180
kirishni cheklashi kerak.
Webinarda ushbu qoidalarga rioya qilinishini
nazorat qilish va ularning
buzilishining oldini olish kerak.
Yozma e'tirozni yuborganiqa qaramay ma’murning
harakatlariga rozi
bo‘lmagan tinglovchi va ishtirokchilarga ma’mur o‘z
harakatlarini tushuntirishi
kerak.
Nazorat savollari
1.
Webinarga to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rishning asosiy qoidalari nimalardan iborat?
2.
Webinarga materiallarni to‘g‘ri tayyorlash tartibi nimalarni o‘z ichiga oladi?
3.
Webinarga materiallarni to‘g‘ri taqdim etish usullari va vositalari?
4.
Webinarda ishtirok etish qoidalari nimalarni o‘z ichiga oladi?
181
15- MASHG‘ULOT. A13.
Mavzu: Zoom va Google Meet platformalari asosida Webinar tashkil etish
Reja:
1.
Zoom platformasi va uning imkoniyatlari.
2.
Zoom platformasida ro‘yxatdan o‘tish.
3.
Zoom dasturini yuklab olish va undan foydalanish.
1. Zoom platformasi va uning imkoniyatlari
Zoom - bu videokonferensiyalar, Webinarlar, guruhli suhbatlarini tashkil qilish
uchun videoaloqa xizmati platformasi hisoblanadi. Platforma video yoki audio orqali
ishtirokchilarga aloqa qilish imkoniyatini beradi. Zoom platformasining mijoz dasturi
kompyuter, planshet yoki smartfonga o‘rnatiladi.
Zoom
moliya
institutlarida,
IT-kompaniyalarda,
sog‘liqni
saqlash
tashkilotlarida, ta’lim muassasalarida keng foydalanib kelinmoqda. Zoom platformasi
yordamida qayerda bo‘lmasin xodimlar, mijozlar, tinglovchilar bilan masofadan turib
bir-birlarini videoaloqa orqali ko‘rib suxbatlashishga imkon beradi.
Zoom platformasi imkoniyatlari:
Video va/yoki audio aloqa. Konferensiyalar yoki
Webinarlar orqali amalga
oshiriladi.
Ekranni almashish. Birgalikda loyihalarda ijrochilarning
masofadan ishlashi
uchun ish stoli bilan bo‘lishishni qo‘llab-quvvatlash.
Guruhlarda jamoaviy suhbatlar. 10
yil davomida matn,
audio va tasvirlar
almashinuvi, ma’lumotlarni saqlash.
Hamkorlik uchun xonalar. Zoom Rooms - bu
yuqori sifatli aloqalarni
ta’minlaydigan platformaning Konferens-zal imkoniyatidir.
Taklifnomalarni pochta orqali yoki telefon
raqamlari orqali yuborish
imkoniyati.
OS (Windows, Mac, IOS, Android, Linux, Blackberry) va H.323/SIP
konferensiya tizimi bilan integratsiya.