«AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MENEJMENT UNIVERSITETI»
«DI-117-22 DASTURIY INJINERING»
«AXBOROT TEXNOLOGIYALARI» KAFEDRASI
«KOMPYUTERNI TASHKIL ETISH» FANIDAN
MUSTAQIL ISH №1
Mavzu: Hozirda ishlab chiqarilayotgan shaxsiy kompyuterlarning protsessorlari va ularning xususiyatlari.
Bajardi: Toshqulov T.X. Qabul qildi: Hoshimov O.
Qarshi – 2024 y.
Mazvu: Hozirda ishlab chiqarilayotgan shaxsiy kompyuterlarning protsessorlari va ularning xususiyatlari Reja: 1. Kirish
2. Hozida ishlab chiqarilayotgan shaxsiy kompyuterlarning protsessorlari
3. Protsessorlarning xususiyatlari
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar
Protsessorlar haqida umumiy ma’lumot va ularni tanlash bo’yicha maslahatlar. Protsessor kompyuterning “miyasi” hisoblanadi va uning ichidagi chip har xil hisoblash va boshqa vazifalarni amalga oshiradi. Qanday kompyuter sotib olishingizga qarab, protsessor qimmat yoki arzon bo’lishi mumkin.
Kompyuteringizning samarali ishlashi protsessorning sifatiga va qanday turkumga kirishiga ham bog’liq. Kompyuter sotib olayotganda to’g’ri protsessorni tanlash chuqur texnik bilimni talab qiladi, shuning uchun men bu maqolamda protsessorning, asosan, qaysi xususiyatlariga e’tibor berish kerakligini aytib o’taman. Bular protsessorning tezligi (частота-frequency), nechta yadrosi borligi, brend (qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgani) va kesh xotirasi kabi xususiyatlaridir.
Protsessorning tezligi uning eng asosiy jihatidir. Odatda, bu ma’lumot protsessorning ustida yozilgan bo’ladi (“2,8 GHz” yoli “2,6 GHz” degan yozuvlar). Protsessorning tezligi qancha yuqori bo’lsa, shuncha yaxshi, lekin, zamonaviy protsessorlarda ko’p yadrolilik ( dual core, quad core) degan tushuncha ham bor. Bitta protsessorning o’zida ikkita, to’rtta va eng zamonaviy protsessorlarda 8 ta gacha yadro bor. Protsessorda yadro qanchalik ko’p bo’lsa, u ham shunchalik yaxshi, ammo, ko’p yadroli protsessorlar bir yadroli protsessorlardan ancha qimmat turadi.
Hozirda ko’pchilik xaridorlar ikki yadroli protsessorlarni (dual core yoki core2duo) sotib olishmoqda, lekin ikki yadrolik protsessorning ishlash samarasi uning qanday programmalar uchun ishlatilishiga bog’liq. Oddiy ofis kompyuteri uchun ikki yadroli protsessor shart emas, bir yadroli Celeron protsessorlari ham hujjat yozish kabi vazifalarni a’lo darajada bajarishadi, lekin, o’yin o’ynashni yoki videomontaj qilish bilan shug’ullanadigan foydalanuvchi uchun ikki yadroli protsessor qo’l kelishi mumkin.
Protsessorning yana bir asosiy xususiyatlaridan biri uning brendi, ya’ni qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqilganidir. Protsessor ishlab chiqaruvchi ikkita gigant mavjud – Intel va AMD. Bu kompaniyalar va ularning qay birining mahsuloti yaxshiroq ekanligi haqida azaliy munozara bor, men bu munozaraga qo’shilmagan holda, Intel kompaniyasi protsessorlari bizga har jihatdan qulay ekanligini aytib o’tmoqchiman, xolos.
Protsessorlarning kesh xotirasi ham asosiy xususiyatlardan biridir. Kesh xotira ham qanchalik katta bo’lsa, shuncha yaxshidir. Zamonaviy protsessorlarda 1mb, 2mb va undan ortiq kesh xotira mavjud.
Quyidagi misolda bir nechda protsessorlar va ularning xususiyatlari keltirilgan. Ular orasidan qaysi biri siz uchun mos kelishini tanlab olsangiz ham bo’ladi. Bu yerda ularning O’zbekiston bozorlaridagi taxminiy narxlari ham berilgan.
Protsessor Intel Celeron 440 Ishlab chiqaruvchi: Intel Turkum: Celeron
Protsessor tezligi: 2 GHz Yadrolar soni:1 ta
L2 kesh xotirasi: 512kb
Protsessor Intel Core 2 Quad Q8300 Ishlab chiqaruvchi: Intel
Turkum: Core 2 Quad Yorkfield Protsessor tezligi: 2,5 GHz Yadrolar soni: 4 ta
L2 kesh xotirasi: 4 mb
Protsessor Intel Core i7-920 Ishlab chiqaruvchi: Intel Turkum: Core i7
Protsessor tezligi: 2,6 GHz Yadrolar soni: 4 ta
L2 kesh xotirasi: 1 mb
Protsessor AMD Athlon II X2 240 Ishlab chiqaruvchi: AMD Turkum: Athlon II
Protsessor tezligi: 2,8 GHz Yadrolar soni: 2 ta
L2 kesh xotirasi: 2 mb
Protsessor AMD Phenom II X4 Ishlab chiqaruvchi: AMD Turkum: Phenom II X4 Protsessor tezligi: 3 GHz Yadrolar soni: 4 ta
L2 kesh xotirasi: 2 mb
Protsessor AMD Athlon II X4 630 Ishlab chiqaruvchi: AMD Turkum: Athlon II X4
Protsessor tezligi: 2,8 GHz Yadrolar soni: 4 ta
L2 kesh xotirasi: 2 mb
2007 yil yanvar oyi boshlarida Las-Vegasda bo’lib o’tgan CONSUMER ELECTRONICS SHOW (CES) 2007 xalqaro ko’rgazmasida Intel korporasiyasi yana uchta to’rt yadroli, shu jumladan Intel®Core™2 Quad savdo belgisi bilan ish joyi
kompyuterlari uchun prosessor modelini ham rasmiy taqdim etdi. Endi to’rt yadroli prosessorlar bilan kompyuterlarni barcha sotib olishi mumkin bo’ladi. Hozirgi kunda Intel korporasiyasi ish joyi kompyuterlari va korporativ server- sistemalar bozor segmenti uchun mo’ljallangan to’rt yadroli prosessorlar to’qqizta modellarini taqdim etadi.
