• 1. Video ma’lumotlarini siqish usullarining tasniflanishi
  • Yo‘qotishsiz (loseless) siqish usullari
  • Axborot texnologiyalari va dasturiy injiniring




    Download 13,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet84/205
    Sana03.06.2024
    Hajmi13,06 Mb.
    #259764
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   205
    Bog'liq
    UUM VAT 2022-2023

    Nazorat savollari 
    1.
    Video standart va formatlar xususiyatini nimalar tashkil etadi? 
    2.
    Videoni saqlash va siqish standartlari qanday vazifani bajaradi? 
    3.
    4K Ultra HD formatda videokonferensiya tashkil etish jarayonida texnik va 
    dasturiy vositalarga qo‘yiladigan talablar? 
    4.
    4K Ultra HD formatda videokonferensiya tashkil etish uchun kerak bo‘ladigan 
    tarmoq o‘tkazuvchanligi va texnik vositar? 
     
     
     


    119 
    9- MASHG‘ULOT. A7. 
    Mavzu: Videokonferensiya jarayonida ovoz va videoni siqish hamda 
    paketlar inkapsulyatsiyasi 
    Reja: 
    1.
    Video ma’lumotlarini siqish usullarining tasniflanishi. 
    2.
    Video ma’lumotlarini siqish standartlari. 
    3.
    Audio va videofaylni yo‘qotishli siqish. 
    4.
    Audio va videofayl paketlari inkapsulyatsiyasi. 
    1. Video ma’lumotlarini siqish usullarining tasniflanishi 
    Videokonferensiya jarayonida ovoz va videoni siqish hamda paketlar 
    inkapsulyatsiyasi 
    videokonferensiyaning 
    sifatini 
    belgilab 
    beruvchi 
    asosiy 
    ko‘rsatgichlardan biri hisoblanadi. 
    Ma’lumotlarni siqish usullarini ikki turga bo‘lish mumkin: 
    1.
    Yo‘qotishsiz (loseless) siqish usullari 
    (shuningdek, buzulishsiz siqish usullari 
    deb ham ataladi) dekodlangan ma’lumotlarning asl nusxasi bilan bir xil bo‘lishini 
    ta’minlaydi; 
    2.
    Yo‘qotishli siqish usullari 
    -
     
    asl ma’lumotni buzishi mumkin, masalan, 
    ma’lumotlarning ahamiyatsiz qismini o‘chirib tashlash orqali, keyin to‘liq tiklash 
    mumkin emas. 
    Siqishning birinchi turi tasvir sifatini yo‘qotishsiz shaklda siqiladi. Asosan bu 
    usuldan keyinchalik ma’lumotlarni to‘liq qayta tiklash muhim bo‘lgan hollarda 
    qo‘llaniladi, bu matnlar, raqamli axboratlar va boshqa turdagi ma’lumotlar uchun 
    muhim sanaladi. Tasvir sifatini yo‘qotmasdan siqishga faqat tejamkorlik orqali 
    ma’lumotlarni taqdim etish orqali erishiladi. 
    Siqishning ikkinchi turi asosan video tasvirlar va tovush uchun ishlatiladi. 
    Yo‘qotishlar hisobiga yuqori siqish koeffitsientiga erishish mumkin. Bunday holda, 
    siqishni yo‘qotish odatdagi o‘zlashtirishga xalaqit bermaydigan tasvirning 
    (tovushning) ahamiyatsiz yo‘qotilishini anglatadi, ammo asl nusxani va siqilgandan 
    keyin tiklangan nusxasini taqqoslaganda uning farqini sezish mumkin. 
    Bundan tashqari, quyidagilarni ta'kidlash lozim: 

    kirish ma’lumotlarining fizik tabiatiga bog‘liq bo‘lmagan va odatda matnni
    dasturlarni, ob'ekt modullari va kutubxonalarini siqishga yo‘naltirilgan umumiy 
    maqsadli siqish usullari, ya’ni ma’lumotlar asosan kompyuterda saqlanadi; 

    ma’lum (maxsus) siqish usullari ma’lum turdagi ma’lumotlarni, masalan, 
    tovushni, tasvirlarni va boshqalarni siqishga qaratilgan bo‘lib, siqilgan 


    120 
    ma’lumotlarning o‘ziga xos xususiyatlarini bilish tufayli ular umumiy maqsadli 
    usullardan ko‘ra ancha yuqori sifat va/yoki siqishni tezligiga erishadilar. 
    Ta'rifga ko‘ra, umumiy maqsadda siqish texnikasi buzilmaydi; faqat maxsus 
    siqish usullari buzishi mumkin. Qoida tariqasida, yo‘qotishlarga har qanday 
    signallarga (ovoz, tasvir, fizik sensorlardan olingan ma’lumotlar) ishlov berishda, 
    ma’lumotlarning sifatlarini yo‘qotmasdan qanday va qay darajada o‘zgartirish 
    mumkinligi ma’lum bo‘lgandan keyingina yo‘l qo‘yiladi. 

    Download 13,06 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   205




    Download 13,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari va dasturiy injiniring

    Download 13,06 Mb.
    Pdf ko'rish