Foydalanilgan adabiyotlar
[1] Karimov Sh.S. Petri to‘ri asosida telekommunikatsiya tarmog‘i kanal sathi
protokollari samaradorligini baholashning modellari va algoritmlari / texnika
fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi avtoreferati.
[2] Sh.S. Karimov, M.U. Norinov, Informashion
on the reduction of the
telecommunication system // science, research, development , pp. 288-293.
SI5351A MIKROSXEMASI ASOSIDA QURILGAN SINTEZTOR MODULI
Allayorov Mo‘min Rinatovich
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali assistenti
Annotatsiya
Xozirgi zamon radiotexnika tizimlarning ishlashi radiosignallardan olingan
ma’lumotlarni xususiy parametrlari yani chastotasi, fazasi
va ampliduda shaklini
o‘zgartirmasdan barqaror ravishda qabul qilib olish dolzarb vazifalardan biridir.
Bunday parametrlarga erishish uchun barqaror chastotali tayanch generatorlar
kerak bo‘ladi. Bu masalani chastotalar sintezatorlari yordamida hal qilish mumkin.
Sintezatorlar ishlash jarayonida tayanch generatori signalini etalon sifatida olib
undan kerakli etalon sifatlarini yo‘qotmasdan bir nechta
signallarni ajratib berish
imkoniyatiga egadir.
Kalit so‘zlar: Sintezator, Si5351 mikrosxema, AFChS,
Xozirda
nisbatan orzon va qulay oddiy, radiotexnikada qo‘llash imkoniyati
keng sintezatorlardan biri bu Si5351 sintezatoridir. Sintezator chastotalarini
sintezatordagi I2C porti orqali chastotalar konfiguratsilanadi
va kerakli taktlarda
chastotalar ishlab chiqaradi. Sintezator chastotalari kvarslangan chastotalar
generatorlarini yoki kvars o‘rnini almashtirishi mumkin, PLL/VCXO (high
resolution MultiSynth fractional divider) texnologik arxitektura bazasida tuzilgan.
Sintezatorda 3 ta yoki 8 ta ( sintezator korpusiga bog‘liq) bir biriga chiziqli bog‘lik
bo‘lmagan xolda 2.5 kGts dan 200 MGts gacha chastotalarni generatsiya qiladi [1].