Tasvir yuzini asosiy rang bilan bo'yash




Download 0,95 Mb.
bet4/7
Sana07.02.2024
Hajmi0,95 Mb.
#152723
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Z.Komilova

Tasvir yuzini asosiy rang bilan bo'yash.

Tasvirda belgilangan maydonni shtrixlab ko'rsatish.
Tasvir shaklini o'zgartirish.Tasvir shaklini turli ko'rinishlarda o'zgartirish.
История darchasida tasvirda olib boril-gan o'zgartirish amallarini butunlay o'chirish. Bu amal bajarilgandan so'ng o'zgartirishlarni ortga qaytarish mumkin emas.
Вычисление Размер изображения Размер холста Обрезание Перевернуть холст Гистограмма
СЛОЙ (Layer) menyusi Новый
Дубликат слова Удалить слой
Эффекты
Группа с предыдущим (Ctrl+G)
Разгруппировать (Shift+Ctrl+G)
Склеить все слои
boyitish.
Tasvirdagi ranglar kanallarini o'chirish.
Tasvir shaklini va o'lchamlarini o'zgartirish.
Tasvir ramkasi o'lchamlarini o'zgartirish.
Belgilangan maydondagi tasvirni kesib olish.
Xolstni soat strelkasi bo'ylab yoki soat strelkasiga qarshi 180°, 90° burish.
Tasvirdagi ranglar miqdori haqidagi ma'lumotlar darchasi.
Yangi qatlamni hosil qilish. Qatlam nusxasini hosil qilish.
Mavjud qatlamni muvaqqat xotiradan o'chirish.
Qatlamga turli effektlami qo'shish Qatlamlarni bir-biriga birlashtirish.
Qatlamlarni bir-biridan ajratish.
Mavjud barcha qatlamlarni birlash­tirish.
Adobe Photoshop dasturida jami 46 ta asbob mavjud bo'lib, ulardan 20 tasi bevosita dastur ishga tushirilganda darchada ko'zga tashlanib turadi. Qolganlarini qo'shimcha buyruqlarni bajarish orqali ishga tushirish mumkin. Agar asboblar panelida joylashgan tugmaning ostki qism o'ng burchagida kichik uchburchak shakli tasvirlangan bo'lsa, bu tasvir ushbu tugma tarkibida o'xshash buyruqni bajaruvchi asboblar yashiringanligidan darak beradi.
Yashiringan asbobni faollashtirish uchun kursorni maxsus bel­gili tugma ustidan «sichqoncha»ning chap tugmasini bosgan holda asboblar panelidan tashqariga olib chiqiladi va kursorni kerakli tugma ustiga keltirib, «sichqoncha»ning chap tugmasi qo'yib yubo-riladi.
Kursor har bir tugmaga yakinlashtirilsa, kursor belgisi ostidagi asbob qanday vazifani bajarishi haqidagi axborot paydo bo'ladi.
Quyida Adobe Photoshop dasturida ishlash jarayo­nida keng qo'llaniladigan asboblarning qisqacha tavsifi keltiriladi.
Прямоугольная область (To'g'ri burchakli soha). Tasvirda to'g'ri to'rtburchak shaklidagi maydonni belgilab olish uchun qo'llaniladi. Bu asbob yordamida tasvirdagi alohida maydon belgilab olingandan keyin tasvirga kiritilgan barcha o'zgarishlar faqat belgilangan maydon ichiga ta'sir etadi. Ushbu tugmaga qo'shimcha tarzda Shift klavishi ishlatilsa, belgilangan maydon hududi ortadi. Shift klavishi o'mida Alt klavishi qo'llanilgan taqdirda belgilangan maydon hududi qisqaradi. Ushbu amal Лассо и Волшебная полоска asboblari bilan ishlashda qo'llaniladi.
Эллиптическая область (Elliptik soha).Tasvirda doira shaklidagi maydonni belgilab olish uchun qo'llaniladi. Bu asbob yordamida tasvirdagi alohida maydon belgilab olingandan keyin tasvirga kiritilgan barcha o'zgarishlar faqat belgilangan maydon ichiga ta'sir etadi.
Строка пикселей. Tasvirda gorizontal shakldagi chi-~Ia ziqni belgilaydi. Amalda bu asbob juda kam qo'llaniladi. Столбец пикселей (Piksellar ustuni). Tasvir yuzida vertikal chiziqni belgilaydi. Amalda bu asbob ham juda kam qo'llaniladi.
