• File| New | Project
  • Console Application
  • Visual C++ muhitida mеnyular va uskunalar panеli




    Download 1.59 Mb.
    bet4/14
    Sana29.05.2023
    Hajmi1.59 Mb.
    #66362
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    3 4 mustaqil ishlar

    5.2. Visual C++ muhitida mеnyular va uskunalar panеli.
    Visual C++ dasturlash muhitidagi dasturlar ilovalar deyiladi. (ko‘rinib turibdiki, IDE dasturlash muhiti). Biz ularni kelgusida Visual C++ ilovalari deb ataymiz. Ushbu ilovalar konstruksiya ko‘rinishida tuziladi va ular - loyihalar deyiladi. Bu bir necha fayllarning ketma- ket jamlanmasi hisoblanadi. C++ dasturlash tilidagi dasturlar bu funksiyalar jamlanmasi hisoblanib, kerakli majburiyatlarga ega bo‘ladi. Ilova - bu asosiy funksiya bo‘lib, uning ichida shunday operatorlar mavjudki, u dastur ishlashini realizatsiya qiladi. Har bir dastur o‘z ishini asosiy funksiyadan boshlaydi va bu funksiyaning bir qismi dasturchi tomonidan tuziladi, qolgan qismi esa - kutubxona, ya'ni sarlavha funksiyalari tomonidan dasturlash jarayonida foydalanuvchiga uzatiladi. C/C++ tilini o‘rganishda biz maxsus ilovalar turlaridan foydalanamiz - konsol rejimidagi ilovalarda ishlash, ya'ni oldindan hosil qilingan shablonlar asosida hosil qilinadigan holatlar bilan tanishamiz.
    Konsol oynasi - bu grafik interfeysga ega bo‘lmagan, dastur bilan foydalanuvchi orasidagi buyruqlar oynasi orqali hosil qilinadigan natija oynasidir. Buning uchun biz birinchi dialoglar oynasidan File| New | Project buyrug‘ini tanlaymiz. Loyihaning yig‘ilish va kompilyatsiya jarayoni Build buyrug‘i orqali amalga oshiriladi. Kompilyatsiya jarayonidan so‘ng Debug buyrug‘i orqali dasturni bajarish jarayoniga o‘tiladi.
    VC++ tilini o‘rganishni biz turli misollarda ko‘rib chiqamiz, turli dasturlar hosil qilamiz, ularni tahlil qilamiz, va ularni ishlash strukturalari bilan parallel ravishda tanishib boramiz. Konsol rejimidagi shablonlarni biz CLR (Common Language Runtime) Console Application da hosil qilamiz. Oxirgi ikki so‘z konsol ilova deganidir. CLR nima degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Visual C++ 2008 dasturlash muhitida konsol ilovalarining 2 ta shabloni mavjud: ulardan birinchisi - biz ko‘rib chiqayotgan shablon va ikkinchisi - abriviaturasiz shablon hisoblanadi. CLR - bu maxsus muhit bo‘lib, dastur kodining bajarilishini boshqaradi hamda astur kodining xavfsizligi va to‘g‘ri bajarilishini ta'minlaydi. 2005 va 2008 yilgi Visual C++ dasturlash versiyalarida ushbu jarayon kompilyatsiyada bajarilar edi. Bunda dastur uchun “to‘plam” degan xotira ajratilar edi: unda biz obyektni joylashtirish, xotirani bo‘shatish, obyekt bilan ishlash vaqti kabi parametrlarni bajarar edik. Boshqa tomondan, CLR rejimi yoqilganda, bu ilova boshqa ilovalarga nisbatan tubdan farq qiladi, bunda ilovaga ulanish System muhiti orqali amalga oshiriladi, bunda obyektlarning xotiraga joylashishi avtomatik boshqariladi.
    Regulyatsiyalanuvchi ko‘rsatkich - bu shunday ko‘rsatkich turiki, bunda havola orqali obyektning “to‘plam” xotiradagi o‘rni ko‘rsatiladi, bu holat sinov paytida amalga oshiriladi. Bunday ko‘rsatkichlar uchun “*” o‘rniga “A” belgisi ishlatiladi. Xullas, CLR o‘zgaruvchilarni hosil qilish apparatini, ya'ni bir to‘plamga tegishli xotira adresi va h.k. yaratib beradi. Shunday maxsus kutubxona borki, bu jarayonni boshqaradi. Lekin bu narsalar dasturlashni juda qiyinlashtirib yuboradi.
    Biz bu bo‘limda muhitning bosh oynasini hamda loyihalarda ishlatiladigan asosiy formalar va ularning sifatli chiqishi uchun zarur bo‘lgan maxsus konstruksiyalarni qarab chiqamiz. Bu yerda ham konsolli ilovalarda o‘rganilgan tushunchalardan foydalaniladi. Bu va bundan keyingi bo‘limlarda biz murakkab ilovalarning grafik interfeysi bilan tanishamiz. Ilovalarni yaratishda forma tushunchasini ishlatamiz. Bosh oynaning chap qismida ikki bo‘lakli vkladka joylashgan. Birinchi qism ma'lumotlar bazasi bilan ishlashni tashkil etsa, ikkinchi qismda komponentalar ro‘yxati keltirilgan. Bosh oyna (ishchi stol) ning har bir qismi to‘g‘risidagi to‘liqroq malumotlarni biz keyingi boblarimiz davomida ko‘rib chiqamiz.
    Agar ishchi stolimizning strukturasiga e'tibor bersak, har bir oynaning sarlavhasi o‘z tarkibida bo‘lgan ko‘plab funksional masalalarga mos ravishda tanlangan. Bu oynalarni sichqonchaning chap tugmasi yordamida istalgan joyga joylashtirish mumkin. Oynalarni o‘zaro birlashtirib, bir nechta vkladkalar ko‘rinishida ham joylashtirsa bo‘ladi. Siz agar biror bir oynani tanlab, sichqoncha yordamida kerakli joyga o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, darhol sizga kerakli obyektni tanlash imkonini beruvchi chizmalar beriladi. Siz ulardan birini tanlab, kerakli joyga oynani o‘rnatishingiz mumkin.
    Demak, birinchi ish muhitning oynalarini o‘zingizga qulay tarzda o‘rnatishdir. Aslida bu ish oddiy ko‘ringani bilan, lekin keyinchalik ish unumdorligiga juda kata ta'sir qiladi, ya'ni vaqtdan yutish imkonini beradi. Loyihalaringizni tayyorlayotganda barcha oynalar sizning qo‘l ostingizda qulay tarzda joylashgan bo‘lsa, ish sifati ham oshadi.
    Bu oynalar bilan ishlash davomida go‘yoki mashhur dasturlardan biri bo‘lmish Photoshop oynalari yodga keladi. Bu oynalarning xossalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Oynalarni keraklicha joylashtirishni muhitning Вид menyusi orqali ham amalga oshirish mumkin.

    Download 1.59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 1.59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Visual C++ muhitida mеnyular va uskunalar panеli

    Download 1.59 Mb.