196
197
2. Ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega tushunchalarni ichiga
olgan dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi obyekt-
lar haqidagi bilimlar majmuyi.
3. Qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan, saqlanishi va qayta ish-
lanishi lozim bo‘lgan jami dalil va ma’lumotlar. Kitob matni, il miy
formulalar, bank hisob raqamidan foydalanish va to‘lovlar, dars
jadvali, o‘lchash majmualarining yer va fazo stansiyasi o‘rtasidagi
masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hokazolar axborot bo‘lishi
mumkin.
Axborotlar quyidagi xossalarga ega: 1) mazmunga; 2)
ehtiyojga;
3) qiymatga;
axborotlarni uzatish. Axborotni uzatish deganda, ehtiyojdan
kelib chiqib, uni bir kishidan ikkinchi kishiga yoki
bir kompyuter-
dan ikkinchi kompyuterga turli vositalar yordamida yetkazib be-
rish tushiniladi. Axborotlarni uzatishning turli xil usullari mavjud
bo‘lib, ular kompyuter dasturlari yordamida, pochta orqali,
trans-
port vositalari yordamida, aloqa tarmog‘i orqali uzatilishi mumkin.
Aloqa tarmog‘i orqali axborotlarni qisqa vaqt ichida uzoq masofa-
ga uzatish mumkin. Bunda ma’lumotlarni uzatish vaqti
sezilarli da-
rajada qisqaradi.
9. 2. axbOrOtninG turLari
axborotning turlari: matn, tasvir, animatsiya, audio va vi-
deo. Ma’lumki, axborotlarni insonlar bir-biriga uzatish jarayonida
matn ko‘rinishdagi, jadval ko‘rinishdagi, tovush ko‘rinishdagi va
tasvir ko‘rinishdagi ma’lumotlardan foydalanadi.
Matn. Matn bu ma’lumotlarni ifodalash shakli bo‘lib, u mazmu-
nan yagona, yaxlit va tanlangan tilning
belgilari ketma-ketligidan
iborat. Matn hujjat asosidir. Axborot tizimiga matn kiritish klavia-
tura, nurli pero, mikrofon yoki skaner yordamida amalga oshirila-
di. Matnlarga ishlov berish matn muharriri deb
ataluvchi maxsus
196
197
amaliy dasturlar majmuasi tomonidan amalga oshiriladi. Matnlar
tarmoq orqali ma’lumotlar bo‘laklari ko‘rinishida uzatiladi.