O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNALAGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
MUSTAQIL ISH
Mavzu:Kompyuter viruslardan himoya qilish orqali risklarni baholash
Bajardi:Abdumannonov Xusniddin
Tekshirdi:Kiyamov U.J
SAMARQAND -2024
Mavzu:Kompyuter viruslardan himoya qilish orqali risklarni baholash
Reja:
I.KIRISH
1.Kompyuter virusi
II.ASOSIY QISM
1..Viruslarga qarshi chora tadbirlar
2.Viruslarni aniqlash va davolash usullari
III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
I.KIRISH
Kompyuter virusi –maxsus yozilgan dastur bo‘lib, kompyuterda ishlashda barcha
mumkin bo‘lgan xalaqitlarni yaratish, fayl va kataloglarni buzish, dasturlarni
ishdan chiqarish maqsadida hisoblasht izimlariga, kompyuterning tizimli
sohalariga, fayllarga tadbiq qilinadigan, o‘zlarining nusxalarini yaratish, boshqa
dasturlarga o‘z-o‘zidan birikib oladigan xossalarga egadirlarKompyuter virusi –
maxsus yozilgan dastur bo‘lib, kompyuterda ishlashda barcha mumkin bo‘lgan
xalaqitlarni yaratish, fayl va kataloglarni buzish, dasturlarni ishdan chiqarish
maqsadida hisoblasht izimlariga, kompyuterning tizimli sohalariga, fayllarga
tadbiq qilinadigan, o‘zlarining nusxalarini yaratish, boshqa dasturlarga o‘z-o‘zidan
birikib oladigan xossalarga egadirlar
Ichida virus joylashgan dastur zararlangan deb ataladi. Bunday dastur o‘z ishini
boshlaganda, oldin boshqarishni virus o‘z qo‘liga oladi. Virus boshqa dasturlarni
topadi va «zararlantiradi» hamda biror-bir zararli ishlarni (masalan, fayllarni yoki
diskda fayllarni joylashish jadvalini buzadi, tezkor xotirani ishlash jarayonini
pasaytiradi va h.k.) bajaradi. Virusni niqoblash uchun boshqa dasturlarni
zararlantirish va zarar yetkazish bo‘yicha ishlar har doim ham emas, aytaylik
ma‘lum bir shartlar bajarilganda bajarilishi mumkin. Virus unga kerakli ishlarni
bajargandan keyin u boshqarishni o‘zi joylashgan dasturga uzatadi va u dastur
odatdagiday ishlay boshlaydi. Shu bilan birga tashqi ko‘rinishdan zararlangan
dasturning ishlashi zararlanmagandek kabi ko‘rinadi.
Viruslarning ko‘pgina ko‘rinishlari shunday tuzilganki, zararlangan dastur ishga
tushirilganda virus kompyuter xotirasida har doim qoladi va vaqti-vaqti 67 bilan
dasturlarni zararlantiradi va kompyuterda zararli ishlarni bajaradi.
Virusning barcha harakatlari yetarlicha tez bajarilishi mumkin va biror-bir
xabarni bermaydi, shuning uchun foydalanuvchi kompyuterda birorta odatdan
tashqari ishlar bo‘layotganini payqashi juda mushkuldir
Kompyuterda nisbatan kam dasturlar zararlangan bo‘lsa, virusning borligi
deyarli sezilarsiz bo‘ladi. Lekin vaqt o‘tishi bilan kompyuterda qandaydir g‘alati
hodisalar ro‘y bera boshlaydi, masalan:
- ba‘zi dasturlar ishlashdan to‘xtaydilar yoki noto‘g‘ri ishlaydi;
- ekranga begona xabar yoki belgilar chiqadi;
- kompyuterning ishlash tezligi sekinlashadi;
- ba‘zi bir fayllar buzilib qoladi va h.k.
Bu vaqtga kelib, qoidaga ko‘ra, foydalanuvchi ishlayotganda yetarlicha ko‘p
(yoki hatto ko‘pchilik) dasturlar viruslar bilan zararlangan, ba‘zi bir fayl yoki
disklar esa ishdan chiqqan hisoblanadi. Bundan tashqari, foydalanuvchi
kompyuteridagi zararlangan dasturlar disketalar yordamida yoki lokal tarmoq
bo‘yicha foydalanuvchi hamkasblari va o‘rtoqlarining kompyuteriga o‘tib ketgan
bo‘lishi mumkin.
Viruslarning ba‘zi bir ko‘rinishlari o‘zlarini yanada xavfliroq kirib tushadilar.
Ular boshlanishda katta miqdordagi dasturlarni yoki disklarni bildirmasdan
zararlantiradilar, keyin esa jiddiy shikastlanishlarini keltirib chiqaradi, masalan,
kompyuterdagi butun qattiq diskni formatlaydi. Dastur – virus sezilarsiz bo‘lishi
uchun u katta bo‘lmasligi kerak. Shuning uchun, qoidaga ko‘ra, viruslar yetarlicha
yuqori malakali dasturlovchilar tomonidan Assembler tilida yoziladi.
