• 9. 7. avtOMatLashtiriLGan axbOrOt tiziMLarininG asOsiY tarKibiY qisMLari
  • Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet116/163
    Sana02.02.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #150187
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   163
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona texnologiyasi

    so‘rovli tizimlar deb ataladi. 
    har qanday ixtiyoriy so‘rovlarni amalga oshira oladigan tizimlar 
    foydalanuvchilar uchun katta imkoniyatlar ochib beradi. So‘rovlarni 
    shakllantirish uchun tizim so‘rovlar tiliga, ularni tuzish qoidalari-
    ga ega bo‘lishi kerak. Foydalanuvchining tizim bilan muomalasi 
    insonning mashina bilan muloqoti shaklidagi muomalasidan qulay-
    dir. Bunda foydalanuvchi olinayotgan axborot bilan tanishib, o‘z 
    so‘rovini tuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
    Qayd etib o‘tish zarurki, har qanday muayyan axborot tizimi 
    tizimlarning alohida ajratib ko‘rsatilgan turlariga xos bo‘lgan xusu-


    206
    207
    siyatlar majmuyi bilan tavsiflanishi mumkin. Shu bilan bir qator-
    da, axborot tizimlari qo‘llanish sohasiga bog‘liq holda tizimning 
    o‘zigagina xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. 
    9. 7. avtOMatLashtiriLGan axbOrOt 
    tiziMLarininG asOsiY tarKibiY qisMLari
     
    har qanday avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) tashqi 
    muhit qurshovida ishlaydi, u AAT uchun kiritiladigan axborot man-
    bayi va chiqadigan axborotning iste’molchisi hisoblanadi. Axborot 
    oqimi AAT doirasida tizimga kirishdan boshlab undan chiqishga-
    cha ishlov berishning bir nechta bosqichidan o‘tadi. Axborotga 
    ishlov berishning eng yirik bosqichi axborotni to‘plash, ro‘yxatga 
    olish va dastlabki ishlov berish, aloqa kanali bo‘yicha manbadan 
    kompyuterga uzatish, mashina eltuvchilariga o‘tkazish, axborot 
    fondlarini yaratish va saqlab turish, mashina ichida ishlov berish va 
    chiqariladigan shaklga keltirish, aloqa kanali bo‘yicha kompyuter-
    dan foydalanuvchiga uzatish, foydalanuvchi qabul qi lishi uchun 
    yaroqli shaklga o‘zgartirishdan iborat. 
    Ishlov berishning alohida bosqichlari tegishli AAT kichik tizim-
    lari orqali amalga oshiriladi. Ular ichidan quyidagilarni ajratib 
    ko‘rsatish mumkin: kiritiladigan axborotni to‘plash va dastlabki 
    ishlov berish; aloqa; axborotni kompyuterga kiritish; axborotni 
    saqlash va ishlov berish; axborotni chiqarish va uni aks ettirish 
    (chiqarish kichik tizimi). 
    Axborotni to‘plash va dastlabki ishlov berishning kichik tizimi 
    axborotga dastlabki ishlov berish bo‘yicha bir qator operatsiyalarni 
    bajaradi. Bu kichik tizim doirasida obyektlar to‘g‘risida obyekt 
    uchun tabiiy bo‘lgan shaklda, ya’ni tabiiy tilning so‘zlari va sim-
    vollari, umumqabul qilingan sanoq tizimi raqamlarida taqdim etil-
    gan dastlabki axborotni (masalan, kadrlarni hisobga olish bo‘yicha 
    varaqa mazmuni, maqolalarning matnlari, to‘plam va dissertatsiya-
    lar va hokazo) to‘plash amalga oshiriladi. 


