1. mpls texnologiyasi mpls tarmog’i va uni bog’lovchi elementlar




Download 184,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana12.01.2024
Hajmi184,02 Kb.
#135910
  1   2   3   4
Bog'liq
REFERAT. Keyingi avlod konvergent tarmoqlari fanidan. Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida turli texnologiyalarning ishlatilishi mavzusida



Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida turli texnologiyalarning
ishlatilishi.
Reja:
1. MPLS texnologiyasi.
2. MPLS tarmog’i va uni bog’lovchi elementlar
3. NGSDH texnologiyasi.


1. MPLS texnologiyasi
Telekommunikastiya bozorida zamonaviy texnologiyalarning xilma-xilligi, 
operator tarmoqlarini tuzish va rivojlantirish uchun mos keladigan yondashishni 
tanlash imkonini beradi. Lekin buni tanlash oson emas. Yangi standartlarning, ayrim 
ishlab chiqaruvchilarning xususiy protokollarini pay do bo’lishi, shuningdek uzluksiz 
ravishda magistral tarmoqlarida va imkoniyatli abonent uchastkalarida qo’llaniladigan 
texnologiyalarni kuch nisbatini o’zgartiradi.
Birinchi navbatda operatorlar o’zining tarmoq bazasida qaysi xizmat turlarini 
tanlash lozimligi, har xil trafik turlarini nisbatini baholashi va yaqin kelajakdagi 
holatini aytib bera olishi lozim. Hozirgi kunda operatorlar uchun quyidagilar odatdagi 
xizmat turlariga kiradi:
• telefonlashtirishda odatdagi trafiklarni uzatish;
• internet trafiklarini uzatish (xususiy va kompaniyalar uchun);
• korporativ tarmoqlarning ma’lumotlar trafigini uzatish;
• IP telefoniya trafiklarini uzatish;
• uncha yuqori bo’lmagan video trafiklarni uzatish, video konferenstiyalarni 
tashkilashtirish va serverlar bilan videotranslyastiyalarni tashkilashtirish;
• 
studiyadan video trafiklarni uzatish.
Bunday xizmatlar, bugungi kunda mavjud bo’lgan, yuqorida aytib o’tilgan, bir 
paketga birlashtiriluvchi ko’pgina xizmatlar tendenstiyasi servis - provayder orasida 
konkurent kurash bilan bog’liq. Masalan video tarmoqning operatorlari va odatdagi 
telefon operatorlari o’zining abonentlariga internetga ulanishni taklif qilishmoqda, 
yirik Internet-provayderlar esa IP telefoniyaning alternativ tarmoqlarini tashkil qiladi.
Xizmat turlarini aniqlagandan keyin operator o’zining uchastkasi yoki tarmog’i 
uchun magistral texnologiyalarini tanlashi lozim. Magistralni yaratish uchun tanlangan 
texnologiyalarni va ,,oxirgi mil” muommolarini hal qilishda operator quyidagi 
iqtisodiy omillarni nazarda tutishi lozim:
• tarmoq iqtisodiy jihatdan samarali va rentabilli bo’lishi;


