• Kun tartibi
  • QAROR QILADI
  • Axborot texnologiyalari va menejment universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi




    Download 16.56 Kb.
    Sana05.04.2024
    Hajmi16.56 Kb.
    #188916
    Bog'liq
    2- BAYONNOMA (4) (2)
    15-16-лаборатория (5), 2- лабаратория, Mahamadiyev Nozim 1-labarotoriya l ish, KA 10-Mustaqil ishi, MTA 6-Amaliy ishi, 2-amaliy ma\'lumotlar tuzilmasi, 8 (1), 8-amaliy ish, 2 практическая, MENTAL KITOB 1, Mavzu Kompyuterning tashkiliy qismlari, asosiy ko‘rsatkichlari , 5-ma\'ruza, amaliy ish2, kV NH2IesNx8MRalj-qm01CRIxRZf75F, 4 mi

    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

    Axborot texnologiyalari” kafedrasi


    №___- sonli yig‘ilish


    BAYONNOMASI

    30 sentabr 2023 yil. Qarshi shahri



    Qatnashdilar: Kafedra mudiri: dots. Xolov K., kafedra a’zolari: dotsentlar: Tursunov B., Raxmonov B.,
    katta o‘qituvchilar: Matanov M., Komolov H., Ochilov B., Bobilov N., assistentlar: Meyliyev A., Axmatova S., Hoshimov O.,


    Kun tartibi:

    1. Direktiv hujjatlar va universitet IK qarorlari bilan tanishtirish (kafedra mudiri).

    2. Kafedra a’zolarining o‘zaro darslarga kirishi va tajriba almashinishi haqida.

    3. Kafedra prof.–o‘qituvchilarining 2023–2024 o‘quv yili 1–yarmida guruhlarda yakuniy nazoratlarning reyting nizomi asosida bajarilganligi hisobotlari.

    4. Ta’lim yo‘nalishlarida kafedra fanlarining o‘qitilish sifati va fanlar bo‘yicha nazoratlarning bajarilishi haqida.

    5. Har xil masalalar.

    1-Masala. Direktiv hujjatlar va universitet IK qarorlari bilan tanishtirish yuzasidan kafedra mudiri K.Xolov so’zga chiqib kafedra a’zolariga direktiv hujjatlar va universitet IK qarorlari bilan tanishtirib o’tdilar.
    2-Masala. Kafedra a’zolarining o‘zaro darslarga kirishi va tajriba almashinishi haqida kafedra mudiri K.Xolov so’zga chiqib kafedra a’zolariga kafedra a’zolarining o‘zaro darslarga kirishi va tajriba almashinishi haqida kafedra a’zolari o’rtasida o’z taklif va mulohazalarni bildirib o’tdi.


    3-Masala. Kafedra prof.–o‘qituvchilarining 2023–2024 o‘quv yili 1–yarmida guruhlarda yakuniy nazoratlarning reyting nizomi asosida bajarilganligi hisobotlari yuzasidan kafedra prof.–o‘qituvchilari so’zga chiqib 2023–2024 o‘quv yili 1–yarmida guruhlarda yakuniy nazoratlarning reyting nizomi asosida bajarilganligi holati bo’yicha hisobotlarini taqdim etdilar.


    4-Masala. Ta’lim yo‘nalishlarida kafedra fanlarining o‘qitilish sifati va fanlar bo‘yicha nazoratlarning bajarilishi haqida kafedra mudiri K. Xolov so‘zga chiqib, kafedra fanlarining o‘qitilish sifati va fanlar bo‘yicha nazoratlarning bajarilish holati bo‘yicha qilingan ishlari yuzasidan kafedraning har bir professor-o‘qituvchilaridan ma’lumot berishlarini so‘radilar. Kafedra professor-o‘qituvchilari qilingan ishlar yuzasidan hisobot topshirishdi.


    5-Masala. Har xil masalalar yuzasidan kafedra mudiri Xolov K. so‘zga chiqdi va har xil umumiy tartib, intizom va qoidalar hamda davomat to’g’risida o’zining bir qator talab va takliflarni ta’kidladi.


    QAROR QILADI:

    1. Direktiv hujjatlar va universitet IK qarorlari bilan tanishtirish yuzasidan kafedra mudiri K.Xolov axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

    2. Kafedra a’zolarining o‘zaro darslarga kirishi va tajriba almashinishi haqida kafedra mudiri K.Xolovning axboroti ijro uchun qabul qilinsin.

    3. Kafedra prof.–o‘qituvchilarining 2023–2024 o‘quv yili 1–yarmida guruhlarda yakuniy nazoratlarning reyting nizomi asosida bajarilganligi hisobotlari yuzasidan kafedra prof.–o‘qituvchilari axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

    4. Ta’lim yo‘nalishlarida kafedra fanlarining o‘qitilish sifati va fanlar bo‘yicha nazoratlarning bajarilishi haqida kafedra mudiri K. Xolovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

    5. Har xil masalalar yuzasidan kafedra mudiri K.Xolovning har xil umumiy tartib, intizom va qoidalar hamda davomat to’g’risida o’zining bir qator talab va takliflarini ma’lumot uchun qabul qilinsin.

    Majlis raisi: dots.K. Xolov


    Majlis kotibi: H.Komolov
    Download 16.56 Kb.




    Download 16.56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi

    Download 16.56 Kb.