Кадрирование (Kodlash). Ushbu asbob, asosan, tas­vir chetlarini va keraksiz qismlarini kesib tashlash uchun qo'llaniladi. Bu buyruq faollashtirilganda tasvir yuzida to'g'ri to'rtburchak shaklidagi ramka hosil bo'ladi. Ram-kaning chetlari kichik kvadratchalardan iborat bo'lib, bu kvadratchalar yordamida ramka hajmi o'zgartiriladi. Tasvir ramka ostiga olingandan so'ng Enter klavishi bosilsa, ramka tashqarisida qolgan ortiqcha bo'laklar kesib tashlanadi. Ushbu buyruqni Esc klavishini bosib rad etish mumkin.
Перемещение (Siljitish). Ushbu asbob tasvirda bel­gilangan maydonni yoki qatlamni siljitish va kesib olish uchun xizmat qiladi. Ba'zan Перемещение buyrug'ini bajaradigan ayni jarayonni boshqa ayrim asboblar (masalan, Волшебная полос­ка asbobi) yordamida ham amalga oshirish mumkin.
Лассо. Tasvirdagi turli shakldagi obyektlarni belgilash uchun ishlatiladi.
Многоугольное лассо. (Ko'pburchakli lasso). Asosan tasvirdagi to'g'ri chiziqlardan iborat obyektlarni belgilashda ishlatiladi. Alt kla­vishi bilan qo'llanilganda oddiy Лассо asbobi vazifasini bajaradi.
Магнитное лассо (Magnitli lasso). Bu asbob ishlatilganda Adobe Photoshop dasturi tasvirdagi obyekt chegaralarini o'zi belgilaydi. Ammo bu asbob piksellardagi ranglarning o'zgarishiga bog'liq tarzda chegaralarni aniqlashi bois kam qo'llaniladi.
Волшебная полоска (Sehrli tayoqcha). Bir-biriga yaqin bo'lgan rangdagi piksellar joylashgan maydonni belgilaydi. U Shift bilan birgalikda qo'llansa, belgilangan maydon hajmi ortadi. Alt bilan ish­latilganda esa belgilangan maydon hajmi kamayadi.
Аэрограф. Tasvirni bo'yashda ishlatiladi. Aerografni bir joyda ushlab turish siyohning tasvir bo'ylab yoyilib ketish effektini beradi. Bo'yoqning tasvir bo'ylab oqishi kursorni qo'yib yubormaguncha davom etadi. Odatda, bu asbob bilan yumshoq cho'tkalar ishlatiladi. Аэрограф kursorni ushbu asbob ustida bosish yoki klaviaturadagi J klavishini bosish orqali aktivlashtiriladi.
Кисть (Barmoq). Aerograf asbobi kabi tasvirni bo'yashda ishlati­ladi. Ammo Кисть yordamida tasvirni sifatli bo'yash mumkin. Bu asbob aerografga nisbatan ko'p qo'llaniladi. Kist asbobini V klavishini bosish orqali faollashtirish mumkin. Brushes darchasi yordamida bo'yoq cho'tkalarining shaklini o'zgartirish mumkin.
Штапм. Tasvirdagi kichik bir bo'lak nusxasini ko'chirish uchun ishlatiladi. Bu asbob tasvirdagi ayrim nuqsonlami, dog'lami yo'qotish va eski rasmlarni tiklashda keng qo'llaniladi.
Кисть предыдущих состояний (Awalgi holat barmog'i). Bu asbob tasvir haqidagi dastlabki ma'lumotlar asosida ishlaydi. Uning yordamida tasvirga kiritilgan so'nggi o'zgartirishlarni bekor qilish mumkin.
Ластик. Tasvirni o'chirish uchun ishlatiladi. U qo'llanganda tas­virda fon qaysi rangda bo'lsa, o'sha rangdagi chiziqlar hosil bo'ladi. Alt klavishini qo'llash yordamida kompyuter xotirasiga olinmagan so'nggi o'zgartishlarni bekor qilish mumkin. Ластик asbobi E klavishini bosish orqali faollashtiriladi.
Карандаш (Qalam). Turli chiziqlami chizish uchun foydalaniladi. Alt klavishi bosilganda kursoming ekrandagi tasviri o'zgaradi va be­vosita tasvirdan kerakli rangni tanlash mumkin. Bu amal bajarilgandan so'ng Карандаш o'sha rangda chiziq tortadi.
Линия (Chiziq). To'g'ri chiziqlami chizishda qo'llaniladi.
Размывка. Ushbu asbob ishlatilganda, tasvirdagi yorqinlik pasa-yadi. Alt klavishi bilan qo'llanganda yorqinlik ortadi.
