhim va mas’uliyatli vazifadir.
Kitoblarni saqlash uchun zarur sharoitlarni yaratish; axborot-
kutubxonalarda namlik darajasini saqlish; profilaktik nazorat olib
bo rish; kitob saqlash bo‘limlarida sistemali gigiyenik tozalikni
saqlash; o‘z vaqtida konservatsiya va restavratsiya ishlarini baja-
rish; kitobxonlarda kitobga bo‘lgan mehr tuyg‘usini uyg‘otish ho-
zirgi kunda mutaxassislarning muhim vazifalaridandir.
Aql-idrokning eng katta yutug‘i hisoblangan kitob har bir kishi-
ning tabiiy ehtiyojiga aylanib qoldi. U bilimlarni egallashda, inson-
272
273
ni va atrof muhitni anglashda, kasbga yo‘naltirishda katta yordam
beradi.
Oilada farzand tug‘ilgach, uyga, albatta, bolalar kitoblari ham
keladi. Go‘dak ikki-uch yoshgacha kitobxon emas, balki tinglov-
chi, tomoshabin bo‘lsa ham, kitob o‘ziga bilish quvonchini baxsh
etishiga ko‘nika boradi. Maktabga borganidan keyin esa uzoq yil-
lar davomida darslik va boshqa adabiyotlarga oshno bo‘lib, ular
yordamida bilim va madaniyat asoslarini, mehnat ko‘nikma va
malakalarini egallaydi. Birgina umumiy ta’lim maktabining o‘zida
yuzdan ortiq nomda darslik va qo‘llanmalar mavjud.
Nashriyot va poligrafiya korxonalarining xodimlari o‘quvchilar
uchun yaxshi xizmat qiladigan, hozirgi muqovabop materiallar,
sintetik plyonka, yaxshi qog‘oz navlaridan foydalanib, mohirona
bezatilgan, eng ilg‘or texnologiya asosida tayyorlangan, mazmun-
dor, rangli, uzoq muddat chidaydigan kitoblar yetkazib berishda
o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
Lekin vaqt o‘tishi bilan kitoblar tez-tez foydalanish, palapar-
tish munosabatda bo‘lish, noto‘g‘ri saqlash natijasida eskiradi,
o‘zining dastlabki ko‘rinishini yo‘qotadi, undan foydala nish qiyin-
lashadi. Ayniqsa, bolalar kitobdan foydalanish ko‘nikmasiga ega
bo‘lmagani uchun ularga mo‘ljallangan kitoblar ana shu holga
tushib qoladi.
Endilikda kitobga, ayniqsa, maktab darsliklari talab ortib bo-
rayotgani munosabati bilan ularni yaxshi saqlash va darsliklardan
foydalanish muddatini uzaytirish nihoyatda muhim masala bo‘lib
bormoqda.
O‘quv adabiyotlari fondi tashkil qilinishi natijasida darsliklarni
to‘rt yilda bir marta nashr etish va iqtisod qilingan qog‘ozlar hiso-
biga badiiy va bolalar adabiyotlari chiqarishni ko‘paytirish imkoni-
yati paydo bo‘ldi. hozirgi vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy va fan-texnika
taraqqiyoti talablariga, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mu-
vofiq millionlab nusxada yangi darsliklar nashr etish rejali ravishda
olib borilmoqda. Darsliklar umumxalq boyligi, yosh qalblarga oqil-
lik, poklik, barkamollik urug‘ini qadovchi vosita hisoblanadi.
272
273
Shuningdek, badiiy adabiyotlar, fan sohalariga oid ilmiy omma-
bop kitoblar, davriy nashrlar ham alohida ahamiyatga egadir.
Shuning uchun axborot-kutubxona fondidagi adabiyotlarni, no-
dir qo‘lyozma asarlarni, fond tarkibidagi hujjatlarni, media fond-
larni saqlash har bir mutaxassisning, har bir foydalanuvchilarning
asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
|