|
Hujjatlarni saqlash uchun xonalar
|
bet | 5/8 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 34,58 Kb. | | #237847 |
Bog'liq axborot kutubxona muassasalarida axborot kutubxona fondlarini saqlash
Kutubxonalarning yangi binolarini qurish uchun joy, ularni jihozlash, eski binolarni rekonstruksiya qilish usuli va jihozlash amaldagi qurilish nomlariga muvofiq tanlanadi. Hujjatlar saqlanadigan bino va xonalarning rejasi- oldindan ta’mirlash tartibi belgilangan qoidalarga mos kelishi kerak. Hujjatlar saqlanadigan xonalar(HSX) maishiy, ishlab chiqarish, ombor, labaratoriya xonalaridan izolyatsiya qilingan hamda ular bilan umumiy shamollatish yo’li bo’lmasligi kerak. HSXda suv ta’minoti, kanalizatsiya,
shuningdek suvni texnologik chiqarish quvurlari bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Hujjatlar saqlanadigan xonalar ustida, tagida va ular bilan tutash bo’lgan, ventilyatsiya uskunasini o’rnatish uchun mo’ljallangan xonalar, vibratsiya manbalari hisoblangan nasos qurilmali boyler, compressor, sovutuvchi va boshqa mashinalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Hujjatlar ularni saqlash tartibini taminlovchi texnik vositalar bilan jihozlangan xonalarda saqlanadi.
Hujjatlarni qabul qilish, vaqtincha saqlash, iqlimga moslashtirish va dezinfeksiya qilish uchun izolyatsiya qilingan maxsus xonalardan foydalaniladi. Bino va xonalar favqulodda vaziyatlar yuzaga keladigan xonalarda ГОСТ 12.1.004 bo’yicha maxsus vositalar bilan jihozlanadi. Hujjatlar saqlanadigan har bir xonada favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda xodimlar va hujjatlarni tezkor evakuatsiya qilish rejasi bo’lishi lozim. Hujjatlar saqlanadigan xona va binolar yong’in va qo’riqlash signalizatsiyasi hamda yong’in o’chirish tizimi bilan jihozlanadi. Yong’in xavfsizligini taminlash uchun oqimli- tortuvchi shamollatish, havoni konditiyalash tizimini avtomat tarzda o’chishi va tugun chiqarib tashlash tizimining ulanishi nazarda tutilishi kerak. avariya chiqish yo’llari ichkarida oson ochilishi kerak. Hujjatlar saqlanadigan xonaning har bir bo’limi aloqa vositalari bilan jihozlanadi. Hujjatlar saqlanadigan xonalar metall va yog’och statsionar va ko’chma yong’inga qarshi biologik himoyalangan stellajlar, javon hamda seyflar bilan jihozlanadi. Hujjatlar saqlanadigan kutubxona uskunasi zararsiz qoplamaga ega bo’lishi kerak. stellyajlar deraza o’rnatiladigan joy va issiqlik tizimi elementlari bo’lgan devorlarga nisbatan perpendikulyar ravishda deraza va issiqlik manbalaridan 0,6 m dan kam bo’lmagan masofada o’rnatiladi. Xonalar konstruksiyasi stellaj va elementlari yo’laklar bilan bo’linadi. Yo’lak quyidagi kenglikdan kam bo’masligi kerak:
Stellajlar orasi-0,75 m;
Stellajlar qirralari orasi (asosiy yo’lak)-1,20 m; Devor va devorga parallel stellaj orasi-0,75m; Devor va stellaj orasi -0,45m;
Poldan stellajning pastki tochkasigacha bo’lgan masofa 0,15 m.dan kam, sokol qavatlarda 0,30 m dank am bo’lmasligi kerak.
Hujjatlarni joylashtirish
Hujjatlar tokchadan oson olinadigan qilib joylashtiriladi. Erkin joylashtirishda kitob ushlab turuvchi moslamalardan foydalaniladi.
Fazali saqlashda joylashtirish va to’ldirish zichligi konteynerlarning erkin harakatlanishi ni ta’minlashi kerak. Hujjatlardan tokchagacha bo’lgan masofa 0.02 metrdan kam bo’lmasligi kerak. Hujjatlar stellajlarda, javonlarda va seyflarda gorizontal yoki verktikal holatda saqlanadi. Xalqaro standartga muvofiq muqovalangan hujjatlar pastki qismda verktikal holatda saqlanadi. ГОСТ 9254 ga muvofiq o'lchamdagi gazetalar va balandligi bo’yicha 0.41 metrdan oshib ketuvchi nostandart o’lchamdagi hujjatlar gorizontal holatda saqlanadi. Uyum balandligi 0.20 metrdan ko’p bo’lmasligi kerak. Hujjatlar stellaj tokchasi chegarasidan chiqib turmasligi kerak. Ko’chma stellajlarda ixcham saqlanadiganhujjatlar format bo’yicha joylashtiriladi. Hujjatning kengligi bir tomonlama joylashtirishda 0.20m.dan oshmasligi va ikki tomonlama joylashtirishda -0.42 m.dan oshmasligi kerak. Kichik hajm va (yoki) formatdagi hujjatlar, shuningdek o’ramlar, tikilishi shart bo’lmagan hujjatlar, nodir, pergament qo’lyozmalar turli ko’rinish, shakl va o’lchamdagi konteynerlarda saqlanadi. Hujjatlar saqlanadigan konteynerlar zararsiz materiallardan tayyorlanadi. Hujjatlarni transport qilinadigan idishda, shtabellarda saqlash, polga, deraza oldida, zina maydonchasiga va ushbu maqsadlar uchun mo’ljallanmagan boshqa joylarga taxlash mumkin emas.
