|
Axborot texnologiyalari universiteti «Kriptologiya» kafеdrasi
|
bet | 4/7 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 305,57 Kb. | | #236344 |
Bog'liq Mustaqil ish (1)1.3. Aqlli uy texnologiyasida qo‘llaniladigan standart protokollar tasnifi
Zamonaviy aqlli uy tizimlarining asosiy muammosi - bozordagi barcha qurilmalarga mos keladigan universal standartning yo‘qligidir. Aqlli uyni qurishda siz tizimni turli ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari, masalan, Xiaomi xavfsizlik tizimi va Apple xavfsizlik kamerasi bilan jihozlashni xohlashingiz mumkin. Biroq, ko‘pgina kompaniyalar o‘z qurilmalarining boshqa mahsulotlar bilan mos kelishi haqida qayg‘urmaydilar. Yaxshi tomoni, siz smartfoningizni ilovalarning butun to‘plamiga ulashingiz mumkin - ularning har biri o‘zining aqlli uy komponenti uchun xizmat qiladi [14]. Ba'zi uskunalar hatto xususiy yopiq dasturiy ta'minot bilan jihozlangan bo‘ladi. Kompaniyalar ishlab chiqqan tizim va qurilmalar, foydalanuvchilarning manfaatlarini (qurilmalar va tizimlarning bir biri bilan muvofiqlashaolmasligi) albatta e'tiborga olinmasligi achinarli holat bo‘lib qolmoqda.
Aqqlli uy qurishda eng ko‘p qo‘llaniladigan tizim va protokollar. Hozirgi vaqtda eng istiqbolli va ilg‘or universal protokollar Z-Wave va ZigBee; biz ularga biroz batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.
1.8- rasm. ZigBee va Z-Wave protokollari
Z-Wave va ZigBee. Ikkala protokol ham uyni avtomatlashtirish tizimlari uchun maxsus ishlab chiqilgan. Ularning maqsadi nafaqat tizimni universallik bilan ta'minlash, balki tizimni to‘ldirib turishdir.
Aqlli uylarda foydalaniladigan xavfsizlik tizimlarining tahlili
Aqlli uylardagi xavfsizlik muammolari
Har qanday raqamli ma’lumotlar bilan ishlashda foydalanuvchining asosiy talabi - ma’lumotni ishonchliligi, mahfiyligi kabi xususiyatlarini o‘zida mujassam etish. Bulutli texnologiyalarida yuzaga kelayotgan qulayliklar o‘z navbatida foydalanuvchilarning texnologiyalarga qo‘yadigan xavfsizlik talablarini oshib borishiga sabab bulmoqda. Bulutli texnologiya xizmatlaridan foydalanish uchun, foydalanuvchilarni jalb qilishda bulut tekshiruvi va Bulutli texnologiyalar Xavfsizlik Tashkiloti (Cloud Security Alliance, CSA), yoki boshqa xavfsizlik standartlari muvofiqlik sertifikati orqali foydalanuvchilar ishonchini shakllantirish, buyumlar Interneti qullab-quvvatlash satxiga quyilgan asosiy talablardan biri. Undan tashqari, xozirgi kunda buyumlar Internetida bir qator xavfsizlik muammolari mavjud.
Kriptografik usullar. Simmetrik shifrlash algoritmi hisoblangan AES va asimmetrik shifrlash algoritmlari (RSA, Diffie-Hellman, Elliptik egri chiziqlar) hozirgi vaqtda ma’lumotlarning mahfiyligini ta’minlash uchun qo‘llaniluvchi ishonchli algoritmlardan hisoblanadi. Xuddi shunday ma’lumotlar yaxlitligi ta’minlashda qo‘llaniladigan HESH algoritmlar (SHA1, MD5) xavfsiz va samarali, ammo bu algoritmlar yuqori quvvatli prosessor va ko‘p vaqt sarfini talab etadi. Shuning uchun ushbu algoritmlardan buyumlar Internetida xavfsiz axborot almashishda foydalanish yuqori samara bermaydi.
- rasm. Kriptografik shifrlash algoritmi
|
| |