Kompyuter viruslarini paydo bo‘lishi va tarqatilishi sabablari, bir tomondan,
inson shahsiyatining ruhiyatida va uning yomon xislatlarida yashirinadi (havaslar,
qasos olishlar, tan olinmagan ijodkorlarning mansabparastligi, o‘z qobiliyatlarini
konstruktiv qo‘llash imkoniyati yo‘qligi), ikkinchi tomondan esa, himoya
qilishning apparat vositalarini va shaxsiy kompyuterning operatsion tizimi
tomonidan qarshi harakatlarning yo‘qligi bilan bog‘liqdir.
Viruslarni kompyuterga kirib olishining asosiy yo‘llari olinadigan disklar 68
(egiluvchan va lazerli) ham kompyuter tarmoqlari hisoblanadi.
Qattiq diskni viruslar bilan zararlanishi kompyuterni virusni o‘zida saqlagan
disketadan yuklaganda amalga oshishi mumkin. Bunday zararlanish tasodifiy
bo‘lishi mumkin, masalan, disketani A diskovoddan chiqarib olmasdan va
kompyuterni qayta yuklanganda, bunda disketa tizimli bo‘lmasligi ham
mumkindir. Disketani zararlantirish juda oddiyroqdir. Unga virus hattoki, agar
disketani zararlangan kompyuter diskovodiga qo‘yilganda va uning mundarijasini
o‘qilganda, tushish mumkin.
Zararlangan disk bu yuklanish sektorida dastur – virus joylashgan diskdir.
Virusni o‘z ichiga olgan dastur ishga tushirilgandan keyin boshqa fayllarni
zararlantirish mumkin bo‘lib qoladi. Eng ko‘proq viruslar bilan diskning
yuklanadigan sektori va .EXE, .COM, .SYS yoki BAT kengaytmasiga ega bo‘lgan
fayllar zararlanadi. Kam matnli va grafikli fayllar kam zararlanadi.
Zararlangan dastur, bu unga tadbiq qilingan dastur – virusni o‘z ichiga olgan
dasturdir. Kompyuter virusi bilan zararlanishda o‘z vaqtida uni payqash juda
muhimdir. Buning uchun viruslarni paydo bo‘lishining asosiy belgilari to‘g‘risida
bilimlarga ega bo‘lish kerak. Ularga quyidagilar tegishli bo‘lishi mumkin:
- oldin muvaffaqiyatli ishlagan dasturlarning ishlashdan to‘xtashi yoki noto‘g‘ri
ishlashi;
- kompyuterning sekin ishlashi; - operatsion tizimni yuklash imkoni yo‘qligi;
- fayl va kataloglarni yo‘qolib qolishi yoki ularning mazmunini buzilishi;
- fayllarni o‘zgartirilganlik sanasi va vaqtining o‘zgarishi;
- diskda fayllar soni bexosdan juda oshib ketishi;
- bo‘sh tezkor xotira o‘lchamining jiddiy kamayishi;
- ekranga ko‘zda tutilmagan xabarlarni yoki tasvirlarni chiqarish;
- ko‘zda tutilmagan tovushli xabarlarni berish;
-kompyuter ishlashda tez-tez bo‘ladigan osilib qolishlar va buzilishlar.
Ta‘kidlash kerakki, yuqorida sanab o‘tilgan hodisalar viruslarni kelib chiqishi
bilan bo‘lishi majburiy emas, boshqa sabablarning oqibatlari ham 69 bo‘lishi
mumkin. Shuning uchun kompyuter holatini to‘g‘ri diagnostikalash har doim
mushkuldir.
Kompyuter virusi kompyuterda mavjud bo‘lgan disklardagi istalgan faylni
yetarlicha o‘zgartirish va buzishi mumkin. Lekin fayllarning ba‘zi bir turlarini
virus «zararlantirishi» mumkin. Bu shuni bildiradiki, virus bu fayllarga «tadbiq»
qilinishi mumkin, ya‘ni ularni shunday o‘zgartiradiki, ular virusni o‘z ichida
saqlaydi va bu virus ba‘zi bir holatlarda o‘zining ishini boshlashi mumkin.
Ta‘kidlash lozimki, dastur va hujjatlarning matnlari, ma‘lumotlar bazasining
axborotli fayllari, jadvalli prosessor jadvallari va boshqa shunga o‘xshash fayllar
virus bilan zararlanishi mumkin emas, bu fayllarni viruslar buzishi mumkin.
Virus bilan «zararlanishi» mumkin bo‘lgan fayllarning turlari quyidagilardir:
1. Bajariladigan fayllar, ya‘ni .SOM va .eXE kengaytmali fayllar, hamda
boshqa dasturlar bajarilganda yuklanadigan overlokli (takrorlanadigan)
fayllardir. Zararlangan bajariladigan fayllardagi virus shu virus joylashgan
dastur ishga tushirilganda o‘zining ishini boshlaydi. Virus bilan
zararlanishning eng xavflisi DOS buyruqli prosessorini COMMAND.COM
dasturini zararlanishidir, chunki bu virus DOSning istalgan
buyrug‘i bajarilganda ishlaydi va istalgan bajariladigan dastur zararlanadi (agar
virus uni zararlantira olsa)
|