• Fondlarni saqlashga ta’sir qiladigan omillar.
  • O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya rivojlantirish vazirligi




    Download 34,58 Kb.
    bet2/8
    Sana16.05.2024
    Hajmi34,58 Kb.
    #237847
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    axborot kutubxona muassasalarida axborot kutubxona fondlarini saqlash

    Fondni asrash deganda, kutubxona fondlari profilaktikasi hamda uning to‘kisligini muhofazalashga oid tadbirlar majmui tushuniladi. To‘g‘ri saqlash – bu fondni qulay fizikaviy-ximiyaviy sharoitlar va biologik rejimda maxsus jihozlangan binoda asrash demakdir. 1962-yilda barcha kutubxonalar uchun majburiy bo‘lgan “Kitob fondlarining saqlanishi to‘g‘risida yo‘riqnoma” qabul qilindi. Shunga qaramasdan, fondlarni saqlash muammosi haligacha hal qilingani yo‘q. Shuning uchun fondlarni uzoq saqlash qoidalarini bilish katta ahamiyat kasb etadi. Kutubxonalarni birinchi navbatda zamonaviy binolarga joylashtirish lozim. Shinam, keng, yorug‘, kitob saqlash uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlari mavjud maxsus binolar hozirgi kunda ko‘plab
    kutubxonalar uchun juda zarurdir va tez kunlarda hal etilmasa kutubxona fondlariga, bilim xazinamizdan foydalanishga ko‘p zarar etishi mumkin.


    Fondlarni saqlashga ta’sir qiladigan omillar. Kutubxonalar fondini uzoq vaqt asrash ayni paytda kitob va boshqa hujjatlar tayyorlanadigan materiallarning mexanik jihatidan mustahkam va biologik barqaror bo‘lishini hamda ularni o‘g‘irlanish va nobud bo‘lishdan saqlashni nazarda tutadi. Quyida kutubxonada fondlarini saqlashning bir qancha omillari mavjud :

      1. Ijtimoiy omillar.

    -Kutubxonachi va kitobxonlarda kutubxona fondining saqlanishi uchun javobgarlik hissini tarbiyalash;
    -Asrashning to‘g‘ri, mikromuhit rejimini yaratish;
    -Adabiyotlarni qabul qilish, ularni berish va nazorat qilish;
    -Injenerlik-texnikaviy uskunalar (elektr qurilmalar, shamollatgich, suv, quvur, kanalizatsiya tizimlari va boshqalar) ning to‘g‘ri ishlatilishini hamda yong‘in xavfsizligi ustidan doimiy nazorat;
    -Fondni hasharotlar, kemiruvchilar va boshqa kitob zararkunandalaridan biologik himoya qilish.
    Kutubxona fondini saqlashga ijtimoiy-fizikaviy va biologik omillar ta’sir qiladi.
    Fondda normal sanitariya holati hamda iqlim holatini saqlash yo‘li bilan mikroorganizmlarning fondga zararli ta’siri yo‘qotiladi. Zarur bo‘lib qolgan vaqtlarda kutubxonachilar fondxonani dezinfeksiyalashni so‘rab sanitariya epidemiologiya stansiyasiga murojaat qiladilar. Fondni etilin oksid gazi bilan dezinfeksiya qilish yaxshi samara beradi. Fond saqlash sharoiti buzilganda, fondxonada namlik oshib ketganda hasharotlar ko‘payadi. Kutubxona fondini tashkil qiladigan materiallarning mustahkam bo‘lishiga ularni himoya qatlami bilan ta’minlash orqali erishiladi. Odatdagi qalin muqova, super muqova, papka, quti, g‘ilof, muqovani o‘raydigan kleyonka, kitob tashiladigan idish ana shunday qoplamlar vazifasini o‘taydi.
    Nashrlarning normal fizik holati asrashning to‘g‘ri usullari bilan saqlanadi. Kitoblarning aksariyat turlari tikka qo‘yiladi, ularning orasida, albatta, havo o‘tib turadigan tirqish bo‘lishi shart. Stelaj tokchalarida bo‘sh joy bo‘lsa, turli xil tuzilgan tutqichlardan foydalaniladi. Faqat katta kitoblar gazeta va boshqa katta hajmli materiallar uchun yotqizilib saqlashga ruxsat beriladi. Fondxonaning havosi fond uchun zararli bo‘lgan ximiyaviy va mexanik moddalar bilan ifloslanishi mumkin. Havoda ko‘pincha gazlar – sulfidlar , serovodorod, uglerod oksidi, azot va xlor oksidi, xlorid va nitrat kislotalarining bug‘lari, shuningdek, smolali moddalar uchraydi. Binoning gazlanish darajasi unga kelayotgan havoni filtrlash orqali, ayniqsa shamollatish orqali kamaytiriladi. Butun fondni obdon changdan tozalash changyutgichlar yordamida yiliga 2-3 marta qo‘l kuchi bilan amalga oshiriladi. Bundan tashqari kutubxona har oyda changdan tozalanadi. Fondning buzilish darajasi unga tushadigan nur oqimining kuchi va davomiyligiga ham bevosita bog‘liq. Shuning uchun bino fondda odamlar bo‘lgan paytdagina yoritilishi kerak. Fondxonada yoritishning ikki turi mavjud: tabiiy va sun’iy. Tabiiysi – quyosh nuri yoki kunduz yorug‘ligi. Fond iloji boricha quyosh nuri tushishidan himoyalanishi lozim. Quyosh nuri radiatsiyasi axborot tashuvchilarning moddiy asoslarida qaytarib bo‘lmaydigan optik, mexanik, ximiyaviy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.



    Download 34,58 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 34,58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya rivojlantirish vazirligi

    Download 34,58 Kb.