Favqulodda vaziyatlar holatida xatti-harakatlarini rejalashtirish.
Favqulodda vaziyatlar holatida xatti-harakatlarning rejasini tarkibiga kutubxona direksiyasi va asosiy xizmatlar vakillari, fond boshliqlari kiradigan maxsus tuzilgan ishchi guruh tuzadi. Rejani kutubxona direktori tasdiqlaydi. Reja muntazam ravishda kuzatib
turiladi. Rejani tuzishda kutubxona joylashgan rayon xususiyatlari, kutubxona binosining holati va konstruksiyasining xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan favqulodda vaziyatlarning mumkun bo’lgan sabablari inobatga olinadi. Rejani tuzishda kutubxonaning favqulodda vaziyatlarini mustaqil uddalay olish va chetdan yordam olish imkoniyatlari belgilanadi. Rejada quyidagi xatti-harakatlar nazarda tutiladi: favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarini tugatish davrida profilaktik, tayyorgarlik (real falokat xavfi bo’lganda). Reja aniq hatti-harakatlarning ijrochilari va mas’ul shaxslarning ro’yxati, ularning manzili va telefon raqamlarini o’z ichiga oladi. Rejaning ilovasida ishlarni tashkil etish bo’yicha yo’riqnoma; kutubxona binosining birinchi navbatda qutqariladigan hujjatlarning joylashgan o’rni ko’rsatilgan qavatlar rejasi; fondni qutqarishda zarur bo’ladigan material va uskunalar ro’yxati; falokat yuzaga kelganda chetdan jalb etiladigan tashkilot va shaxslar ro’yxati, ularning manzili va telefon raqamlari bo’lishi zarur.
Hujjatlarni saqlash tartibini nazorat qilish va ta’minlash vositalari
Nomi
|
Vazifasi, xususiyatlari
|
Tayyorlovchi mamlakat
|
1 APT 06912¹ turidagi termometr- gigrometr
|
Xonadagi haroratni va havoning namligini hamda maksimal va minimal qiymatlarining xotirasi bilan xonaning tashqarisidagi havo
haroratini o’lchash
|
Shveytsiya
|
2 ИВА-6A² turidagi termo-gigrometr
|
Havoning harorati va namligini o’lchash uchun chiqariladigan datchikli
avtonom ko’chma asbob
|
Rossiya
|
3 ИВА-6Б²
|
64 tagacha asbobni ulash bilan IBMPC bilan moslashadigan havoning harorati va namligini o’lchash uchun shchit ko’rinishida bajarilgan
asbob
|
Rossiya
|
4 Universal
termogigrograf (dumaloq barabanli)
|
Bir, yetti va o’ttiz kecha kunduz ichida o’lchash rejimiga ega havoning harorati va namligi
monitoringi
|
Germaniya
|
5 TESTO-601
termogigrometri
|
Yassi yuzalar harorati va namligini o’lchash uchun qilichsimon datchikli, maksimal va minimal qiymatlarining xotirasi funksiyasi hamda
qiymatlarini saqlash loggeriga ega havoning harorati va namligini o’lchash uchun mo’ljallangan tez ishlaydigan yuqori
aniqlikdagi asbob
|
Germaniya
|
6 TKA 01/3³ optic nurlanish o’lchagichi
|
Umumiy yorug’lik foni, ultrabinafsha nurlanish
intensivligi va turli
|
Rossiya
|
|
yorug’lik manbalaridan uning umumiy yoruglik
fonidagi ulushi
|
|
7 Standart(suyuqliklar uchun) va yassi (qog’ozlar uchun) elektrodlar bilan
portative pH-metr
|
Qog’oz va boshqa materiallarning
kislotalanishini o’lchash
|
Germaniya
|
8 AH 112-D4) turidagi havoning namlagichi
|
350m³ gacha bo’lgan xonalardagi namlanish va bir vaqtning o’zida
tozalash
|
Germaniya
|
9 Havoning quritgichi
7228 D3; 7296 D3; 7340 M3;
|
Quyidagi hajmli
xonalardagi havoni quritish
100 m³; 200 m³; 600 m³;
|
Germaniya
|
10 Havoni konditsiyalash
uchun markazlashtirilgan tizim
|
Xonada havoning doimiy
harorati va namligini ta’minlash
|
|
11 Havoning
rostlanadigan
|
Xonaga harorat va
namlikning berilgan
|
|
parametrlari bilan oqimli- tortuvchi shamollatish
tizimi
|
qiymatlari bilan
tozalangan havoning berilishi
|
|
12 Changyutgich:
|
|
|
“Rainbow”turidagi suv
filtrli
|
Havo va yuzalarni
changdan tozalash
|
Angliya, Germaniya
|
Mato filtrli
|
Yuzalarni changdan
tozalash
|
Rossiya
|
PYCTEPM” MCHJ savdo vakolatxonasi orqali yetkazib berish
“CEHTEM” MCHJ orqali xarid qilish
“TKA” ИИК
Havoni namlagich va qurutgich komplektda ishlatiladi.
|
| |