• 
operator o’zining xizmatlarini faol shakllantira bilishi lozim, chunki uni 
bozorga bog’lovchi, shakllantiruvchi va tekshirishlar o’tkazish uchun 
marketing texnologiyasini qo’llash lozim;
• tarmoq xizmati, uchta tashkil topuvchisi bo’yicha imkoniyatga ega bo’lishi 
lozim, operastion, kamfort va haq to’lash.
Birinchi tashkil topuvchi yaqin kelajakdagi rivojlanishni hisobga olgan holdagi va 
hozirgi paytdagi talablarni qondiruvchi abonent qurilmalarini joylashtirish deb faraz 
qilinadi. Komfort esa qurilmalarning soddaligi va ularni qo’llashning qulayligi bilan 
bog’liq. haq to’lash, xizmat haqini to’lashning sodda va qulayligi (masalan plastik 
kartalar yordamida)dir.
Yuqorida sanab o’tilgan xizmatlar va ularga bo’lgan talablarga asoslangan holda, 
hozirgi paytda raqamli kanallar bo’yicha ma’lumotlarni uzatishda IP protokollari 
(Internet protokollar) keng qo’llanilmoqda. Bu asosan ajratilgan kanallarning oshishi 
va o’zaro bog’langan tarmoqning oxirgi istemolchilarining ulanuvchi nuqtalarini 
uzoqda joylashgani narxga bog’liq emaslik xususiyati bilan bog’liq. Natijada 
aloqaning narxi zudlik bilan kamayadi. IP telefoniyaning eng asosiy afzalligi internet 
telefoniyada aloqa sifatining yuqoriligi va real vaqtda fakslarni uzatish imkoniyatidir. 
Bundan tashqari IP telefoniya telekommunikastiya sohasida yangi yondashishni 
yuzaga keltiradi: audio va videokonferensiya, abonentlarni zudlik bilan topish va 
boshqalar.
IP telefoniyada kanalning aloqa sifati, ikkita asosiy xarakteristika bilan 
baholanadi: birinchisi - signalni uzatganda vaqt bo’yicha paketlarning kechikishi; bu 
muammo nafaqat Internet uchun balkim IP-telefoniya uchun ham xarakterlidir; 
ikkinchi asosiy xarakteristikasi juda ko’p faktlarga bog’liq, masalan mikrofon va 
abonent kalonkalarining sifati, IP paketlarining yo’qolishi (kanal orqali uzatilganda). 
Bundan tashqari IP telefoniyada bir punktdan ikkinchi punktga paketlarni uzatganda, 
paketlar 4 qismga bo’linadi, uzatiladi, bunda 1,2,3,4 kanallarning tezligi har xil 
bo’lishi mumkin, natijada video va ovozli ma’lumotlarni uzatish qoniqarli darajada 
bo’lmaydi. IP telefoniyaning yana bir yetishmovchiligi, IP tarmoqlarida ortiqcha yuk 
yuzaga kelganda marshrutizatorlar judayam kechikishi yoki paketlarni tashlab


yuborishi (tushirib qoldirishi) mumkin. Natijada regenerastiyalanadigan ovozli 
signalda muammolar yuzaga keladi, ya’ni bu abonentlarga ,,chiqillash” shaklida 
eshitiladi. Bunday noqulay hollarni yo’qotish uchun xatoliklarni niqoblash prosedurasi 
qo’llaniladi.
Yuqorida bayon etilgan kechikishlar umuman olganda kanallarni uzatishda 
trafiklarni 
doimiy 
ravishda 
kechikishi, 
marshrutizator 
va 
kommutatorlarni 
kirish/chiqish navbatini qayta ishlashdagi o’zgaruvchan kechikishlar tufayli yig’iladi.
Agar tarmoqda turli xil servislar soni ko’p bo’lsa, masalan: web—navigatsiya, 
fayllarni jo ’natish, elektron pochta, IP telefoniya va hakozolar, albatta har xil 
o’lchovdagi juda ko’plab paketlar uzatiladi. Paketlar ketma-ketliklarini aniqlash 
imkonining yo’qligi va navbatga tushayotgan paketlarning kechikishi, turli 
oqimlarning juda katta darajada kechikishiga olib keladi. Shuning uchun ham haqiqiy 
vaqtda trafiklarni IP tarmog’i bo’ylab uzatishda asosiy muammolar yuzaga keladi va 
bunday trafiklarni maxsus qayta ishlash zarur.
Korporativ tarmoq minglab turli komponentlarni o’ziga birlashtirgan murakkab 
tizim hisoblanadi. Bunga oddiy kompyutyerdan murakkab kompyutergacha tizimli 
dasturli 
ta’minotlar, 
tarmoq 
abonentlari, 
konsentratorlari, 
kommutatorlari, 
marshrutizatorlari, kabel turlari kiradi. Tizimli integrator va ma’muriyatning asosiy 
vazifasi korxona xizmatchilari orasida katta konkurent kurashda korxonani ta’minlash 
uchun lozim bo’lgan ratsional mua.mmo1a.rni o’z vaqtida yechish va hal qilish imkonini 
beruvchi axborot oqimlarining aylanishini ta’minlashdan iborat.
Korporativ axborotlarni avtomatik qayta ishlash texnologiyalarining zudlik bilan 
o’zgarishi Internet va Internet texnologiyalarini yanada rivojlanishi bilan chambarchas 
bog’liqdir. Bu asosan korporativ tarmoqlarni tuzishda barcha korxonalar uchun undan 
foydalanishni arzonga tushishi va ishonchlilik masalalarini hal qilishda yaqindan 
yordam beradi. Bunday tarmoqlarni hosil qilish, millionlab aholining umumiy 
imkoniyatiga ega bo’lgan tarmoqlarda korporativ ma’lumotlarni uzatish, himoyalash 
muammolarini yuzaga keltiradi. Shuning uchun bunday muammolarni hal qilishda IP 
(Internet protokollari) ni qo’llash maqsadga muvofiq deb topildi.


Korporativ tarmoqlarda Internetni qo’llash nafaqat texnik va texnologik ta’sirga 
ega, balki Internet umumjahon tarmoqlarida insonlarni o’zaro bir-biri bilan 
bog’lanishi ham intaraktiv amalga oshirmoqda. Undan nafaqat axborotlarni uzatishda 
foydalaniladi, balki e’lonlarni, shu yuzasidan amalga oshiriladigan operastiyalarni, 
tovarlarni sotib olish va sotish, bank xizmatlari, elektron pochta va shunga o’xshagan 
bir qancha xizmatlarni amalga oshirish mumkin, shuningdek bunga korxonalar orasida 
axborot almashish va biznes portlari bilan amalga oshiriladigan ishlar ham kiradi.
Yuqorida qayd qilib o’tganimizdek korporativ tarmoqlarda ham internet 
protokollari, ya’ni IP qo’llaniladi. Agar yuqorida aytilgan kamchiliklarni nazarda 
tutadigan bo’lsak, unda zamonaviy talablarga javob beruvchi texnologiyalarni 
qo’llashga to’g’ri keladi.
Tarmoqda bunday kamchiliklarga ega bo’lgan texnologiyalar o’rniga yangisini 
qo’llash qimmatga tushadi. Shuning uchun IP protokollari va marshrutizatorlari bilan 
birgalikda ishlashga mo’ljallangan MPLS (Multi Protocol Laber Switching) 
texnologiyasini qo’llash maqsadga muvofiq keladi.
Shu tufayli belgilarni multiprotokol kommutatsiyalash texnologiyasi (Multi 
Protocol Label Switching - MPLS) juda qisqa vaqt ichida IP-trafiklarini uzatish uchun 
faol qo’llanila boshlandi. 
MPLSning muvoffaqiyatlari kommutatsiyalashning 
boshqacha turini yaratish kerak degan g’oyani ilgari surdi. Bu g’oya, MPLS prinspidan 
foydalangan holda ma’lumotlarni uzatuvchi turli texnologiyalarni boshqarish 
funksiyasini 
takomillashtirish 
yotadi. 
Bu 
g’oyaning 
asosiy 
mazmuni, 
marshrutlashtirishni optimallashtirishdan iborat edi.
2001 yillardan boshlab paketlarni qayta ishlash vaqti muhim bo’lgan, tarmoqning 
magistral uchastkalarida 
MPLS texnologiyasi qo’llanila boshladi. 
MPLS 
marshrutizatorlari yoki LSR (Label Switched Router), domen deb ataladigan sohani 
hosil qildi. Bunda belgilar asosida paketlar marshruti amalga oshadi. G’oyaning 
maqsadi shundan iborat ediki, paketlarni jo ’natishda keyingi qadamni tez tanlash 
uchun kanal va tarmoq satxlari orasida, IP-sarlavhalarini tahlil qilmasdan marshrutni 
tanlash uchun paketlarga allaqanday identifikatorni joylashtirishdan iborat edi.


MPLS-ikkinchi sath kommutatsiyasiga boqliq bo’lmagan texnologiya bo’lib, 
uchinchi sathda qo’llaniladi, lekin ikkinchi sathda qanday xizmatlar amalga oshsa 
uchinchi satxda ham xuddi shu xizmatlarni amalga oshiradi va uning ishi belgilarni 
almashlashga asoslangan. U ikkinchi sathga bog’liq emas, kadrlarni uzatishga ega 
bo’lgan tarmoqlardagi kabi, yacheykalarni uzatishga ega bo’lgan tarmoqlarda ha 
qo’llaniladi. 
MPLS 
belgilarni 
translyatsiyalash jadvalini 
tuzish 
uchun 
IP 
marshrutizatorlari kabi uchinchi satx funksiyalaridan foydalanadi. U, ikkinchi sathga 
mos keluvchi xizmatlarni amalga oshiradi, bunda belgilarni kommutatsiyalash yo’li 
sifatida virtual aloqa liniyalaridan foydalaniladi. Yo’l belgilangan manzilga asoslangan 
holda yoki xizmat sinfiga va boshqa talablarga asosan tanlanadi.
Bu texnologiya bir necha standart va boshqaruv protokollaridan tashkil topgan 
bo’lib, ularning har biri ma’lum bir muammolarni hal etadi. MPLSning ma’lumotlar 
oqimi kanallarni kommutatsiyalashni eslatadi. Xuddi shu ma’noda ATMni eslatadi, 
lekin u yacheykalarni emas kadrlarni kommutastiyalashni amalga oshiradi. MPLS 
quyidagicha afzalliklarga ega:
• MPLS texnologiyasi tarmoqda mavjud bo’lgan eski xizmatlardan foydalangan 
holda trafiklarni optimallashtiradi (Masalan, IP tarmoqlarini olsak, tarmoqda 
uning xizmatlari qoladi, faqatgina har bir kommutatsiyalash manzili 
yangilanadi);
• MPLS texnologiyasi xuddi oldingi mavjud bo’lgan xizmat-larni IP 
infrastrukturasiga samarali o’tish yo’lini yaratgan holda paketlarni uzatadi;
• MPLS mavjud bo’lgan (DS3, SONET) eski va yaratilgan yangi infrostruktura 
(10/100/1000/10 

Ethernet)ni 
va 
tarmoq 
(IP, 
ATM, 
kadrlarni 
retransiyastiyalash, Ethernet va TDM) ni funkstionallashtiradi;
• MPLS trafiklarni shakillantirish imkoniyatiga ega. Aniq belgilangan 
marshrutlashtirish va trafikni shakllantirish funkstiyasi, o’tkazuvchanlik 
qobiliyatiga ega bo’lgan chegarada juda katta ma’lumotlar hajmini 
zichlashtirishga yordam beradi;


• MPLS xizmat sifatini kafolatlangan holda etkazib berish imkoniyatiga ega. 
Provayderlarga, video va ovozli signallarni judayam kichkina kechikish bilan 
etkazishi mumkin;
• MPLS, marshrutizatorlarga qo’yilgan qayta ishlash talabi- ni soddalashtiradi. 
Umuman marshrutizatorlar belgilangan metka (belgi)larga asoslangan holda 
paketlarni uzatadi;
• MPLS, IP tarmoqlarini himoyalash uchun, mos keluvchi satx- ni xavfsizligini 
taminlaydi. Bir vaqtni o’zida IP tarmo- g’idagi umumiy foydalanuvchilarni 
shifrlash talabini kamaytiradi;
• MPLS bazasi asosidagi xususiy virtual (VPN) tarmoqlar foydalanuvchi 
bazasidagi VPNga nisbatan yaxshi sozlanadi. Chunki u lozim bo’lgan 
konfigurastiyani va talabgarlar tarmog’ini boshqarishni kamaytirgan holda 
provoyderlar tarmog’idan foydalanadi.
MPLS texnologiyasi, har qanday umumiy foydalanish tarmog’i orqali territorial 
tarqalgan korxona bo’limlarini yoki istemolchilarni, markazlashgan korporativ 
tarmoqqa eng qulay va samarali ulab berish usulini amalga oshiradi. Bunday 
texnologiyalarda virtual shaxsiy tarmoq (VPN)ni qo’llash, axborot almashishning 
xavfsizligini ta’minlaydi, shuningdek aloqaning shaxsiy ajratilgan kanallariga 
ketadigan xarajatni qisqartiradi. Istemolchilar orasida uzatiladigan barcha ma’lumotlar, 
axborot xavfsizligining zamonaviy standartlari asosidagi himoyalash rejimida beriladi.
Shaxsiy yoki ijaraga olingan kanallardan qurilgan, umumiy foydalanuvchilar 
tarmog’i bazasi asosida yaratiladigan bunday tarmoq, shartnoma asosida ajratilgan 
korporativ tarmoqning eng yaxshi alternativasi hisoblanadi va ular quyidagicha 
afzalliklarga ega:
• arendaga olingan virtual kanallarning narxini pastligi;
• tarmoq topologiyasining rivojlanganligi (juda katta geografik kenglikga ega);
• ishonchlilikning yuqoriligi;
• lokal hisoblash tarmoqlarining topologiyalariga bog’liq bo’lmagan holda, 
konfiguratsiya o’zgarishining yengilligi;
• iste’molchilarning hodisa va ta’sirlarini nazorat qilish imkoni.


MPLS texnologiyasi asosida yaratiladigan bunday korporativ tarmoqlar, umumiy 
tarmoq resurslariga ega bo’lgan yagona axborotli muhitda region bo’limlarini 
markaziy apparat ofisi bilan birlashtirish imkonini beradi va ma’lumotlarni uzatish, 
ovoz, videokonferensiya va shunga o’xshagan telekommunikatsiya servislarining 
to’liq majmuasi bilan ta’minlaydi.
Foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaraganda MPLSning asosiy afzalligi xizmat 
sifati (QoS) hisoblanadi, undan keyingi eng asosiysi esa himoyaning soddaligi va 
VPNga imkoniyat prosedurasidir. Bu afzallik MPLS texnologiyasining modelini 
ta’minlaydi. Shuning uchun ham MPLS texnologiyani tarmoq bo’ylab trafiklarni 
uzatishda ularni optimallashtirish uchun qo’llaniladi.
MPLS texnologiyasining ishlash prinspi.
Zamonaviy tarmoqlar va aloqa xizmati, IP markaziy texnologiya sifatida 
qo’llashga ega bo’lgan konvergensiya prinspiga o’tmoqda.
MPLS (Multi Protocol Laber Switching) metkalarni qo’llashga ega bo’lgan 
protokolli kommutatsiya (metka-bu belgi bo’lib, marshrutizatorlar uchun lokal 
qiymatga ega. Uning funksiyasi vertual yo’llar identifikatori (Virtual Path Identifier— 
VPI)ga yoki vertual ulanishlar identifikatori Virtual Cireuit Identifier ,VCI))ga 
o’xshash, texnologiyani ochuvchi kalit kabi qo’llaniladi. MPLS texnologiyasi bir 
qancha yangi xizmatlarni amalga oshiruvchi eski tarmoqlardan yangisiga o’tishni 
ta’minlovchi vosita sifatida baholanadi. MPLS texnologiyasi belgi bo’yicha 
kommutatsiyalash konsepsiyasiga asoslangan. Bunda har bir paketga, tarmoq bo’yicha 
paketlarni kommutatsiyalash va marshrutlashtirish uchun boqliq bo’lmagan 
qo’shimcha belgi qo’shiladi. Tarmoq bo’ylab paketlar aralashtirilganda, uning 
sarlavhasini taxlil qilish amalga oshmaydi. Bu yyerda keyingi qadamni indekslash va 
yangi belgi uchun kirishdagi belgilangan belgi qo’llaniladi. Eski metka(belgi) yangisi 
bilan aralashtiriladi va keyingi tugun uchun manzil belgilanadi. Metka (belgi) juda 
sodda tuzilishga ega bo’lib, paket sarlavhasining qisqartirilgan axborot versiyasidir. 
Shuning uchun ham qurilma metka(belgi)ni va uzatiladigan trafiklarni qayta ishlash 
uchun optimallashtirilgan bo’lishi mumkin.


Kommutastiyalash bunday texnologiyalarda ham zamonaviy tar- moqlarning 
protokollariga asoslangan, IPning manzil va marshrutizatorlarini sxemasini qo’llaydi. 
Lekin ularning marshrutlashtirishi orasida farq mavjud. Odatdagi IP paketlarini 
uzatishda paket sarlovhasida belgilangan punktning IP -manzili qo’llaniladi. Bunda 
har bir marshrutizatorga bog’liq bo’lmagan holda uzatish haqidagi echim hal qilinadi. 
Bunday echimlar ketma-ketligi tarmoq satxidagi marshrutlashtirish pratokollarida 
yig’iladi. Bunday protokollarga qisqa marshrutlashni aniqlash (OPSF) yoki chegara 
marshrutlarining (BGP) protokollari kiradi. Bunday marshrut protokollari, tarmoq 
orqali qisqa yo’lni aniqlash uchun mo’ljallangan va vaqt bo’yicha kechikish, 
trafiklarning ortiqcha yukligi kabi omillarni qarab chiqmaydi.
MPLS marshrutlashtirilgan IP tarmog’i uchun, ulashga mo’ljallanmagan, 
odatdagisiga ustma-ust tushuvchi ulanishni aniqlashga ega bo’lgan modelni yaratadi. 
Bunday ulashlarni aniqlashga mo’ljallangan arxitektura, IP tarmoqlarining trafiklarini 
boshqaruvchi 
yangi 
imkoniyatlarni 
ochadi. 
MPLS 
texnologiyasi, 
yuqori 
kommutastiyalash jarayonini amalga oshiruvchi zamonaviy Internet va IP 
tarmoqlarining ishi uchun poydevor hisoblanadi. Chunki u IP texnologiya bilan 
birgalikda marshrutlashtirish jarayonlarini birlashtiradi. 
Bundan tashqari IP 
tarmoqlarida MPLS texnologiyalarni qo’llash bilan birga bunday texnologiya optik 
tarmoqlarda va kanallari vaqt bo’yicha ajratilgan (TDM) tarmoqlarda juda keng 
tarqaladi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek MPLS texnologiyasi tarmoq bo’ylab trafiklarni 
uzatishni optimallashtirish uchun qo’llaniladi. Umuman olganda MPLS turli muhitdagi 
tarmoqlarda qo’llanilsa ham, biz bu yerda IP tarmoqlaridagi paketlarni uzatishga 
nisbatan MPLS ning afzalliklarini qarab chiqamiz.
MPLS texnologiyasiga mos holda paketlarni tarmoq bo’ylab uzatish uchun 
metka(belgi) bilan belgilanadi. Metka(belgi)lar ma’lumotlar paketiga joylashgan 
MPLS sarlovhasiga birlashtiriladi (1.2 - rasm).



Download 184,02 Kb.
  1   2   3   4




Download 184,02 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. mpls texnologiyasi mpls tarmog’i va uni bog’lovchi elementlar

Download 184,02 Kb.
Pdf ko'rish