Axborot texnologiyalari, tarmoqlar va telekommunikatsiyalar




Download 359,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana19.02.2024
Hajmi359,19 Kb.
#158912
1   2   3   4
Bog'liq
ТАТУ УФ2

Kalit so‘zlar:tarmoq, sath, kadr, paket,bayroq, aloqa kanali, ma’lumot, 
signal. 
 
Ma’lumotlarni telekommunikatsiya tarmog‘ida uzatilishi funksional bloklari 
to‘plamidan iborat elementlar o‘rtasida ma’lumot almashinuvi kanal sathida 
amalga oshiriladi. Kanal sathida ma’lumotlar almashinuvi kanal protokollari 
asosida amalga oshiriladi. Ma’lumotlar uzatish qatlami aloqa kanallarida 
axborotlarni o‘z vaqtida yetkazishda uzatilgan kadrlarni xatoliklarini tekshirgandan 


International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND 
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
127 
so‘ng, kadrlarni raqamlaydi hamda kanal sathida uzatilgan kadrlardagi xatoliklarni 
nazorat qiladi va buzilgan kadrni qayta jo‘natishni amalga oshiradi. Ma’lumotlarni 
aloqa kanallari orqali uzatishda kanal sathi protokollari faoliyatining asosiy 
funksiyalari quyidagilardan iborat[1] : 
• Ma’lumotlarni uzatishda xizmatlarni taqdim etish – tarmoq sathidadan 
tushgan paketlarni kadrlar bo‘lish va fizik sathga uzatishni ta’minlash va aksincha; 
• kadrlarni taqsimlash – umumiy kadrlar sonini yetib borgunga kadar har bir 
kadrlarni boshqarish; 
• kadrlarni uzatish jarayonini boshqarish – buzilgan yoki yo‘qotilgan kadrlar 
oqimini to‘liqliligini ta’minlash; 
• buzulgan kadrlarni boshqarish – uzatilgan har bir kadr xatoligini tekshirish; 
• aloqa kanalini boshqarish jarayoni - kanalning shovqinlanganlik darajasini 
va nosozliklarni aniqlash, tiklash, kanalning samarali ishlashi to‘g‘risida 
ma’lumotlarni yig‘ish. 
Telekommunikatsiya tarmoqlari o‘rtasida ma’lumotlar almashinishini 
ta’minlash maqsadida yuqorida keltirilgan talablardan kelib chiqib, ularning 
vazifalari belgilab olinadi, ya’ni xabarlarni uzatish jarayonida ma’lumotlar butun 
ketma-ketlik kadrlariga bo‘linadi, kadrlarning uzunligi o‘zgarishi mumkin. 
Kadrning boshida ochiladigan "Bayroq" (Flag), oxirida esa yopuvchi element 
qo‘yiladi. Kadrlar orasidagi vaqtni Bayroqning quyidagi kombinatsiyalari bilan 
to‘ldirish mumkin. Ochish va yopishdan tashqari birinchi formatdagi kadrning 
tarkibi berilgan. "Bayroq" quyidagi maydonlarni o‘z ichiga oladi: manzil, 
boshqaruv, ma’lumot va tekshirish qismlari. Kadrning barcha tarkibiy qismlari 
ketma–ket, eng pastidan boshlab, bit raqamlari ko‘tarilish tartibida uzatiladi(1 –
jadval).
1-Jadval. 
Kanal sathidagi ma’lumotlar almashuvi kadrining formati 
Bayroq 

Manzil 

Boshqaruv 

Axborot

Tekshiruv 
maydoni 
Bayroq 

01111110 
01111110 
12 8 

bit 
12 8 

bit 
12 (16) 
8 yoki 16 
bit 
Har qanday 
raqam bit 
12 (32) 
8, 16, 24 
yoki 32 bit 
12 8 

bit 
Kanal sathining ma’lumotlar almashinish jarayonida ikkinchi jadvalni 
birinchisidan farqi shundaki, unda axborot maydoni mavjud emasligi bilan farq 
qiladi. Sarlavha boshi va oxirida qo‘yilgan “Bayroq”dan foydalanib, bir vaqtda 
uzatilayotgan kadrni yopish va ochish mumkin(2 – jadval). 
2-Jadval 
Bayroq 

Manzil 

Boshqaruv 

Tekshiruv 
maydoni 
Bayroq 

01111110 
01111110 
12 8 
12 8 
12 (16) 
12 (32) 
12 8 


International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND 
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
128 