    208
    209
    80- rasm. aatning namunaviy tuzilishi.
    Maxsus tekshiruvlar natijasida axborot tizimining axborot fon-
    didan hali mavjud bo‘lmagan ma’lumotlar tanlab olinadi. Bu bilan 
    tizimda axborot takrorlanishining oldi olinadi. Dastlabki axborot-
    ning tizimga keyin kiritilishi zarur bo‘lgan elementlariga dastlab-
    ki ishlov beriladi, ya’ni tizimda qabul qilingan muayyan shaklga 
    va formatga keltiriladi: maxsus blankalarga yoziladi, belgilangan 
    shakldagi jadvallarga kiritiladi, hujjatli axborot uchun muayyan 
    qoidalar bo‘yicha taqriz va bibliografik bayoni tuziladi. Dastlabki 
    ishlov berishdan o‘tgan va muayyan tarzda shaklga keltirilgan ax-
    borot eltuvchilarga, aksariyat hollarda, qog‘ozga qayd etiladi. 
    Axborotni to‘plash va dastlabki ishlov berish kichik tizimidan 
    olinadigan axborot kompyuterga bevosita kiritish uchun yara-
    maydigan shaklda beriladi. Kiritish kichik tizimining vazifasi uni 
    kompyuterga kiritish, shuningdek, axborotning to‘g‘ri ko‘chirilishi 
    va yuzaga kelgan xatolarni nazorat qilib turishdan iborat bo‘ladi. 
    Zamonaviy kompyuterlarda axborotni kiritish uchun ko‘pincha 
    kompyuter bilan maxsus tarmoq vositalari orqali bog‘langan disp-
    ley va aloqa kanallaridan foydalaniladi. 
    Kompyuterga kiritilgan axborot mashina xotirasiga joylashtirila-


    208
    209
    di va axborot tizimining axborot fondini hosil qiladi. Axborot 
    fondining elementlari bilan ishlov berishning turli operatsiyalari: 
    mantiqiy va arifmetik, saralash va qidirish, yuritish va tuzatish ope-
    ratsiyalari bajariladi. Natijada axborot fondining dolzarb holatda 
    saqlanishi ta’minlanadi, shuningdek, ishlov berish topshirig‘iga 
    muvofiq bo‘lgan chiqish axboroti shakllantiriladi. 
    Axborot massivlarini shakllantirish (strukturalashtirish) va 
    saqlab turish, shuningdek, axborotga ishlov berish bo‘yicha barcha 
    amallar axborotni saqlash va ishlov berish kichik tizimi tarkibiga 
    kiradigan dasturlar majmuyi boshqaruvida amalga oshiriladi. Bu 
    kichik tizim tashqi xotira qurilmalarida axborotni joylashtirish va 
    undan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi. Axborotni saqlash va 
    ishlov berish kichik tizimi, kichik tizimning ishini amalga oshi-
    ruvchi texnik vositalar (shu jumladan, kompyuterning o‘zi ham), 
    shuningdek, axborot massivlari axborotga ishlov berish va saqlash 
    tizimi (AIST)ga birlashadi. AIST o‘z ichiga axborot massivlari, 
    ularni tashkil etish va ishlov berish usullari, metodlari va algoritm-
    lari, tegishli dasturiy va texnik vositalar majmuyini oladi. AIST 
    tashqi muhit bilan kiritish-chiqarish vositalari yordamida aloqa 
    qiladi. AIST doirasida hal qilinadigan bir qator vazifalarni ko‘rib 
    chiqishda bu vositalarni ham, albatta, hisobga olish zarur. 
    Axborotga ishlov berish kichik tizimi adabiyotlarda ko‘p hol-
    larda ma’lumotlarga ishlov berishning avtomatlashtirilgan tizimi 
    (MIAT) deb ataladi, bunda «ma’lumotlar» tushunchasi «axborot» 
    tushunchasi bilan sinonim deb hisoblanadi. 
    «Axborot» tushunchasidan, odatda, xabarning mazmun-mo-
    hiyatini ta’kidlashni istagan holatlarda foydalaniladi. Lekin 
    AISTning asosi bo‘lgan kompyuter hozircha ishlov berilayotgan 
    xabarlar ning ma’nosini idrok qilishga qodir emas. Kompyuterlar-
    ga nisbatan ko‘pincha «ma’lumotlar» tushunchasi qo‘llaniladi va 
    kompyuter mashina eltuvchilarda taqdim etilgan ma’lumotlar bi-
    lan operatsiyalarni bajaradi, deyiladi. Bunda har qanday belgilar 
    to‘plami, u ning mazmunidan qat’i nazar, ma’lumotlar hisoblanadi. 
    Ma’lu motlarga muayyan ma’no berib, ularga ishlov berish ax-


