Termiz Davlat Universiteti Milliy libos va san’at fakulteti msm yo’nalishi 2-kurs talabasi Boboqulova Madinaning Madaniyat maketinggi va menejmenti fanidan tayyorlagan slaydi




Download 1.46 Mb.
Sana28.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#66128
Bog'liq
Madina Xalilovna
6-ona-tili-2-chorak, 3-mavzu, 905, 3- mavzu..., 8-amaliy mashg\'ulot, 3-синтез серных свяжущих на основе местного сырья, десертатсия, 3 laboratoriya Jadvala redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish (2), 6-laboratoriya (3), 14-Amaliy mashgulot, ADSORBSIYA, eyuf ariza namuna, falsafa2, Donayeva Bibisoira, 1234

Termiz Davlat Universiteti Milliy libos va san’at fakulteti MSM yo’nalishi 2-kurs talabasi Boboqulova Madinaning Madaniyat maketinggi va menejmenti fanidan tayyorlagan slaydi

O’qituvchi: qoblova zebo

Mavzu: San’at sohasida ijodiy ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish

  • Reja:

1. Menejment faoliyati haqida
2. Ko’nikmalar haqida
3. G.Minskberg taklif qillar rollar
Menejerning majburiyati tashkilot maqsadlariga erishishda resurslardan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlashdir. Menejer faoliyatini bir tomnlama kо‘rib chiqib bо‘lmaydi. Ushbu shaxsdan keng qamrovli bilim va kо‘nikmalar talab qilinadi. Ayrim tadqiqotchilar rahbar ega bо‘lishi kerak bо‘lgan bilim va kо‘nikmalarning uzundan uzun rо‘yxatlarini tuzib kelmoqdalar
Richard L.Daft bо‘yicha ularni uchta turkumga ajratish mumkin: konseptual, insoniy va texnik
kо‘nikmalar. Ularning zarurat darajasi menejer xizmat pog‘onasiga qarab о‘zgaradi
Konseptual kо‘nikmalar- bu tashkilotni bir butunlik xolda idrok etish va shu bilan birga tashkilot bо‘laklarining о‘zaro bog‘liqlarini aniq ajrata olishga qaratilgan insonning bilish (kognitiv) qobiliyati. Bunday kо‘nikmalarga menejerning fikrlashi, qabul qilinayotgan axborotga ishlov berish mahorati va rejalashtirishga oid qobiliyati ham kiradi.
Menejer tashkilotda firma har bir bо‘limining о‘rni, kompaniyaning tarmoq, jamiyat va yanada kengroq ishbilarmonlik hamda ijtimoiy muhitdagi ahvoli haqida tasavvurga ega bо‘lishi kerak. Buning uchun shaxsdan strategik fikrlash qobiliyatini talab qiladi.
Insoniy kо‘nikmalarda menejerning insonlar bilan ishlash qobiliyati tushuniladi. Menejerning insoniy kо‘nikmalarga ega bо‘lishi bо‘ysinuvchilarni о‘zligini isbotlashga motivlashtirish va ularning tashkilot faoliyatiga jalb etilganligini rag‘batlantirishida namoyon bо‘ladi. Bunday menejer boshqa odamlar bilan yaxshi о‘zaro munosabatda bо‘la oladi
Texnik kо‘nikmalar- bu ishchi vazifalarni amalga oshirish uchun qо‘llaniladigan maxsus bilim va mahoratdir, ya’ni tadqiqot, ishlab chiqarish yoki moliya kabi muayyan funksiyalarni amalga oshirishda kerak bо‘ladigan usullarni qо‘llash, texnologiya va asbob-uskunadan foydalanishga oid kо‘nikmalardir. Menejerning texnik kо‘nikmalarga ega bо‘lishi unda muayyan sohada kasbiy bilimi va analitik qobiliyati borligidan darak beradi.
G.Minsberg va boshqa olimlar tadqiqotlari boshqaruv faoliyati menejerlar tomonidan о‘nta asosiy rollarning amalga oshirilish atamalarida tasvirlanishi xaqida darak berdi (1.1.3.-jadval). Rol–bu menejer xatti-harakati tо‘g‘risidagi tasavvurlar tо‘plamidir. Asosiy rollarni uchta konseptual kategoriyaga guruhlash mumkin:
  • informatsion (axborotni boshqarish);
  • shaxslararo (insonlarni boshqarish);
  • qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq (xarakatlarni boshqarish).

