Session Rooms xizmatini sozlash




Download 13,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/205
Sana03.06.2024
Hajmi13,06 Mb.
#259764
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   205
Bog'liq
UUM VAT 2022-2023

Session Rooms xizmatini sozlash 
Sessiya xonalari - bu aniq bir guruh ishtirokchilari uchun konferensiya xonasi / 
xonalarini yaratishga imkon beradigan Zoom xususiyatidir. 
Sessiya xonalari qachon kerak bo‘ladi: 
• agar siz mashg‘ulot bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsangiz va boshqa ishtirokchilar 
e'tiborini 
chalg‘itmasdan, 
ba’zi 
savollarni 
konferensiya 
ishtirokchisiga 
tushuntirishingiz kerak bo‘lsa; 
• agar siz maxfiy ma’lumotlarni bir kishi yoki ishtirokchilar guruhi bilan 
muhokama qilishingiz kerak bo‘lsa; 
• agar siz ishtirokchilarni turli xil loyihalar ustida ishlash, har bir loyihada 
ishlashni muhokama qilish uchun guruhlarga ajratsangiz. 
Zoom platformasining tekin variantida ham “Session Rooms” xizmati mavjud. 
Ammo ushbu xizmat standart hilatda u o‘chirib qo‘yilgan bo‘ladi, shuning uchun uni 
dasturning asboblar panelida topa olmaysiz. “Session Rooms” xizmati web-saytdagi 
xizmat sozlamalari orqali yoqish mumkin. 
“Session Rooms” xizmatini sozlash quyidagicha amalga oshiriladi: 
1. Zoom.us web-saytidagi kerakli qayd yozuvi orqali kirishni amalga oshirish 
kerak. 
2. So‘ngra “Настройки” bo‘limini tanlash kerak, so‘ngra “Конференция” 
yorlig‘ini belgilab “Kengaytirilgan” bandini tanlash kerak bo‘ladi. 
3. Kengaytirilgan sozlamalar ro‘yxatida “Sessiya xonalari” sozlamalarini toppish 
va uni yoqish hamda foydalanuvchilarga sessiya xonasi ishtirokchilarini tayinlashga 
ruxsat berish kerak bo‘ladi. 
13.30-rasm. Zoom platformasida Session Rooms xizmati sozlamalarini o‘zgartirish 
oynasi 


195 
Sozlamalarni saqlash va konferensiya oynasiga o‘tsangiz o‘ting tomonda 
uskunalar panelida “Sessiya xonalari” opsiyasi paydo bo‘ladi. 
13.31-rasm. Sessiya xonalari opsiyasining ko‘rinishi 
Ishtirokchilarni qo‘shish uchun “Sessiya xonalari” opsiyasi tanlash kerak. 
Kerakli Sessiya xonalarni yaratish va ishtirokchilarni xonalarga avtomatik yoki 
qo‘lda biriktirishni amalga oshirish kerak bo‘ladi. 
 
13.32-rasm. Sessiya xonalarini yaratish oynasi 
Har bir ishtirokchi mashg‘ulot xonasiga (zaliga) kirish uchun taklifnoma oladi 
va uni qabul qilishi shart. Agar konferensiya ishtirokchisi kelishuvni qabul qilmasa, 
ular asosiy konferensiyada qoladi. 
Taklifnomani qabul qilgandan so‘ng, konferensiya ishtirokchilari sessiya 
xonalariga (zallariga) o‘tishi, faqat ular bilan bitta xonada bo‘lganlar bilan muloqot 
qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
Sessiya xonalari menyusidan chiqish uchun “Barcha xonalarni yopish” 
tugmasini bosh kerak bo‘ladi. Sessiya xonalarida (zallarida) qatnashuvchilar xonada 
ishlarini yakunlashlari uchun 60 soniya bor bo‘ladi. Ushbu vaqt tugashi bilan ular 
avtomatik ravishda asosiy konferensiyaga qo‘shiladilar. 

Download 13,06 Mb.
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   205




Download 13,06 Mb.
Pdf ko'rish