Saqlash jarayonida quyidagilar ta’minlanishi lozim




Download 34,58 Kb.
bet8/8
Sana16.05.2024
Hajmi34,58 Kb.
#237847
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
axborot kutubxona muassasalarida axborot kutubxona fondlarini saqlash

Saqlash jarayonida quyidagilar ta’minlanishi lozim:


      1. kitoblar buyurtmasini olish hamda talab qilingan nashrlar bilan tanishishni tezkor bajarish;

      2. fondni joylashtirishda binoning foydali kubometridan to‘liq foydalanish;

      3. kutubxona fondini saqlash;

      4. fondni saqlovchilar ishlashlari uchun sog‘lom sharoitni yaratish.

Matbuot asarlari va axborotning boshqa manbalarini shunday joylashtirish kerakki, ularni topish, javondan olish va joyiga qaytarib qo‘yishga juda kam vaqt ketsin va qiyinchilik tug‘dirmasin. Kitob saqlash bo‘limi qator vazifalarni bajaradi. Ulardan birinchisi, yangi olingan kitoblarni qabul qilish va ularni kutubxona bo‘limlari orasida taqsimlash. Kutubxona fondini saqlashni, ya’ni fondda mavjud bo‘lgan har bir nashrning butun va normal fizik holatda bo‘lishining ta’minlanishi muhim vazifa sanaladi. Saqlash bo‘limining xodimlari fondlarni asrab, binolarda qulay sharoit yaratish uchun javob beradilar. Nashrlarning o‘z vaqtida tamirlanishi, muqovalanishi va shu ishlarning ijro qilinishini kuzatib boradi, fondning biologik barqarorligi va yong‘in xavfining oldini oladi, fondda nashrlarning mavjudligini tekshiradi. Yuqoridagi mugim omillarga qattiq rioya qilingandagina bilimlar xazinasi bo‘lgan kitoblarimizni asrab, avlodlarga bekamu ko‘st yetkazib berishimiz mumkin.


Xulosa
Xulosa qilib shularni aytish mumkinki, xilma-xil tarixiy davrlarda kitoblarni saqlashning turli usullari taklif qilindi. Ular davrlar o’zgarishi bilan o’zining ijobiy va salbiy tomonlarini ko’rsatadi. Lekin qaysi davr bo’lishidan qat’iy nazar fondni joylashtirishda va uni saqlashda, eng avvalo, kutubxona maydoniga, kutubxona maydoniga, kitoblarning joylashuviga, kitobxonga qulay bo’lishiga, kitoblar tez aylanishiga, ularning saqlanishiga e’tibor berilgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi.
Kitoblarni saqlashning hozirda qo’llanayotgan usullari birdaniga paydo bo’lgani yo’q, ular asrlar davomida takomillashib keladi.
Bizning mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, kitoblarni turli tipda saqlashning mohiyati, ahamiyati va qo’llash sohasiga bo’lgan qarashlar, tobora o’zgarib, takomillashib bormoqda. Texnikaning rivojlanishi, kutubxonada EHM larning qo’llanilishi yana boshqa saqlash usullarini o’ylashga, topishga undamoqda. Kitoblarni saqlashning hozirda qo’llanayotgan usullari birdaniga paydo bo’lgani yo’q, ular asrlar davomida takomillashib keladi.
Bizning mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, kitoblarni turli tipda saqlashning mohiyati, ahamiyati va qo’llash sohasiga bo’lgan qarashlar, tobora o’zgarib, takomillashib bormoqda. Texnikaning rivojlanishi, kutubxonada EHM larning qo’llanilishi yana boshqa saqlash usullarini o’ylashga, topishga undamoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar

        1. Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida: O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

        2. Davlatlararo standart

        3. Yo‘ldoshev E. Kutubxona fondini tashkil qilish. T., 2002. 95

        4. Kutubxona fondlari. T.: O‘qituvchi. 1986. 341 b.

        5. Yo‘ldoshev E, Raximova, Hujjat fondlari. - T., 2004. 152 b.

Download 34,58 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 34,58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Saqlash jarayonida quyidagilar ta’minlanishi lozim

Download 34,58 Kb.