Intel®Core™2 Quad prosessori to’rta hisoblash yadrosiga ega va kompyuter sezgirligi, katta tezligini ta’minlaydi. Bu yangi to’rt yadroli prosessorni distribyuterlar orqali buyurtma bilan olish mumkin va Intel marketing dasturi ishtirokchilari — kompaniyalar-yig’uvchilar ish joyi kompyuterlarida foydalanish uchun olishlari mumkin. Intel kompaniyasi bir prosessorli serverlar uchun to’rt yadroli prosessorlar ikki modellarini ishlab chiqarish boshlanishini ham ma’lum qildi. Yangi prosessorlari eng ilg’or Intel Core 2 Duo va to’rt yadroli prosessorlar oilasini to’ldiradi, hozirda ish joyi kompyuterlari, noutbuklar va serverlar uchun 29 ta ikki yadroli va to’rt yadroli modellari mavjud.
«Ommaviy kompyuterlar uchun to’rt yadroli prosessorlar texnologiyasini taqdim etib, Intel navbatdagi ildam odimni amalga oshirdi — Intel korporasiyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Pol Otellini (Paul Otellini) — ish joyi kompyuterlari endi foydalanuvchilarga yangi va ajoyib imkoniyatlarni taqdim etib ilgari faqt superkompyuterlar ega bo’lgan mahsuldorlik darajasiga erishadilar».
Intel ko’p yadroli prosessorlari foydalanuvchining kompyuter bilan ishlashi deyarli barcha tomonlarini yaxshilashga imkon beradi. Intel®Core™ revolyusion mikroarxitektura asosida yaratilgan bu mikroprosessorlar yuksak mahsuldorlikka ega va o’yinlar uchun kompyuterlarga mo’ljallangan. Ularning asosiy ustunliklari
— zamonaviy qo’shimchalarni bozor shu qismi uchun xos bo’lgan parallelizm yuksak darajasida ta’minlashidan iborat. To’rt yadroli prosessorlari ustunliklari va qudratli imkoniyatlaridan to’la darajada foydalana oladigan ko’p yo’nalishli qo’shimchalar va keyingi avlod o’yinlari yaratish sohasida Intel korporasiyasi DT ishlab chiqaruvchilari bilan faol hamkorlik qilmoqda. To’rt hisoblash yadrosi
hisobiga bunday prosessorlar asosidagi kompyuterlar Adobe After Effects*, Premiere Pro 2.0*, Windows Media Encoder*, Snapstream* va Win DVD* kabi yuqori tezlikda hisoblash bilan ko’p oqimli qo’shimchalarni bajarish uchun juda mos yechim hisoblanadi. Agarda yaqinda Microsoft Windows Vista* taqdim etilganini eslasak bozorga yangi dasturiy tizim va uning barcha imkoniyatlarini ta’minlaydigan yangi prosessorlar deyarli bir vaqtda chiqarilishi kamdan-kam uchraydigan holatidir.
Mahsuldorlik yangi darajalaridan tashqari to’rt yadroli prosessorlar foydalanuvchilar uchun multimediali axborotlar va raqamli o’yinlarni yaratish, tahrir qilish, ko’rish va tinglash uchun imkoniyatlarni kengaytiruvchi ko’p masalali hisoblash muhitini ta’minlaydi. Intel®Core™2 Quad prosessori bilan kompyuterlar yuksak aniqlikdagi videoni ko’rish uchun mos keladi. Ulardan oilaviy multimediali dam olish marzkalari sifatida ham foydalanish mumkin — chunki bir necha talabchan qo’shimchalarni bir vaqtda bajarilishi mumkin bo’ladi. To’rtta hisoblash yadrolari bir ncha multimediali oqimlar bilan ishlashga imokn beradi, shuning uchun Intel® Viiv™ texnologiyasi asosidagi yangi prosessorlar bilan shaxsiy uy
kompyuter o’yinlar, dam olish uchun juda keng imkoniyatlarni ta’minlab raqamli uy konsepsiyasiga juda mos keladi.
Protsessorning turi va xususiyatlarini aniqlash usullar
Bilamizki, kompyuterning ishlash samaradorligini ta’minlovchi «yuragi» – uning protsessori hisoblanadi. Ayni shu qismiga ko‘p narsa bog‘liq. Xo‘sh, siz o‘z kompyuteringizda qanaqa protsessor o‘rnatilganini bilasizmi?
Buni aniqlashning quyidagi yo‘llari mavjud:
Birinchi usul: Vazifalar dispetcheri yordamida
Ekranning pastki qismiga – vazifalar panelining bo‘sh joyiga sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan chertamiz. Ochilgan menyuda «Vazifalar dispetcheri», ya’ni
«Dispetcher zadach» bandini tanlaymiz.
Ochilgan dispetcher oynasidagi ikkinchi – «Proizvoditelnost» varaqasiga o‘tamiz, unda kompyuterning ishlash samaradorligi xususiyatlarini aks ettiradi. Eng yuqori qismida esa qurilmangizning markaziy protsessori haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi.
|