3. Parallel tarmoqlanishdagi qarshilik.
Fizik hodisalarni o’rganishda ikkita usuldan
foydalaniladi: hodisa maxsus tajribalar asosida o’rganiladigan eksperimental usul
va tajribalarning natijalariga tayangan holda olingan bilimlarni tahlil qilish asosida
o’rganadigan nazariy usul.
Shu vaqtgacha biz asosan birinchi usuldan foydalanib keldik. Parallel tarmoqlanish
qarshiligini topish uchun esa nazariy usuldan foydalanamiz.
Tajribadan ma’lumki, parallel tarmoqlanishdagi tok kuchi uning ayrim
tarmoqlaridagi tok kuchlari yig’indisiga teng (2-formulaga qarang).
Tarmoqlarning har biri qarshilikka ega. Bu qarshiliklarni
R
1
, R
2
, R
3
, …, R
n
bilan
belgilaymiz. Bundan tashqari, hamma tarmoq uchlaridagi kuchlanish bir xil
ekanligi bizga ma’lum (1-formulaga qarang).
Parallel tarmoqlanishning qarshiligini topish uchun butun tarmoqqa Om qonunini
qo’llaymiz:
I = U / R.
Endi esa Om qonunini tarmoqlarning har biriga qo’llaymiz:
I
1
= U / R
1
; I
2
= U / R
2
; I
3
= U / R
3
; …, I
n
= U / R
n
.