Резкость (Ravshanligi). Ushbu asbob ishlatilganda tasvirdagi yorqinlik ortadi. Alt klavishi bilan qo'llanganda esa tasvir xiralashadi.
Палец (Barmoq). Tasvirdagi ranglarni chayqaltirib, tasvirdagi obyektlar o'rtasidagi chegaralarni bir-biriga qo'shishga xizmat qiladi.
Осветитель (Yorituvchi). Piksellardagi ranglar yorqinlashadi. Alt klavishi bilan qo'llanganda esa piksellardagi ranglar xiralashadi.
Заменитель (Almashtiruvi). Tasvir ustida harakatlantirilganda pik­sellardagi ranglar qoramtir tus oladi.
Губка (Labcha). Tasvir ustida harakatlantirilganda, tasvirdagi ranglar miqdori pasayadi. Губка bir joyda ko'p harakatlantirilsa, tasvirning o'sha joyi kulrang tus oladi.
Перо. Peroni tasvir ustida harakatlantirilganda, nuqtalar hosil bo'ladi. Ushbu nuqtalar yordamida chizilgan tasvirni o'zgartirish mumkin.
Магнитное перо (Magnit pero). Bu asbob xuddi Магнитное Лассо kabi harakatlanadi. Biror-bir tasvirdagi obyekt atrofida hara­katlantirilganda, Adobe Photoshop dasturining o'zi obyekt chetla-rini belgilab chiqadi.
Произвольное перо (Ixtiyoriy pero). Juda qulay asbob bo'lib. uning yordamida xohlagan shakldagi tasvirni ifodalash mumkin.
Вставить точку (Nuqta qo'yish). Bu asbob Перо yordamida chizilgan chiziq ustiga qo'shimcha nuqtalami qo'shadi.
Удалить точку (Nuqtani yo'qotish). Pero yordamida chizilgan chiziq ustidagi ortiqcha bo'lgan nuqtalami o'chiradi.
Непосредственное выделение (Bevosita ajratish). U yoki bu Перо bilan chizilgan chiziqlami tahrir qilish uchun xizmat qiladi. Uning yordamida chiziqdagi nuqtalami yakka tartibda harakatlantirish va kerakli joyga siljitish mumkin.
Преобразовать точку (Nuqtani almashtirish). Tasvir ustida chi­zilgan chiziqchalarda o'rnatilgan har bir nuqta, burchak yoki yoy vazifasini bajaradi. Ushbu asbob yordamida nuqtalaming vazifalarini o'zgartirish, ya'ni yoyni burchakka va burchakni yoyga almashtirish mumkin. Buning uchun kursorni nuqta ustiga olib borib, «sichqoncha»ning chap tugmasi bir marta bosiladi.
Текст (Matn). Ushbu asbob yordamida tasvirga turli matnlarni
kiritish mumkin. Текст asbobi faollashtilib, kursor tasvir ustida bo-
silsa, matn kiritish uchun alohida darcha hosil bo'ladi. Bu darchada harf
12-o'lchami, turi, rangi va boshqa o'lchamlari kiritiladi. Bu asbob yorda­mida kiritilgan matnni qayta tahrir qilish imkoni mavjud emas.
Текст-маска (Matn maska). Текст asbobi kabi bu asbob faollash-tirilib, matn ustida bir marta bosilganda, Текстовый инструмент darchasi hosil bo'ladi. Lekin bu matn oddiy tekstdan tubdan farq qiladi. Harflarning cheti xuddi Лассо asbobida belgilash kabi ko'rinish­ga ega bo'ladi. Hartlarni turli ranglarga bo'yash va Перемещение asbobi yordamida o'rnidan siljitish yoki boshqa rasmga olib o'tish mumkin.
Вертикальный текст (Vertikal matn). Agar tasvirga pastdan yuqoriga shaklda (vertikal shaklda) matn kiritmoqchi bo'lsangiz, ushbu asbob-dan foydalanishingiz mumkin.
Вертикальная текст-маска. Xuddi Текст-маска asbobi kabi bir xil vazifani bajaradi. Ammo bu asbob qo'llanganda harflar ustun kabi ustma-ust joylashtiriladi.
Измеритель (O'lchagich). Tasvirda turli o'Ichovlarni bajarish uchun ishlatiladi. Bu asbob bilan kursor bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga olib borilishi kifoya. Adobe Photoshop dasturi avtomatik tarzda ikki nuqta orasidagi masofani o'lehaydi.
Градиент. Bu asbob ishlatilganda, tasvirdagi belgilangan maydon-da ranglar kombinatsiyasi hosil bo'ladi. Asosiy rangning tasvir foniga sizib o'tish effekti yuzaga keladi.
