axbOrOt-KutubxOna KO‘tarGich




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/163
Sana02.02.2024
Hajmi17,68 Mb.
#150187
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   163
Bog'liq
Axborot-kutubxona texnologiyasi

13. 3. axbOrOt-KutubxOna KO‘tarGich 
(pOdYOMniK)Lari
Ko‘targich (podyomnik)lar deb ataluvchi yuk tashuv qurilmasi 
odamlar va yuklarni joylashtirish mumkin bo‘lgan mashinaga ay-
tiladi. 
Umuman, har xil konstruksiyaga ega bo‘lgan ko‘targichlar ish-
lab chiqarilgan. Bunday ko‘targichlardan hozirgi vaqtda ko‘p qa-
vatli axborot-kutubxonalarda bir kabinali yo‘lovchi tashuvchi lift-


248
249
lari, yuk tashuvchi liftlar va kam yuk tashuvchi liftlardan muvaf-
faqiyatli foydalanib kelmoqdalar. 
Axborot-kutubxona liftlari, o‘z navbatida, bir necha guruhga 
bo‘linadi: 
a) yo‘lovchi tashuvchi liftlar odamlarni yuqoriga olib chiqish va 
pastga olib tushish uchun mo‘ljallangan; 
b) yo‘lovchi va yuk tashuvchi lift odamlar bilan yuklarni birga-
likda
tashish uchun mo‘ljallangan; 
d) yuk bilan birga kuzatuvchi shaxsli lift; 
e) kuzatuvchisiz yuk tashuvchi lift; 
f) og‘irligi 160 kg gacha bo‘lgan yuklarga mo‘ljallangan 
ko‘targich. 
Axborot-kutubxonalarda vertikal (tik) yo‘nalish bo‘yicha ada-
biyotlarni transportlash vositasidan har bir qavatda kitob berish 
punkti va kitob saqlash fondlariga ega bo‘lgan ko‘p qavatli bino-
larda foydalaniladi. Ularning yuk ko‘tarish og‘irligi 50, 100 va 150 
kg dan iborat. Axborot-kutubxonalarda bunday ko‘targichlardan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, «NAK–508 – UE» 
ko‘targichlari kitob va boshqa yuklarni 3 qavatli binolar ichida 
transportlashi mumkin. Bunday ko‘targichlar Moskva lift qurilish 
zavodida ishlab chiqariladi. Ular 2 xil variantda ishlab chiqariladi: 2 
qavatli va 14 qavatli binolar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Masa lan, 
magazin lifti «LM–30»dan faqat 2 qavatli binolarda foyda lanish 
mumkin. Bunday ko‘targich Saratov savdo-sotiq jihozlarini tayyor-
lovchi zavodda ishlab chiqariladi. Ular ham 2 xil variantga: shkafli 
va prilafkali ko‘targichlarga bo‘linadi. Shkaf tipidagi liftlar xud-
di yuqoridagi kichik yuk tashuvchi liftlar singari qurilgan bo‘lib, 
farqi mashina yuqoridan emas, balki pastgi seksiyadan boshlab 
joylashtirilgan. Prilafka tipidagi liftlar kutubxona sharoitida yuqori 
seksiya eshigidan kitob berish punkti ro‘parasiga jo‘natiladi. Ku-
tubxonachi o‘z ish joyida adabiyotlarni joylashtirishi yoki olishi 
mumkin. Ana shunday shkaf tipiga ega bo‘lgan «LMSh–50» ru-
sumli lifti 2 qavatli binolar uchun ishlab chiqarilgan. 
Axborot-kutubxonalarda ko‘targichlarning joriy etilishi kutub-


248
249
xonachilar mehnatini yengillashtirish, kitobxonlar talablarini 
qondirish jihatidan ularning vaqtini tejashga yordam beradi. Ada-
biyotlarni liftga ortish yoki tushurish jarayoni faqatgina liftlar 
harakati to‘xtagan zahotiyoq amalga oshirilishi mumkin: kabina 
chaqirig‘i esa faqatgina pastdan tugmani bosish orqali amal-
ga oshi rilishi mumkin. Shu maqsadda, axborot-kutubxonalarda 
ko‘targichlar o‘rniga ko‘proq kitoblarni transportlash uchun kon-
veyrlardan foydalanish samarali hisoblanadi. 
Axborot-kutubxona muassasalarida ishlatilayotgan transport-
texnika vositalaridan A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada ish-
latilayotgan telelift mexanizatsiyalashgan transport texnika vositasi 
fikrimizning yaqqol isbotidir. Bu transport texnika vositasi orqali 
foydalanuvchi so‘rovini qondirishda axborot-kutubxona fondiga 
murojaat etish, kitob buyurtma qilish va qisqa vaqt ichida telelift 
orqali kutubxona kafedrasidan olish mumkin. Telelift Milliy ku-
tubxonaning barcha qavatlariga o‘rnatilgan bo‘lib, foydalanuv-
chilarga muvaffaqiyatli xizmat ko‘rsatmoqda. 
87- rasm. telelift.


250
251

Download 17,68 Mb.
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   163




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish