46
Axborot xavfsizligi bilan bog‘liq xususiyatlar
Tarmoqning xavfsiz aloqa kanali asosida yuqori
sifatli video va audio
trafiklarni 64 Kb/s dan 10 Mb/s gacha yuqori tezlikda uzatish imkoniyati;
Masofadan turib boshqariladigan yoki dasturiy ta’minot yordamida xavfsiz
videokonferensiya aloqani tashkil etishni sodda amalga oshirilishi;
Filiallarga va masofadagi ofislarda dasturiy ta’minot
va apparatli
videokonferensiya aloqa vositalarini sodda o‘rnatilishi evaziga tizimning masshtabini
oson kengaytirish;
Ikki tomonlama (ikkita ishtirokchi) va ko‘p nuqtali videokonferensiya aloqani
(ko‘p ishtirokchilar) tashkil qilish imkoniyatining mavjudligi;
Bitta nuqtadan markazlashgan boshqarishni tashkil etish imkoniyati.
Himoyalangan yideokonferensiyalarni tashkil etishning asosiy sxemalari
Yealink
kompaniyasi turli xil o‘lchamdagi xavfsiz videokonferensiya aloqa
tizimlarini Ya’ni kichik ofislarga mo‘ljallangan
yechimlardan tortib, yirik
korxonalarda foydalanishga mo‘ljallangan eng
zamonaviy videokonferensiya
vositalarini ishlab chiqaradi. Kompaniyaning videokonferensiya yechimlaridan
foydalangan holda murakkab geografik zonalarda joylashgan
muassasa tarmoqlari
o‘rtasida ham videokonferensiya aloqani tashkil etishga mumkin.