• Anonim
  • xabarlarni ko‘pchilikka yuborish




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet103/163
    Sana02.02.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #150187
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   163
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona texnologiyasi

    xabarlarni ko‘pchilikka yuborish. Ma’lum bir sabablarga 
    ko‘ra bir xil mazmundagi xabarlarni bir necha manzil yoki pochta 
    qutisiga yuborish zaruriyati paydo bo‘ladi. Shunda Кому darcha-
    siga xat jo‘natilishi kerak bo‘lgan elektron manzillar nuqta ver-
    gul ( ; ) bilan ajratiladi, masalan, tuit@tuit. uz; tuit@inbox. uz; va 
    boshqa manzillarКопия darchasiga, agar shu xat boshqa manzil-
    ga ham jo‘natilishi kerak bo‘lsa, o‘sha manzil, Тема darchasiga 
    xat mavzusi yoziladi. Ushbu usuldan biror e’lon yoki yangilikni 
    ko‘pchillikka barobar yuborish uchun foydalaniladi. 
    spam tushunchasi, spamlarning turlari va ularga qarshi 
    kurashish. «Spam» atamasi yangi mazmunda «jonga teguvchi 
    elektron tarqatmalar» yoki «pochta chiqindilari» degan ma’noni 
    anglatadi. Spamlar 1993- yilda paydo bo‘lgan. Usenet kompyuter 
    tarmog‘i administratori Richard Depyu yaratgan dasturdagi xato 
    1993- yil 31- mart kuni konferensiyalardan biriga ikki yuzta bir xil 
    xat jo‘natilishini keltirib chiqardi. Uning norozi suhbatdoshlari jon-
    ga teguvchi xabarlarga tezda «spam» degan nom topdilar. «Kasper-
    skiy Laboratoriyasi» tushunchasiga ko‘ra, spam – bu so‘ralmagan 
    anonim ommaviy tarqatmalardir. 
    Spam (foydalanuvchi tomonidan so‘ralmagan axborot) jo‘natuv-
    chining (spamer) maqsadi va vazifalariga qarab, tijorat axborotiga 
    ega bo‘lishi yoki unga hech qanday aloqasi bo‘lmasligi mumkin. 
    Shunday qilib, xabarlar mazmuniga qarab «tijorat» spami – «unso-
    licited commercial e-mail» (umumiy qabul qilingan abbreviaturasi 


    188
    189
    – UCE) va «notijorat» spami – «unsolicited bulk e-mail» (UBE) 
    kabi turlarga bo‘linadi. 
    Anonim – barcha ko‘pincha aynan yashirin yoki qalbakilash-
    tirilgan qayta aloqa manzili ko‘rsatilgan avtomatik tarqatmalardan 
    jabrlanadi. 
    Ommaviy – ushbu tarqatmalar aynan ommaviy va faqatgina shu-
    lar spamerlar uchun haqiqiy biznes hamda foydalanuvchilar uchun 
    haqiqiy muammo hisoblanadi. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   163




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish