Hujjatlarni stabilizatsiya va restavratsiya qilish




Download 34,58 Kb.
bet4/8
Sana16.05.2024
Hajmi34,58 Kb.
#237847
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
axborot kutubxona muassasalarida axborot kutubxona fondlarini saqlash

Hujjatlarni stabilizatsiya va restavratsiya qilish


Hujjatlarni stabilizatsiya va restavratsiya qilish shikastlanish xarakteri va darajasini inobatga olgan, hujjatlarning asillik belgilarini maksimal ravishda saqlagan holda va foydalanish uchun qiyinchiliklar yuzaga keltirmasdan amalga oshiriladi. Hujjatlarni stabilizatsiya va restavratsiya qilish bo’yicha ishlar to’g’risidagi ma’lumotlar restavratsita passporti yoki texnologik daftarda qayd etiladi. Stabilizatsiya va restavratsiya qilishda qo’llaniladigan metodlar va materiallar hujjatlar uchun zararsiz bo’lishi, jarayonlarning ortga qaytarilishi, hujjatlar foydalanish xususiyatlarining saqlanishini ta’minlashi kerak. Materiallar pH ning quydagi qiymatiga ega bo’lishi kerak: qog’oz-0,6-8,5; teri-4,5-6,0; pergament-7,0-8,0; boshqa materiallar-6,0-8,0;

Hujjatlarni stabilizatsiya qilish


Hujjatlarni qog’ozda fizik-kimyoviy, biologik va mexanik omillarga nisbatan stabilizatsiya qilish metall ionlarini kompleks hosil qiluvchi birikmalar bilan blokirovka qilish va matn (tasvir) yozish uchun foydalanilgan material xususiyatiga ko’ra kislotalikni 6,0-8,5 pH gacha suyuq va gaz fazasidagi kuchsiz ishqor kompozitsiyalar bilan neytrallash orqali (1,0-3,0) foizli ishqor rezerv hosil qilgan holda amalga oshiriladi.zamburug’ bilan shikastlangan hujjatlarga nisbatan stabilizatsiya qilish zamburug’ga qarshi birikmalardan foydalanib amalga oshiriladi va 10,0 foizdan ko’p bo’lmagan namlik hajmini taminlaydigan ishlov beriladi. Fizik-kimyoviy, biologik va mexanik omillarga nisbatan teri va pergamentdagi hujjatlarni stabilizatsiya qilish individual metodlar bilan amalga oshiriladi. Bunday mexanik omillarga nisbatan teridagi hujjatlarni stabilizatsiya qilish yengil ishqorli kompozitsiyalar (suyuq muhitda), metallar ionlarini kompleks hosil qiluvchi birikmalar bilan 4,5-6,5 pH gacha blokirovka qilish, nam yutishlikni 5-6 foizgacha va namlik chiqarishni 4-5 foizgacha kamaytirish uchun yog’ kompozitsiyalari bilan ishlov berish orqali kislotalilikni neytrallash bajariladi. Fizik-kimyoviy va mexanik omillarga nisbatan pergamentdagi hujjatlarni stabilizatsiya qilish uzoqdan namlantirish va yog’ emulsiyasi bilan ishlov berish orqali namlik hamda yog’ tarkibini oshirgan holda amalga oshiriladi. Zamburug’lar bilan
shikastlanishga nisbatan hujjatlarni stabilizatsiya qilish zamburug’ga qarshi birikmalardan foydalangan holda bajariladi. Mexanik omillarga nisbatan hujjatlarni stabilizatsiya qilish yuqoridagilar bo’yicha oldindan ishlov berilgan holda fazali saqlash, inkapsulyatsiya va montaj qilish orqali amalga oshiriladi.

Hujjatlarni restavratsiya qilish


Hujjatlash dastlabki shaklini qayta tiklash, tozalash va zaruriylik va yetarlilik prinsiplariga rioya qilgan holda, mustahkamlash orqali restavratsiya qilinadi. Kiritmalar tashqi belgilari va materialiga ko’ra axborot eltuvchiga mos kelishi, shunigdek hujjatning uzoq vaqt xizmat qilishini ta’minlashi kerak. laminatsiya metodi orqali restavratsiya qilishdan oldin yuqoridagilarga muvofiq hujjatni stabilizatsiya qilish shart. Pergamentdagi hujjatlar uzoqdan namlantirish metodi orqali uning namlik metodini tiklash orqali restavratsiya qilinadi.
Hujjatlarni nusxalarini tayyorlash
Hujjatlar nusxalarini tayyorlash foto-, mikro-, kseronusxa qilish metodlari orqali hamda electron texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Nusxalarning ekzemplyarlar soni ГОСТ 7.65 ga muvofiq. Foto-, mikro-, kseronusxa metodlari orqali hujjatlarning nusxalarini tayyorlash bir marttadan oshmasligi kerak. keyin nusxa olish nusxadan amalga oshiriladi. Nusxa olishda hujjatlarning mexanik shikastlanishiga yo’l qo’yilmaydi.



Download 34,58 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 34,58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hujjatlarni stabilizatsiya va restavratsiya qilish

Download 34,58 Kb.