47
2.5-rasm. Nuqta-ko‘p nuqta rejimida ishlovchi videoaloqa sxemasi.
Ko‘p nuqta – ko‘p nuqta rejimi.
Videoaloqa sessiyasida teng huquqlarga ega
bo‘lgan bir nechta ishtirokchilar o‘rtasida videoaloqa amalga oshiriladi. Ushbu
tamoyilda qoida tariqasida, ishtirokchilardan biri yetakchi etib tayinlanadi va boshqa
ishtirokchilarni faol yoki passiv holatga o‘tkazish uchun javobgar sanaladi.
2.6-rasmlarda Ko‘p nuqta-ko‘p nuqta rejimida ishlovchi
videoaloqaning sxemasi
keltirilgan.
2.6-rasm. Ko‘p nuqta – ko‘p nuqta rejimida ishlovchi videoaloqa sxemasi.
Himoyalangan videokonferensya aloqani amalga oshirishdan ko‘zlangan
maqsad:
Ma’lumotlarni shifrlashning texnik vositalaridan foydalangan holda
uzatiladigan ovozli va video
trafik oqimining maxfiyligi, yaxlitligi va
foydalanuvchanligini ta’minlash;
Masofada joylashgan ofis xodimlari va korporativ
tarmoq mijozlari bilan real
vaqt rejimida o‘zaro himoyalangan videoaloqani amalga oshirish imkoniyati;
Muassasa xodimlarining xizmat safari va transport xarajatlari uchun ketadigan
mablag‘larni tejalishi;
Mehnat unumdorligi va boshqaruv samaradorligini oshirishga imkoniyat
yaratadi;
Masofadan turib ishlaydigan mehnat jamoalarning
samarali hamkorligini
ta’minlash va xodimlar o‘rtasida korporativ aloqalarni amalga oshirga imkon berishi;
Tezkor qarorlarni qabul qilish talab qilinadigan jarayonlar va ularni amalga
oshirish mexanizmlarini tezlashtirishga sharoit yaratadi.