183
Elektron pochta manzilingizni kiriting va "Ro‘yxatdan o‘tish"
tugmasini
bosing. Yana bir usul - Google, Facebook yoki bir martalik kirish (SEB) orqali kirish
imkoniyati ham mavjud.
13.3-rasm. Ro‘yxatdan o‘tish rejimini tanlash jarayoni oynasi
Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, foydalanuvchi elektron pochtasiga autorizatsiya
so‘rovi keladi. Buning uchin elektron pochtaga kelgan xatni ochish va ro‘yxatdan
o‘tishingizni tasdiqlash uchun havolaga o‘tishingiz kerak bo‘ladi. Agar biron sababga
ko‘ra xat pochta orqali kelmasa, “Qayta yuborish” havolasini bosish kerak bo‘ladi.
13.4-rasm. Autorizatsiya so‘rovi “Qayta yuborish” oynasi
Elektron pochta qayd yozuvini faollashtirish kerak bo‘ladi:
13.5-rasm. Elektron pochta orqali kelgan autorizatsiya so‘rovini faollashtirish oynasi
184
Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni formasini to‘ldirish:
13.6-rasm. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni formasini to‘ldirish oynasi
Ish
joyidagi hamkasblar, sheriklar, talabalar
va boshqalar uchun akkaunt
yaratishga taklif yuborish imkoniyati ham mavjud. Buning uchun tegishli ochilga
oynaga ularning elektron manzilini kiritish kerak bo‘ladi.
Ushbu qadam ixtiyoriy, shuning uchun uni o‘tkazib yuborish ham mumkin.
13.7-rasm. Foydalanuvchilar elektron pochtalarini foydalanuvchi qayd yozuviga
qo‘shish oynasi
Tizim sizning shaxsiy konferensiya manzilingizni yaratadi
va keyingi ishlarni
davom ettirish uchun ikkita variantni taklif qiladi:
1. Konferensiyani hozirdan boshlash.
2. Foydalanuvchi qayd yozuvi.
Foydalanuvchi qayd yozuviga o‘tishni tanlashimiz kerak bo‘ladi.
185
13.8-rasm. Test rejimida videokonferensiyani ishga tushirish oynasi
Foydalanuvchi qayd yozuvi bizga quyidagilarni amalga oshirishga inkon
beradi:
profildagi ma’lumotlarni ko‘rish va o‘zgartirish;
konferensiyani rejalashtirish, tashkil etish va unga qo‘shilish;
Webinarlarni rejalashtirish va tashkil etish;
bulutli va lokal yozuvlarni saqlash;
konferensiyalar, yozuvlar va telefonlarni saqlash;
foydalanuvchilarni va foydalanuvchi qayd yozuvlarini boshqarish.
13.9-rasm. Zoom platformasidan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi qayd yozuvi
sozlamalari oynasi