bit 

bit 
8 yoki 16 
bit 
8, 16, 24 
yoki 32 bit 

bit 
Yuqorida keltirilgan jadvalning manziliga bitta manzilni belgilash mumkin. 
Ularning ahamiyatsiz tomoni shundan iboratki, manzil yacheykasidagi birinchi 
bitiga qo‘shiladi. Nollardan iborat bo‘lgan baytlar hech qanday stansiyaning 
manzili deb hisoblanmaydi. Faqatgina belgilangan manzil maydoni baytlar soniga 
ko‘paytirilishi mumkin bo‘ladi.
Kadrlar oqimini boshqarish maydoni kadrni qaysi tarmoqdan kelishini 
aniqlovchi, kadrni yetib borganligi to‘g‘risidagi javob, kadrning ketma-ket raqami 
va kanal sathidagi kadrlar uzatilishini nazorat qilishni ta’minlaydi. Boshqarish 
maydonchasida manzili ko‘rsatiladigan stansiyaning buyruqlari mavjud bo‘lib, u 
bajarishi kerak bo‘lgan harakatlarni bajarishni buyuradi va manzil stansiyasining 
javobi, buyruqlar va javoblar bilan bog‘liq bo‘lgan ikkilik raqamlarning eng kam 
sonli nazorati nazorat zonasining pastki qismida joylashgan. Maydon manziling 
o‘lchami 8 bit yoki 16 bitdan iborat bo‘lishi mumkin, bu esa ochilmagan yoki 
maydonni kengaytirilgan formatiga to‘g‘ri keladi. Birinchi holatdan ikkinchi 
holatga o‘tish ma’lumotlarni uzatish buyruqli aloqa boshqaruvi tomonidan amalga 
oshiriladi. Tekshirish buyruqlari faqat biror bir kombinatsiya yoki asosiy stansiya 
orqali uzatiladi. 
Axborot zonasi har qanday bit tuzilishiga ega bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z 
ichiga oladi. Ma’lumot qismi ma’lumot uzatish havolasini boshqarish uchun 
qo‘shimcha xizmat bitlarini joylashtirish uchun ishlatilishi mumkin. Kadrning 
axborot maydonida joylashtirilgan ma’lumotning tabiati ushbu kadrni boshqarish 
maydonidagi buyruq yoki javob bilan belgilanadi. Kadrning verifikatsiya sohasi, 
"Bayroq" birikmasidan tashqari, sikl kodi bilan kadrning qolgan qismlari tarkibini 
kodlash yo‘li bilan olingan tekshirish tartibini o‘z ichiga oladi. 
Ikkita stansiya tugunlari orasida aloqaning to‘liq aylanishi quyidagi ketma-ket 
fazalarni o‘z ichiga oladi: "Aloqa kanallarining mantiqiy ulanishi", "aloqa kanalini 
ishga tushirish", "Axborot uzatishni o‘rnatish", "Ma’lumotlar oqimini uzatish", 
"Ulanish jarayonini to‘xtatish", "Mantiqiy holatda uzilish". Fazalar o‘zgarishi 
mumkin, ular ketma-ket yoki boshqa bir fazalarni aylanib o‘tishi mumkin. 
"Mantiqiy holatda uzilish" nazorat qilishning boshlang‘ich va so‘ngisi hisoblanadi. 
Stansiyalar ulash va uzishdan oldin ushbu fazada joylashgan bo‘ladi.
"Stansiyalarni ulanishini boshlash" fazasi bir biri bilan ulanuvchi stansiyalar va 
ular o‘rtasida parametrlarni almashinuvini ta’minlashga mo‘ljallangan. Aloqa 
kanallarida halaqitlar ta’sida shoqinlanishi yoki biror bir stansiyalarning axborot 
almashinishda uzilishlar bo‘lishi natijasida "Ulanish jarayonini o‘rnatilishi" dan 
"Mantiqiy holatda uzilish" fazasiga o‘tishi mumkin bo‘ladi[2]. 
«Axborotlar oqimini uzatish» fazasi aloqa kanalidan qabul qiluvchiga 
axborotlarni uzatiladigan asosiy bosqich hisoblanadi. Aloqa kanallarida 
ma’lumotlar almashinuvi oxiriga yetgandan so‘ng, "Aloqa jarayonini tugatish" 
bosqichiga o‘tadi.
Himoyalanmagan kanal (HK) orqali ma’lumot uzatish uchun havolalarni 
boshqarish jarayonlarida uch xil kadrlar qo‘llaniladi: ma’lumotlar(kadr) faqat 


International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND 
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
129 
"Axborot oqimini uzatish" bosqichida qo‘llaniladi; xizmatlarni raqamlangan 
nazoratchi muhim teskari aloqa jarayonini ta’minlaydi; raqamlanmagan xizmat 
kadri "ulanish jarayonini o‘rnatish", "ulanish jarayonini tugatish", "mantiqiy 
holatda uzilish", "aloqa kanalini ishga tushirish" va "axborotlar oqimini uzatish" 
fazalarida aloqa o‘rnatish va aloqa o‘rnatishni tugatish uchun ishlatiladi. 
Kadrlarni ijobiy yetib borganligini bilish uchun kadrlar oqimini nazorat qilish 
hamda kadrlar oqimidan iborat kanalning shovqinlanganlik darajasini bilish kerak 
bo‘ladi. Agar xabar manbaidan uzatilgan kadr ijobiy qabul qilingan bo‘lsa, uning 
manzilidagi stansiya mahalliy yoki uzoq stansiyaning manzillarini topmasa, 
stansiya bunday kadrga e’tibor bermaydi. 
Kanal va fizik sathlarda aloqa kanali orqali ma’lumotlarni uzatish samarali 
natija beradi. 

Download 359,19 Kb.
1   2   3   4




Download 359,19 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot texnologiyalari, tarmoqlar va telekommunikatsiyalar

Download 359,19 Kb.
Pdf ko'rish