Videokonferensiyalarni rejalashtirish




Download 13,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/205
Sana03.06.2024
Hajmi13,06 Mb.
#259764
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   205
Bog'liq
UUM VAT 2022-2023

Videokonferensiyalarni rejalashtirish 
Zoom platformasida tezkor va rejalashtirilgan videokonferensiyalarni 
o‘tkazishi mumkin. 
Tezkor videokonferensiyani o‘tkazish uchun asosiy sahifada "Novaя 
konferensiя" tugmachasini bosiыr va yuqorida ko‘rsatilgan ko‘rsatmalarga amal 
qilish kerak bo‘ladi. 
Agar konferensiyani oldindan rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, "Zaplanirovatь" 
funksiyasini tanlashimiz kerak bo‘ladi. 
13.38-rasm. Videokonferensiyalarni rejalashtirish jarayoni oynasi 
Konferensiyani rejalashtirish uchun quyidagi amallarni bajarishimiz kerak: 
1. Konferensiya mavzusini kiritish; 
2. Konferensiyaning boshlanishi uchun sana va vaqtni belgilashimiz. 
Ishtirokchilar o‘z vaqtlarini rejalashtirishlari uchun tadbirning davomiyligini 
ko‘rsatishimiz. Vaqt zonamizni kiritishimizni unutmasligimiz kerak. 
3. Konferensiya identifikatorini tanlashimiz. Biz o‘zingizning shaxsiy 
konferensiya identifikatorimizni yoki noyob identifikatorni avtomatik yaratishimiz 
mumkin. 
4. Konferensiya uchun parol yaratish. Ro‘yxatdan o‘tmagan ishtirokchilardan 
himoya qilish uchun tizim har bir yangi konferensiyaga avtomatik ravishda parol 
tayinlaydi. Parol ishtirokchilarga yuboriladigan taklifnomalarda ko‘rsatib o‘tiladi. 
Agar ishtirokchi parolni kiritmasa, u konferensiyaga qo‘shila olmaydi. Agar 


198 
xohlasak, ushbu parametrni o‘chirib qo‘yishimiz ham mumkin. 
5. Video tasvirini sozlash. Videokonferensiya boshlanganda o‘zingiz va 
ishtirokchilar uchun videotasvirni yoqilgan holda yoki o‘chirilgan holda 
videokonferensiyaga ulanishni sozlash. 
6. Ovozni sozlash. Qaysi qurilmaning ovozi ishlatilishini ko‘rsatish: telefon, 
kompyuter yoki ikkalasi ham. 
Sozlamalarni tugatgandan so‘ng, “Rejalashtirish” tugmasini tanlashimiz kerak 
bo‘ladi. 
13.39-rasm. Videokonferensiyalarni rejalashtirish va sozlamalarini o‘zgartirish 
jarayoni oynasi 
Konferensiya ishtirokchilariga taklifnomalarni yuborishni unutmaslik kerak. 
Taklifnima “Rejalashtirish” tugmachasini bosgandan so‘ng tizim tomonidan 
avtomatik ravishda yaratiladi. Taklifnomani nusxalash va ishtirokchilarga pochta 
orqali yoki Zoom orqali yuborish telab etiladi. 
Buning uchun asboblar panelidagi “Konferensiya” tugmachasini bosish kerak 
bo‘ladi. Ochilgan oynada biz rejalashtirilgan tadbir haqida qisqacha ma’lumotlarni 
ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi: mavzu, identifikator va vaqti. 
13.40-rasm. Rejalashtirilgan konferensiya taklifnomasining ko‘rinishi 
Taklifnomani nusxalashdan oldin “Konferensiya taklifnomasini ko‘rsatish” 
havolasini ustiga sichqoncha chap tugmasini bosishni amalga oshirib olish kerak 


199 
bo‘ladi. Matnda xatolar yo‘qligiga ishonch hosil qilish talab etiladi. Taklifnoma 
quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi: 
13.41-rasm. Rejalashtirilgan konferensiya taklifnomasining to‘liq ko‘rinishi 
Taklifnomada konferensiyaga ulanish uchun havola va parol ko‘rsatilgan 
bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlarsiz, hech kim konfrensiyada ishtirok eta olmaydi. 

Download 13,06 Mb.
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   205




Download 13,06 Mb.
Pdf ko'rish