• Xavfsizlik texnikasi
  • O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya rivojlantirish vazirligi




    Download 34,58 Kb.
    bet6/8
    Sana16.05.2024
    Hajmi34,58 Kb.
    #237847
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    axborot kutubxona muassasalarida axborot kutubxona fondlarini saqlash

    Hujjatlarni dezinfeksiya qilish


    Qog’ozdagi hujjatlarni dezinfeksiya qilish quyidagicha amalgam oshiriladi:
    -foydalanishga ruxsat etilgan biotsidlar bilan germetizatsiya qilingan kamerada fumigatsiya yordamida;

    -yuqori chastotali toklar bilan elektromagnit maydonga ishlov berish;


    -GT metatinning, PSПC -82 asimasaydning, poligeksametilenguanidin hosilalarining suvdagi eritmalari bilan qo’lda ishlov berish.
    Teridagi hujjatlarni dezinfeksiya qilish GT metatinning suvdagi eritmasi yoki timolning spirtli eritmasi bilan; pergamentdagi hujjatlarni dezinfeksiya qilish –timolning spirtli eritmasi bilan qo’lda amalgam oshiriladi.
    Xonalar va kutubxona jihozlarini dezinfeksiya qilish poligeksametilenguanidin yoki katamin hosilalarining suvdagi eritmalari bilan bajariladi.

    Hujjatlarni dezinfeksiya qilish quyidagicha amalga oshiriladi:


    -mexanik usul bilan tozalash vositasida ;
    -germetizatsiya qilingan kamerada paradixlorbenzol bilan fumigatsiya kimyoviy usul yordamida .
    Xonalarni dezinfeksiya qilish quyidagicha amalgam oshiriladi:
    -changyutgich bilan tozalash vositasida, yolg’on va tuzoqlardan foydalanish usuli orqali;
    -turar joy xonalarida foydalanish uchun ruxsat etilgan sintetik piretroidlar klassidagi insektisidlar yoki boshqa preparatlar bilan ishlov berish vositasida kimyoviy usul orqali.
    Izoh-Hujjatlar insektisidlar bilan bevosita aloqada bo’lmasligi kerak.

    Xavfsizlik texnikasi


    Individual himoya va xavfsizlik vositalari ГОСТ 12.1.008, ГОСТ12.4.028, ГОСТ12.4.041 bo'y’cha.
    Hujjatlarni dezinfeksiya va dezinsektsiya qilish bo’yicha ishlar tartibi tayyorlovchi-korxonaning tasdiqlangan yo’riqnomalariga muvofiq.
    Fondlarning umrini uzaytirish qator omillar bilan belgilanadi.Ulardan muhimlari – tabiiy va kutubxona fondi turadigan tashqi muhit vujudga keltiradigan sun’iy
    omillardir. Tashqi muhitning asosiy ko‘rsatkichi bu havo va uning fizik xossalari (namlik, harorat) qismlarning doimiy ximiyaviy tarkibi va tashqi gaz, mexanikaviy aralashmalar (chang, tutun,qurum), mavjud bakteriyalar bilan ifloslanishdir.
    Bu xususiyatlarning fondlar saqlanishiga doir qulay ko‘rsatkichlari quyidagilardir: 16, 18-daraja eng yaxshi harorat sanaladi. Uning keskin o‘zgarishi axbnorot tashuvchilar fizikaviy- ximiyaviy xossalariga noqulay ta’sir ko‘rsatadi. Haddan tashqari yuqori harorat ta’sirida ularning shakli buziladi, nozikligi, egiluvchanligi yo‘qoladi. Havo haroratining pasayishi, uning namligi ta’sirida fond moddiy asoslarida ham, jihozlarning yog‘och qismida ham mog‘or zamburug‘i tez ko‘payadi. Barcha turdagi nashrlar uchun 50-60: 5% namlik eng qulaydir. Ikki baravardan ko‘proq past namligini talab qiladigan mikrofilmlar bundan mustasno. Havoning namligi gidrometr yoki elektr nam o‘lchagich bilan o‘lchanadi. Kutubxonada nisbiy namlikni o‘lchash uchun ko‘pincha avgust psixometridan foydalaniladi. Namlik Asman aspiratsion asbobi bilan ham o‘lchanishi mumkin. Namlikni oshirish uchun turli xil havo namlagichlardan, shuningdek, fondxona ichidagi gullardan foydalaniladi. O‘simliklar faqat havo namligini oshirmay, balki shu bilan birga uni changdan tozalaydi, kislorodni ko‘paytiradi.
    Havoning harakat darajasi fonddagi turli havo muhitining muhim omili hisoblanadi. Bino tashqi muhit o‘rtasida havo mutassil aylanib turishi kerak. Havo butun fondxona bo‘ylab bir tekisda aylanib turmog‘i lozim. Uning harakat tezligi –

      1. m/sek.dir. Bu tezlikni inson sezmaydi. Uning harakati 0.5m/sek bo‘lsagina elvizak hosil bo‘ladi. Havo harakati tezligi shamollatgichlar, havo yo‘llarining ochiq kesmalarida hamda fondxonalarning nur o‘tkazgich teshiklarida o‘lchanadi. Havo harakati tezligi EA-2M termometri bilan o‘lchanadi. Havo harakatining zarur tizimi binoni konditsionlashtirish va shamollatish orqali ta’minlanadi.

    Fondxonaning havosi fond uchun zararli bo‘lgan ximiyaviy va mexanik moddalar bilan ifloslanishi mumkin. Havoda ko‘pincha gazlar – sulfidlar , serovodorod, uglerod oksidi, azot va xlor oksidi, xlorid va nitrat kislotalarining
    bug‘lari, shuningdek, smolali moddalar uchraydi. Binoning gazlanish darajasi unga kelayotgan havoni filtrlash orqali, ayniqsa shamollatish orqali kam aytiriladi. Butun fondni obdon changdan tozalash changitgichlar yordamida yiliga 2-3 marta qo‘l kuchi bilan amalga oshiriladi. Bundan tashqari kutubxona har oyda changdan tozalanadi. Fondning buzilish darajasi unga tushadigan nur oqimining kuchi va davomiyligiga ham bevosita bog‘liq. Shuning uchun bino fondda odamlar bo‘lgan paytdagina yoritilishi kerak. Fondxonada yoritishning ikki turi mavjud: tabiiy va sun’iy. Tabiiysi – quyosh nuri yoki kunduz yorug‘ligi. Fond iloji boricha quyosh nuri tushishidan himoyalanishi lozim. Quyosh nuri radiatsiyasi axborot tashuvchilarning moddiy asoslarida qaytarib bo‘lmaydigan optik, mexanik, ximiyaviy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.



    Download 34,58 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 34,58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya rivojlantirish vazirligi

    Download 34,58 Kb.