Ковш. Ushbu asbobdan, asosan, tasvirni yoki tasvirdagi ajratib olingan hududni bo'yashda foydalaniladi. Ranglar qo'shimcha buyruq­larni bajarish orqali tanlanadi. Bu asbobni faollashtirish uchun К klavishi bosiladi.
Пипетка. Tasvirdagi asosiy rangni yoki tasvir foni rangini o'zgar-tiradi. Pipetkani tasvir ustidagi biror nuqtada bosish bilan o'sha nuqtadagi, ya'ni pikseldagi rang asosiy rang sifatida tanlanadi. Agar ayni jarayonga Alt qo'shilsa, tanlangan rang tasvir foni o'zgartirishiga olib keladi.
Выборка цветов (Ranglarni tanlash). Ushbu asbob tasvirdagi ranglar haqida axborot olishga xizmat qiladi. Инфо darchasida belgi qo'yilgan nuqtada necha foiz qizil, ko'k va qora rang mavjudligi haqidagi axborot hosil bo'ladi.
Рука (Qo'l). Tasvirning ko'zga tashlanmay turgan qismlarini ko'rsa­tadi. Buning uchun ushbu asbob faollashtirilib, «sichkoncha»ning chap tugmasini tasvir ustida bosgan holda kerakli tomonga harakat-lantiriladi. Ayni jarayonni Adobe Photoshop dasturi darchasidagi Навигатор yordamida ham amalga oshirish mumkin.
Масштаб. Tasvirni kattalashtirish yoki kichraytirish uchun xizmat qiladi. Agar ushbu asbob bilan birgalikda Alt klavishi ishlatilsa, tasvir kichrayadi. Ushbu asbob aktivlashtirilgandan so'ng kursor o'z shaklini o'zgartiradi va lupa ko'rinishini oladi. Kursor tasvirning qaysi nuqtasida bosilsa, Adobe Photoshop dasturi avtomatik tarzda o'sha nuqtani ekranga yaqinlashtiradi. Масштаб asbobini faollashtirib, Enter klavishi bosilsa. Опция масштабирования darchasi ochiladi. Bu darchada maxsus to'rtburchak ichiga belgi qo'yilsa, tasvir o'lchamlari o'zgartirilganda tasvir darchasi ham mos tarzda o'zgaradi. Har safar tasvir o'lchamlarini kattalashtirish yoki kichraytirish uchun Масш­таб asbobini faollashtirish zarur emas. Boshqa asbob bilan ishlash paytida Ctrl + Пробел bosilsa, ishlatilayotgan asbob vaqtincha Мас­штаб asbobi vazifasini bajaradi va tasvir kattalashadi. Ctrl + Пробел o'rnida Alt + Пробел qo'llanilsa, tasvir o'lchami kichrayadi. Shunin­gdek, tasvir o'lehamini Ctrl + +(plyus) klavishlari yordamida kat­talashtirish yoki Ctrl+ — (minus) yordamida kichraytirish mumkin. Adobe Photoshop dasturi darchasi ostida Строка состояния satrida tasvir o'lchamlari haqida axborot beruvchi maxsus darcha mavjud. Bu darchada tasvir o'lchamlari sonlarda ifodalangan. Ushbu sonlarni o'zgartirish orqali tasvirning aniq o'lchamlari kiritiladi.
Основной свет (Asosiy rang). Ushbu asbob ustida kursor ikki marta ketma-ket bosilganda Adobe Photoshop dasturining yangi dar­chasi (Выбор цвета) hosil bo'ladi. Bu darchada kerakli rang tanla-nib, OK yoki Enter tugmasi bosiladi va tanlangan rangni Карандаш, Кисть, Аэрограф, Градиент kabi asboblar yordamida qo'llash mumkin.
Свет фона. Ushbu tugma ustida kursor («sichqoncha» tugmasi)ikki marta ketma-ket bosilganda Adobe Photoshop dasturining yangi dar­chasi (Color Picker) hosil bo'ladi. Bu darchada tasvir fonining rangi aniqlanadi. Tasvir fonidagi rang Ласточка va Градиент asboblari uchun qo'llaniladi.
Переключение цветов (Ranglarini almashtirish). Ushbu belgi us­tida kursorni bosish orqali asosiy rang bilan tasvir foni ranglari o'rni almashtiriladi.
Цвета по умолчанию (Oshkor ranglar). Kursorni bu belgi ustida bir marta bosish bilan asosiy rang qoraga va tasvir foni ranglari oqqa aylanadi.


  1. Download 0,95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,95 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tasvir yuzini asosiy rang bilan bo'yash

Download 0,95 Mb.