    210
    211
    borotga ishlov berish deb qabul qilinadi. Shuning uchun bundan 
    buyon «axborot» tushunchasidan, asosan, ma’no-mazmuni muhim-
    ligini ta’kidlash zaruriyati yuzaga kelgan yoki u o‘zbek tilida keng 
    qo‘llaniladigan va o‘rnashib qolgan so‘z birikmalari tarkibiga kir-
    gan hollardagina foydalanamiz. 
    Axborotni chiqarib berish va tasvirlash kichik tizimi (chiqar-
    ish tizimi) berilgan so‘rovga javobni chiqarib berishni ta’minlaydi, 
    bunda uni foydalanuvchi qabul qilishi uchun qulay shaklda taqdim 
    etadi. Kichik tizim tarkibiga chiqarib beriladigan xabarning zaruriy 
    shaklini ta’minlab beradigan dasturlar majmuyi va chiqarib beri-
    layotgan axborot qayd etiladigan (aks etadigan) texnik vositalar ki-
    radi. So‘rovga javob bosish qurilmasi, displey, grafik tuzgich, turli 
    tablo va indikatorlar yordamida chiqarib berilishi mumkin. 
    Kichik tizimlarning o‘zaro aloqasi axborot manbalari va foy-
    dalanuvchilar hudud jihatdan markaziy kompyuter yaqinida joy-
    lashgan, degan nuqtayi nazardan kelib chiqib bayon etildi. Mavjud 
    axborot tizimlarida axborot manbalari va (yoki) foydalanuvchilar 
    aksariyat hollarda markaziy kompyuterdan yuz metrdan yuzlab ki-
    lometrgacha bo‘lgan masofada joylashgan bo‘ladi. Bunday hollar-
    da markaziy kompyuter bilan aloqa tarkibiga ma’lumotlarni uzatish 
    kanali va uzoqda joylashgan terminallar (hozir ular kompyuter hi-
    soblanadi) kiradigan kichik aloqa tizimi orqali amalga oshiriladi. 
    Uzoqlashgan terminallarni – shaxsiy kompyuterlarni ulash uchun 
    aloqa kanallaridan foydalaniladi, ular telefon tarmoqlari, umum 
    foydalaniladigan ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va ma’lumot-
    larni uzatishning maxsus tarmoqlaridan iborat. Kanal belgilangan 
    yo‘nalishda va zaruriy tezlikda ma’lumotlar bilan almashinishni 
    ta’minlashi zarur. Ma’lumotlarni uzatish kanallari ma’lumotlarni 
    faqat bir yo‘nalishda uzatishni ta’minlaydigan simpleks; ma’lumot-
    larni har ikki yo‘nalishda, lekin vaqtning har bir momentida faqat 
    bir yo‘nalishda uzatishni ta’minlaydigan yarim dupleks; bir vaqt-
    ning o‘zida har ikki yo‘nalishda ma’lumot uzatishni ta’minlaydigan 
    dupleks kanallarga bo‘linadi. Manbalarning kompyuter bilan aloqa 
    qilishi uchun simpleks kanallardan foydalanish mumkin. Foyda-


    210
    211
    lanuvchining markaziy kompyuter yoki kompyuterlar bilan alo-
    qasi ma’lumotlarni uzatishning yarim dupleks yoki dupleks kanal-
    lari orqali amalga oshirilishi zarur, aks holda, foydalanuvchining 
    kompyuter bilan muloqot olib borishining imkoni bo‘lmay qoladi. 
    Uzoqlashgan terminal – bu markaziy kompyuterdan uni bevosi-
    ta ulash imkoniyatini istisno etadigan masofada uzoqda joylashgan 
    kiritish-chiqarish qurilmasidir. Terminal kompyuter bilan ma’lu-
    motlarni uzatish kanali yordamida bog‘lanadi. Terminaldan olina-
    digan axborotni kompyuterga bevosita kiritish mumkin. Uzoqda 
    joylashgan terminallar sifatida shaxsiy kompyuterlar, terminallar, 
    teletayplar, maxsus terminallar va abonent punktlaridan foydala-
    niladi. 
    Kichik aloqa tizimi terminallarning markaziy kompyuter bilan 
    o‘zaro aloqasini ta’minlaydigan va unga masofadagi terminalni 
    boshqarish imkonini beradigan dasturni ham o‘z ichiga oladi. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   163




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish