Amaliy mashg‘ulot nfc




Download 65,66 Kb.
bet1/2
Sana22.07.2024
Hajmi65,66 Kb.
#268222
  1   2
Bog'liq
6-Amaliy mashg\'ulot.NFC...


AMALIY MASHG‘ULOT - 6.
NFC
Bu kichik masofalarga ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi hisoblanadi. Uzatish modeli elektromagnit maydonni hosil qiladigan qurilma-initsiator va qurilma-nishonni o‘z ichiga oladi. Qurilma-nishon ham aktiv (masalan, boshqa mobil aloqa qurilmasi yoki to‘lov terminali), ham passiv (RFID radio-belgi, kontaktsiz karta yoki jevakcha) bo‘lishi mumkin. Radio-belgilar va kontaktsiz kartalarning mavjud formatlari qo‘llanadi.
Passiv nishon bilan ishlashda qurilma-initsiator uzluksiz nurlantiradi, qurilma-nishon esa faqat bunday tarzda hosil qilingan elektromagnit maydonni modulyatsiyalaydi. Passiv qurilma-nishonni, shunday tarzda, qabullagich-uzatkich (transponder) sifatida ko‘rish mumkin. Aktiv nishon bilan ishlashda qurilmalar o‘z nurlanishini javobni kutish vaqtiga uzish bilan uzatish tartibini navbatlashtiradi.

Simsiz kartali tizimlarda ishlashga o‘xshash NFC texnologiyasi asosidagi tizimlarda aloqa bir-birlarining yaqin maydonlari chegaralarida bo‘lgan ikkita ramkali antennalar orasida o‘rnatiladi. Aloqa umumiy mumkin va litsenziyalanmaydigan ISM Band (Industrial, Scientific and Medical radio Band, Sanoat, Ilmiy va Tibbiyot radiochastotalari) radiochastotalar chegaralarida 13,56 MGts tashuvchi chastotada bo‘lib o‘tadi. Axborot signali energiyasining katta qismi 14 kGtsdagi chastotalar polosasida bo‘ladi, lekin amplitudaviy modulyatsiyalash ishlatilganida polosaning to‘liq kengligi 1, 8 MGtsga yetishi mumkin.
Standart ixcham antennalarda maksimal bo‘lishi mumkin ma’lumotlarni uzatilishi masofasi 10 smni tashkil etadi.
NFC texnologiyasi orqali signalni ikkita kodlash turi ishlatiladi.
Ulardan birinchisida aktiv qurilma ikkilik ma’lumotlarni 100% amplitudaviy modulyatsiyali ikki darajali kodlash (shuningdek inglizcha adabiyotlarda Miller kodlashi deyiladi) ishlatiladi. Bunday rejimda uzatish tezligi 106 Kbit/sni tashkil etadi.
Ikkinchisida, aktiv qurilma 10% amplitudaviy modulyatsiyali nolinchi sathga qaytishsiz kod (manchester kodi deyiladigan) ishlatiladi. Bunday rejimda malumotlarni uzatish tezligi 212 yoki 424 Kbit/sni tashkil etishi mumkin.
Passiv qurilma har doim 10% amplitudaviy modulyatsiyali manchester kodini ishlatadi.
Binobarin, NFC qo‘llanadigan qurilmalar bir vaqtda ma’lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin, ularga koliziyalarni aniqlash kerak bo‘ladi. Kolliziyalarni aniqlash uzatilgan va olingan signallarning chastotalarini taqqoslashga asoslangan va ular mos tushganida olingan signal yaroqsizga chiqariladi.
NFC texnologiyasi ma’lumotlarni kriptografik himoyalashga standartlarni o‘z ichiga oladi va u yuqori darajalar protokollari orqali ta’minlanishi ko‘zda tutiladi.
NFC texnologiyasi mobil aloqa qurilmalarida qo‘llaniladi. Uchta asosiy ishlatish usullari amalga oshiriladi:
Kartani emulyatsiyalash: NFC qo‘llanadigan qurilma simsiz kartani emulyatsiyalash uchun ishlatiladi.
O‘qigich rejimi: NFC qo‘llanadigan qurilma aktiv rejimda ishlaydi va passiv qurilmalardan, masalan radio-belgidan ma’lumotlarni o‘qiydi.
Nuqta-nuqta rejimi: NFC qo‘llanadigan ikkita qurilma aktiv rejimda ishlaydi va o‘zaro ma’lumotlarni almashlash uchun texnologiyani ishlatadi.

Tavsiflangan rejimlar uchun jamoat transportida yo‘l haqini mobil to‘lovi, NFC qo‘llanadigan mobil qurilmalardan kredit/debet karta sifatida, reklama oynalaridan radiobelgilardan qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘qish uchun foydalanish kabi ko‘plab qo‘llanishlar bo‘lishi mumkin.
NFC texnologiyasidan foydalanish bilan Bluetooth 2. 1 yoki Wi-fi kabi boshqa simsiz aloqa texnologiyalaridan foydalaniladigan o‘zaro ta’sirlashishni oddiy va tez sozlash mumkin. NFC texnologiyasini poezd, samolyot, kontserlar va boshqalarga chiptalarni elektron bron qilish uchun, “elektron pullar” bilan hisoblashish uchun, sayohatchi xaritasi, shaxsni tasdiqlash guvohnomasi, xavfsizlik tizimlarida kontaktsiz kartalar sifatida (shu jumladan mehmonxanalar nomerlari, avtomobillar, maishiy qulflar kalitlari o‘rniga) qo‘llash mumkin. NFC qo‘llanadigan qurilmalarni birja savdosi, kontentni sotib olish, dasturiy arzonlashtirishlar va bonuslar va boshqalar uchun ishlatish mumkin.

Download 65,66 Kb.
  1   2




Download 65,66 Kb.