182
Qulay rejalashtirish.
Onlayn darslar,
master-klasslar, konferensiyalar uchun
javob beradi.
Bunday holda, tashkilotchi konferensiya sanasi va vaqtini
belgilaydi,
mavzuni belgilaydi, video va audio yozuvlarni oldindan belgilaydi,
ishtirokchilarga
taklifnomalarni pochta orqali yoki Zoomda yuboradi.
Webinarlar (web-seminarlar)
Webinar bir yoki bir nechta ma’ruzachilar birgalikda gapirishlari mumkin
bo‘lga videoseminar hisoblanadi. Webinarlar qatnashayotgan
ishtirokchilar faqat
tomosha qilishlari va tinglashlari mumkin, aloqa va
axborot almashish esa savol
javob asosida amalga oshiriladi.
Webinar va konferensiya o‘rtasidagi farqlar:
Webinarda tinglovchi tashkilotchi bilan o‘zaro ma’lumot almashish imkoniyati
mavjud bo‘ladi.
Konferensiya formatida maksimal ishtirokchilar soni – 1000 tani tashkil qilsa,
Webinar formatida esa 10000 ta kishi tashkil qilishi mumkin.
Konferensiya bepul o‘tkazilishi mumkin (100 ishtirokchigacha + vaqt
chegarasi), va Webinar faqat pullik to‘plamda mavjud.