virtual kutubxona o‘zi nima?




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/163
Sana02.02.2024
Hajmi17,68 Mb.
#150187
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   163
Bog'liq
Axborot-kutubxona texnologiyasi

virtual kutubxona o‘zi nima? Oxirgi paytlarda «virtual dun-


190
191
yo», «virtual olam», «virtual do‘st» kabi so‘zlar paydo bo‘ldi. Vir-
tual so‘zining ma’nosi bu tasavvur qilishdir. Virtu al kutubxona bu 
odatdagi kutubxonaning mavhum ko‘rinishidir. 
Bu kutubxona kitoblari, jurnallari va ro‘znomalari kitob ja-
vonlarda emas, balki kompyuter xotirasiga joylangan bo‘ladi. Bu 
kompyuterda yoki kompyuter maxsus qurilmalarida raqamli for-
matda saqlanadigan ma’lumotlarning to‘plamidir. Bu bosma, au-
dio, vi deo va multimedia ma’lumotlardir. Ma’lumotlar hajmiga 
qarab, serverlar bitta yoki tarmoq bilan bog‘langan bir necha kom-
pyuterlardan iborat bo‘ladi. Elektron kutubxonada kutubxonachi 
bo‘lmaydi, shuning uchun zarur kitob yoki ma’lumotni kompyuter 
javonlaridan Siz o‘zingiz qidirasiz. 
Elektron kutubxona odatdagi kutubxonadan bir qancha qulay-
liklarga ega:
– joyning tejalishi, ya’ni kitoblarni saqlash uchun maxsus joy-
ning zarurati yo‘qligi; 
– nodir asar va ma’ulomotlarni saqlash va ulardan foydalana 
o lish imkoniyatining mavjudligi;
– foydalanishning qulayligi va yengilligi;
– qidiruv tizimlarining mavjudligi;
– ma’lumotlar hajmining cheklanmaganligi; 
– ma’lumotni audio, video va kompyuter grafikasi yordamida 
sifatli va yaxshiroq aks ettirish mumkinligi
– vaqtning tejalishi va cheklanmaganligi, ya’ni undan 24 soat 
mobaynida foydalanishingiz mumkin
– qo‘shimcha xizmatlarning mavjudligi. 
Demak, elektron kutubxona bu turli ma’lumotlar jamlangan In-
ternet sahifasidir. Bu sahifani kutubxonalardagi maxsus markaz 
mutaxassislari ma’lumotlarni muntazam ravishda kompyuterga 
kiritadi va yig‘adi. Ya’ni ma’lumot lar doimo yangilanib turiladi
natijada kutubxona hajmi kengayib boradi. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   163




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish