• “Kutubxona katalogi va fondi” fanidan
  • O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya rivojlantirish vazirligi




    Download 34,58 Kb.
    bet1/8
    Sana16.05.2024
    Hajmi34,58 Kb.
    #237847
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    axborot kutubxona muassasalarida axborot kutubxona fondlarini saqlash

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYA RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    Axborot- kutubxona tizimlari” kafedrasi




    “Kutubxona katalogi va fondi” fanidan


    KURS ISHI





    fondlarini
    Mavzu: “Axborot-kutubxona muassasalarida axborot- kutubxona
    saqlash”
    Bajardi: 690-14 guruh talabasi

    Farmonova Gulchehra




    Tekshirdi: Rahimova Sh


    TOSHKENT 2016

    Reja


    1. Kirish… 3

    2. Asosiy qism

      1. Umumiy qoidalar… 5

      2. Hujjatlarni saqlash tartibi… 6

      3. Hujjatlarni stabilizatsiya va restavratsiya qilish… 8

      4. Favqulodda vaziyatlar holatida hatti-harakatlar

    rejasi 11

      1. Xavfsizlik texnikasi… 16

    1. Xulosa 19

    2. Foydalanilgan adabiyotlar… 21



    KIRISH
    Respublikamizda axborot asrida yuz berayotgan o’zgarishlar, kishilarimizning dunyo axborot olamiga kirishga bo’lgan intilishlari, qiziqish va talablarning tobora ortib borishi tasirida milliy axborot tizimini shakllantirish, axborotga bo’lgan talab va ehtiyojlarni qondirish jarayonini sifat jihatdan yanada takomillashtirish borasida davlatimizning bir qator qonuniy hujjatlari e’lon qilindi va hayotga tadbiq etildi. Kutubxonachilik ishi sohasini tubdan o’zgartirishga asos bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisini axborot- kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida”gi Qarorining maqsadi o’sib kelayotgan yosh avlodning intellectual ehtiyojlarini qondirishga, ma’daniy, ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo’naltirilgan yangi axborot-kutubxona muassasalarini barpo etish bilan aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash uchun shart sharoitlar yaratishga qaratildi. Qarorda mavjud kutubxonalar negizida yangidan tashkil etilgan axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarining vazifalari belgilab berildi. Ta’lim muassasalarining o’quv kutubxonalari negizida tashkil topgan axborot-resurs markazlarinig vazifasi o’quvchilarning hamda aholi turli qatlamlarining muntazam ta’lim olishini va mustaqil o’qishni tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish, milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng ko’lamda targ’ib qilish, xalqning ma’daniy tarixiy merosidan bahramand bo’lishni taminlash, yangi axborot texnologiyalari asosida yaratilgan electron malumotlar bazalari, internet resurslari bilan aholiga axborot kutubxona xizmati ko’rsatish, barcha talim tarbiya, axborot organlari bilan hamkorlikda ish olib boorish deb belgilandi. Bundan tashqari milliy kutubxonani ham yanada shakllantirish, kitoblarni, kutubxonada mavjud barcha resurslarni to’g’ri saqlash, ularni joylashtirish, fondda qulayliklar yaratish, kutubxonada mavjud resurslarni belgilagan muddatda ko’zdan kechirib ularni restavratsiya qilish kabi muammolar ham ko’rib chiqildi. Quyida kutubxonada mavjud hujjatlar(resusrslar)ni qanday saqlash, fondni to’g’ri himoya qila olish shartlarini keltirib o’tiladi. Fondni saqlashda davlatlararo standartlar belgilangan. Ushbu standartdan foydalangan holda fondni qanday saqlash kerakligi haqida ma’lumotga
    ega bo’lamiz. Kutubxona fondi bilan ishlash va o‘rganish uchun fond tuzilma sifatida olinib, umumiy va xususiy (muhim) tomonlarga, ya’ni bo‘limlar yoki bo‘laklarga bo‘linadi. Kutubxona fondi ancha qiyin tushuncha bo‘lib, uning mohiyatini kuzatish orqali bilib bo‘lmaydi, mohiyatini bilmasdan turib fondni jamg‘arish va boshqarish mumkin emas. Fondni faqatgina tuzilma sifatida o‘rganish orqali boshqarish mumkin. Kutubxona fondi bilan ishlash va o‘rganish uchun fond tuzilma sifatida olinib, umumiy va xususiy (muhim) tomonlarga, ya’ni bo‘limlar yoki bo‘laklarga bo‘linadi.
    Kutubxona fondlari nodir ma’naviy-moddiy boylikka ega. Shuning uchun ham fondni saqlash kutubxonaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida to‘plangan kitob kitob boyliklarini uzoq vaqt asl holida saqlab, avlodlarga yetkazish bizning burchimiz sanaladi.
    Kitob boyligini saqlash jahonning barcha xalqlari uchun katta ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega. 1954-yilda YuNYeSKO tashabbusi bilan Gaaga shahrida chaqirilgan hukumatlararo konferensiyada madaniy boylikni asrash bo‘yicha konvensiya qabul qildi. Ana shu konvensiyaga muvofiq boshqa madaniy boyliklar qatori kutubxona fondlari ham ularni yo‘qotib yuborish yoki biron-bir shaklda qonunsiz o‘zlashtirish xavfi tug‘ilgan hollarda xalqaro himoyaga olinadi. Fondlarning to‘kisligiga ularni asrash, to‘gri saqlash hamda shikastlanish omillarini bartaraf qilish orqali erishiladi.

    Download 34,58 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 34,58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya rivojlantirish vazirligi

    Download 34,58 Kb.