|
Axborot texnologiyalari universiteti «Kriptologiya» kafеdrasi
|
bet | 2/7 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 305,57 Kb. | | #236344 |
Bog'liq Mustaqil ish (1)Aqlli uy texnologiyasi arxitekturasi va unda qo‘llaniladigan protokollar tasnifi
Buyumlar Internetiga asoslangan aqlli uy texnologiyasi
Insoniyat o‘z tarixida uchta axborot inqilobini amalga oshirgan. Birinchisi bu - yozuvning kashf etilishi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi bu - kitob bosishning ixtiro qilinishi edi. Uchinchi axborot inqilobi esa Internet bo‘lgan.
Hozirda internet orqali yozishmalar, videoqo‘ng‘iroqlar va hatto savdo ishlarining bajarilishi hamma uchun odatiy holga aylandi. Hatto hukumat ham o‘z funksiyalarining muayyan qismini internet orqali bajarmoqda. Lekin, global tarmoqning imkoniyatlari bu bilan ham cheklanib qolayotgani yo‘q. Qizig‘i shundaki, internetdan foydalanishni endi nafaqat odamlar, balki, buyumlar ham
«uddalaydigan» zamonga qadam qo‘ymoqdamiz. Inson tasavvuri keng lekin har bir narsani inson o‘z tasavvuriga singdirib olishga qiynaladi. Hozir rasm orqali Buyumlar internet haqida tasavvurga ega bo‘lamiz (1.1- rasm).
- rasm. Buyumlar Interneti
Shu sababli ham bu soha «buyumlar interneti» deb nom olgan bo‘lib, axborot texnologiyalari evolyutsiyasi bir kun kelib bu jarayonga kirishishi albatta tabiiy hol edi. Buyumlar Interneti inson va foydalanuvchilarning ko‘p maqsadlarini amalga oshiruvchi, hamda apparat, yoki qurilmalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta‘minlovchi rivojlanayotgan texnologiyalar jamlanmasi hisoblanadi. Boshqa so‘z bilan aytganda,
Buyumlar internetiga ko‘plab simsiz sensor va datchik tarmoq (Wireless Sensor and
Actuator Network, WSAN), radio chastotasini aniqlash (Radio Frequency Identification, RFID) tarmoqlari tarkibiy elementlari sifatida rivojlanayotgan texnologiyalar jamlanmasi sifatida qarash mumkin. Bu tushuncha haqida dastlab Kevin Ashton tomonidan “Buyumlar Interneti” iborasi ishlatilib, qurilmalari Internet orqali ulangan tizimni tasvirlaydi. Internet tarmog‘i, Wi-Fi yoki mobil tarmoqlarni (3G, 4G LTE) keng ko‘lamda foydalanilishi buyumlar Internetini tezkorlik bilan yuksalishiga zamin bo‘lmoqda. Natijada, qurilmalar yoki apparatlarning Internet tarmog‘i orqali o‘zaro bog‘lanishi, ma’lumotlar almashishi va shu kabi vazifalar salmog‘i yildan-yilga keskin oshib bormoqda. Hozirgi kunda buyumlar Interneti aqlli uylar, shaharlar, sanoat va sog‘liqni saqlash sohalarida turli inson tomonidan bajariluvchi vazifalarni avtomatlashtirishda keng qo‘llanilmoqda [3].
|
| |