hosting xizmati va axborotlarni joylashtirish. Foydalanuvchi
veb sahifalarini Internet provayderi (hosting provayderi) serverida
joylashtirish va joriy qilish amali hosting deb ataladi. Hosting so‘zi
to‘laqonli ikki tomonlama aloqa bilan ta’minlangan tarmoqdagi
kompyuterni bildiruvchi host so‘zidan olingan. hosting xizmati
pulli va tekin hamda oddiy va mukammallashgan bo‘lishi mumkin.
hosting xizmati quyidagi imkoniyatlarni taqdim etishi zarur:
1) axborot makoni;
2) Internet kanalining o‘tkazish qobiliyati (kengligi);
3) fayllarni boshqarish usullari;
4) standart skriptlar to‘plami;
5) server tomonidan dasturlash mumkinligi;
6) serverda ma’lumotlar bazalaridan foydalanish;
7) bir yoki bir necha pochta qutilarini tashkil etish;
8) uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash.
proksi xizmati, anonim proksilar va ularning vazifalari, ijobiy va salbiy tomonlari. Proksi – kompyuter tarmog‘i xizmati-
dir. Bunda proksi xizmati orqali kompyuter tarmoqlari mijozlariga
boshqa tarmoq xizmatlaridan bevosita foydalanish imkoni beriladi.
Mijoz avval proksi serverga ulanadi va u orqali boshqa serverda
joylashgan biron-bir resursga murojaat qiladi. Bunga misol tariqa-
sida shuni keltirish mumkinki, ko‘pgina hollarda kompyuter tar-
moqlaridagi bir guruh foydalanuvchilar yagona Internetga ulangan
kompyuter orqali kompyuter xizmatlaridan foydalanishadi.
Ba’zi hollarda mijoz so‘rovi yoki server javobi proksi server
tomonidan muayyan maqsadlarda o‘zgartirilishi yoki to‘xtatilishi
mumkin. Proksi server, shuningdek, mijoz kompyuterini ba’zi tar-
moq hujumlaridan himoyalashga imkon beradi.
anonim proksi serverlar (anonymous proxy servers).
172
173
Anonim proksi serverlar ba’zi manzillarni berkitish yoki biror huj-
jatlarni olishda o‘zini oshkor qilmaslik imkonini beradi.