• Umumiy sozlamalar
  • Axborot texnologiyalari va dasturiy injiniring




    Download 13,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet130/205
    Sana03.06.2024
    Hajmi13,06 Mb.
    #259764
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   205
    Bog'liq
    UUM VAT 2022-2023

    Zoom dasturini sozlash 
    Zumning kompyuter versiyasini ishga tushirgandan so‘ng, biz dasturning 
    asosiy sahifasiga kiramiz. 
     
    13.13-rasm. Zoom dasturining asosiy oynasi 
    Kompyuter uchun mo‘ljallangan Zoom dasturining asosiy interfeysi 
    Bosh sahifasida biz quyidagi ishlarni bajara olamiz mumkin: 
    • Video yoqilgan va video o‘chirilgan konferensiyalarni tashkil etish. 
    • Kelgusi konferensiyalarni rejalashtirish. 
    • Zoom dasturida ekranni namoyish etish. 
    • Konferensiyaga qo‘shilish. 


    188 
    Quyida ushbu xususiyatlarni batafsilroq ko‘rib chiqamiz. 
    Muxim sozlamalarni oldindan sozlab olish 
    Zoomni qulay ishlashi uchun barcha konferensiyalarda qo‘llaniladigan 
    sozlamalarni sozlab olish kerak bo‘ladi. 
    Yuqori o‘ng burchakdagi sozlash (Настройки) belgisini tanlaymiz. 
    13.14-rasm. Zoom dasturi sozlamalarini o‘zgartirish oynasi 
    Umumiy sozlamalar 
    Sozlamalar oynasi "Umumiy sozlamalar" oynasi ochiladi. “Operatsion tizimni 
    tizimni ishga tushganda zoomni avtomatik ishga tushirish” uchun birinchi qatorga 
    belgicha qo‘yish kerak bo‘ladi. Shunda dastur kompyuter yonganida darhol 
    avtomatik ishga tushadi. 
    13.15-rasm. Zoom dasturining umumiy sozlamalarini o‘zgartirish oynasi 
    Agar biz muntazam ravishda konferensiyalar tashkil qilishni va unda 
    qatnashishni rejalashtirmoqchi bo‘lsak, 55 daqiqadan so‘ng menga bo‘lajak 
    konferensiyani eslatib tur katakchasiga belgi qo‘yish kerak bo‘ladi. Tizim voqea 
    to‘g‘risida ogohlantirishi kerak bo‘lgan vaqtni to‘g‘ri belgilab qo‘yish kerak. 


    189 
    Video 
    Konferensiyaning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan videoaloqa sifatiga bog‘liq. 
    Videoni sozlash uchun quyidagi amallarni bajarish kerak bo‘ladi: 

    Kamera va tomonlarning nisbatlarini to‘g‘ri tanlash. Agar bizda ikkita 
    kamera ulangan bo‘lsa, efir vaqtida qaysi birini ishlatishni ko‘rsatish kerak 
    bo‘ladi. Telefoningizga yoki noutbukingizga o‘rnatilgan standart kameradan 
    boshqasi ulangan bo‘lan holatlarda sozlanadi. Ko‘rish va tasvir oralig‘ini 
    yaxshilash uchun keng ekranli eshittirish rejimini sozlash maqsadga muvofiq 
    bo‘ladi. 

    HD rejimini yoqish. Bu yuqori sifatli vidoni uzatishni taqdim etadi. 

    “Mening tashqi ko‘rinishim” funksiyasini yoqish. Ushbu parametr 
    rasmni tekislash imkonini beradi. 
     
    13.16-rasm. Zoom dasturining video sozlamalarini o‘zgartirish oynasi 
    Ovoz 
    Karnay va mikrofon ulanishlari va sozlamalarini tekshirish. Standart sozlama 
    mikrofon orqali audio ijro etish uchun ovoz balandligini avtomatik boshqarish 
    hisoblanadi. Ovoz balandligini o‘zingiz sozlamoqchi bo‘lsangiz, “Avtomaticheskaя 
    regulirovka gromkosti” parametrni o‘chirib qo‘yish kerak bo‘ladi. 
    13.17-rasm. Zoom dasturining ovoz sozlamalarini o‘zgartirish oynasi


    190 
    Chat 
    Konferensiya davomida ishtirokchilarning savollariga javob berish yoki 
    ishdagi hamkasblar bilan muloqot qilish bizga qulay bo‘lishi uchun chatni sozlash. 
    Chat sozlamalari: 

    Faol holatingiz uzoqqa cho‘ziladigan vaqtni o‘zgartiring yoki ushbu 
    parametrni o‘chirib qo‘ying. 

    Xabarlarni o‘tkazib yubormaslik uchun o‘qilmagan xabarlarning 
    ko‘rinishini sozlash kerak bo‘ladi. Buning uchun "Barcha o‘qilmagan 
    xabarlarni tepada qoldirish" yoki "Kanallar uchun o‘qilmagan xabar belgisini 
    ko‘rsatish" katakchasiga belgi qo‘yish kerak bo‘ladi. 

    Qalqib chiquvchi xabarlarni sozlash. Odatiy bo‘lib, bizga barcha 
    ochilgan xabarlar ko‘rsatiladi. Faqat shaxsiy xabarlar yoki ma’lum kanallar 
    uchun pop-up bildirishnomalarini yoqing. Buning uchun "Hech narsa" 
    yonidagi katakchani belgilaymiz va biz istisno qilayotgan kanallarni tanlaymiz. 
    13.18-rasm. Zoom dasturining chat sozlamalarini o‘zgartirish oynasi

    Download 13,06 Mb.
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   205




    Download 13,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari va dasturiy injiniring

    Download 13,06 Mb.
    Pdf ko'rish