Axborot texnologiyalari




Download 1.85 Mb.
bet9/44
Sana23.07.2021
Hajmi1.85 Mb.
#15765
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
Modelli trenajorlarumumiy holatda kompyuter modellarini rivojlanishidir. Monitoring trenajori tarkibiga kiruvchi modelli trenajorlarga dispecher personallarini o’qitish misol bo’ladi.

Ma’lumki, inson ko’rganlarini 20%, ham ko’rib ham eshitganlarini 40% va ko’rib, eshitib, bajarganlarini 70% eslab qoladi. Bu esa o’z navbatida bilimlarini doimy oshirib borishda uzluksiz mashq qilib turishlarini taqozo etadi.Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlarida kompyuter tizimlarida boshqarishni joriy qilish keng tus olgan.Kompyuter trenajorlari orqali nafaqat yangi o’lchov asboblari bilan tanishish, balki, ularni kompyuterli boshqarish tizimlarida amaliy qo’llashlarni o’rgatadi.

Aniqlanishicha, neft kimyo va neftni qayta ishlash jarayonlarida ko’p avariya va operator xatoliklari kuzatilar ekan. Shunday operator xatoliklari sababli 1.1 mln.dollar zarar yetkazilishi mumkin bo’lar ekan.

Shu sababdan ham ishlab chiqarishdagi operator, texnolog va yana bir qator ishchilar ish boshlashdan avval turli o’quv treninglari va kompyuter trenajot imtihonlaridan o’tishga majburdirlar. Shundan so’nggina ishlash jarayonida xatoliklarsiz ish rejimini olib borishadi.Bunday trenajorlardan foydalanish ishlash jarayonidagi amaliy salohiyatini oshiradi v aishlab chiqarishga yetuk malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.

Shu sababli ham bunday trenajorlardan ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda foydalanish taklif etiladi.

Trenajorning ishlash tartibi quyidagicha:

1.Namoyish qilish (boshqarishdagi o’rnatishlar haqida nazriy bilimlar olish);

2.O’rganish (alohida jarayonlarni boshqarishdagi bilimlar);

3.Imtixon (o’z-o’zini tekshirishlarda imtixon turlarini tanlash).

Namoyishli jarayonda trenajor o’quv-ma’lumot tizimlari kabi ishlaydi:



  • ma’lumotli materiallarni ko’rsatish;

  • urilmalardagi modellashtirish ishlari;

  • qurilma va interfeys bilan interaktiv ishlashni o’rganish.

O’rganish jarayonida operator visual va matnli maslahatlarni oladi:

^ barcha qurilmalarni ishlatish va qismlarga ajratish;

^ yuzaga kelgan avariya holatlarini mustaqil ravishda to’xtatish;



^ normal holatda tizimlarning ishlashini ta’minlash; Mizimni to’g’ri ishlashiga ishonch hosil qilish.




O'rgatish







1




1




1




\




1

Xamma qurilmalar




Bo'lim




Avariya holati




Boshqarish va

indikatsiya



bo'limi

Imtihon jarayonida operator harakatlaridagi xatoliklar va axborot panelining ma’lumotlar chiqishidagi xatoliklar ko’riladi:

Operator imtixon topshirish jarayonida quyidagi shartlarni tanlaydi:



  • boshlang’ich vaziyat;

  • texnologik rejimning va operator ishining to’griligi bo’yicha baholash mezonlari;

  • maslahat.



Download 1.85 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Download 1.85 Mb.