  • Har bir rol faoliyatning muayyan turini amalga oshirishni kо‘zda tutadi, bu esa oqibatda boshqaruvning tо‘rta asosiy funksiyalarning bajarilishini ta’minlaydi.
     

Menejerlarning о‘nta rollari
1. Informatsion rollar
2. Shaxslararo rollar
3.Boshliq roli
4.Lider roli
5.Tadbirkor roli
7.Resurslarni taqsimlovchi roli
8.Muzokaralarda qatnashuvchi roli
9.Qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq rollar
10.bog‘lovchi bо‘g‘in roli
6.“О‘t о‘chiruvchi” roli
Bu 10 ta rolni menejer qay tarzda amalga oshirishi bir qator omillarga bog‘liq bо‘lib, bulardan ayrimlari tashkiliy iyerarxiyadagi menejerning о‘rni, uning tabiiy aql-zakovati, tashkilot turi, belgilangan maqsadlar
U yoki bu rollarning ahamiyatliligi ma’lum bir vaqtda boshqa omillar bilan ham aniqlanishi mumkin. Muayyan bir vaqtda qaysi rolning muhimligini bilish
uchun menejerlar tashkilot ichki va tashqi muhitida sodir bо‘layotgan voqealarni doimo kuzatishlari lozim.
G.Minsberg tomonidan taklif qilingan roller san’at sohasidagi menejerlarga ham qо‘llanilishi mumkin. Notijorat tashkilotlarda menejerlar asosan notiq, lider va resurslarni taqsimlovchi rollariga alohida ahamiyat berishlari lozim.
Tijorat va notijorat sohalari menejerlarining faoliyatidagi asosiy farq shundaki, tijoratdagi menejerlarning harakati firma uchun foyda olish, ya’ni pul ishlab topishga qaratilgan, notijoratda esa muayyan ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarni qondirishdir.
Inqirozli vaziyatlarni boshqara olish menejerdan quyidagi mahoratlarni talab qiladi:
Xotirjamlikni saqlay olish.
Hammaning kо‘z oldida bо‘la olish.
Insonlarni biznesdan afzal kо‘rish.
Haqiqatni gapira olish.
Avvalgi biznesga qayta olish.
Yuqorida ta’kidlanganday, inqirozli vaziyatlarda menejerlar birinchi navbatda insonlarning jismoniy va emotsional muammolarini yechishlari kerak. Lekin bundan tashqari ular imkoni boricha biznesga qaytishi kerak.
Kompaniya о‘z faoliyatini davom etishi darkor, kо‘plab xodimlari esa uning tiklanishida ishtirok etishni, unda о‘zining kelajagi va uyini kо‘rishni xoxlaydilar. Kompaniyaning tiklanishi ishchilar uchun umid va ruhlanish manbaasi bо‘lib xizmat qiladi. Inqirozli vaziyatlarni boshqarish bu yana yangi va yaxshiroq kompaniyani barpo etishda bо‘shatilgan emotsional g‘ayrat-shijoatni qо‘llash imkoniyatidir.
Download 1.46 Mb.




Download 1.46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz Davlat Universiteti Milliy libos va san’at fakulteti msm yo’nalishi 2-kurs talabasi Boboqulova Madinaning Madaniyat maketinggi va menejmenti fanidan tayyorlagan slaydi

Download 1.46 Mb.