• Yig‘ilish raisi: «Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti» kafedrasi mudiri L.N.Xudoyorov Kotib: S.X.Boyqobilov Qatnashdilar
  • Qatnashmaganlar: yo‘q Kun tartibi 1. Tanlovga xujjat topshirganlarni kafedrada muhokama qilib Kengashga tavsiya qilish. ESHITILDI
  • O.U.Begulov so‘zga chiqib
  • KI fakulteti dekani Sh.Rustamov so‘zga chiqib
  • Yig‘ilish qaror qiladi
  • Kafedra mudiri: L.N.Xudoyorov Kotib: S.Boyqobilov
  • Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti” kafedrasi navbatdan tashqari yig‘ilishining 14a-son bayonnomasidan ko‘chirma qarshi sh. 2024 yil 27 fevral Yig‘ilish raisi: «Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti»




    Download 16,22 Kb.
    Sana10.09.2024
    Hajmi16,22 Kb.
    #270773
    Bog'liq
    14a-ko\'chirma


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
    Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti” kafedrasi navbatdan tashqari yig‘ilishining
    14a-son bayonnomasidan
    KO‘CHIRMA
    Qarshi sh. 2024 yil 27 fevral
    Yig‘ilish raisi: «Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti» kafedrasi mudiri L.N.Xudoyorov
    Kotib: S.X.Boyqobilov


    Qatnashdilar: Z.Uzoqov, Sh.Davronov, G.Pardayeva, B.Nosirov, Sh.Ulasheva, O.Begulov, R.Abdullayev, K.Ablaqulov, J.Zohidov, M.Ro‘ziqulova, Sh.Yusupov, J.Saidov, N.Axmedova, Sh.Ibotova, Sh.Boboqulov, M.Temirov, Sh.Samandarova, S.X.Boyqobilov, A.Abrayev, D.Sulaymonova, kabinet mudiri N.Axmedova.


    Qatnashmaganlar: yo‘q


    Kun tartibi
    1. Tanlovga xujjat topshirganlarni kafedrada muhokama qilib Kengashga tavsiya qilish.
    ESHITILDI:
    1-masala yuzasidan kafedra mudiri L.Xudoyorov so‘zga chiqib, “Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti” kafedrasida 1 ta katta o‘qituvchilikga va 1 ta assistent lavozimiga tanlov o‘tkazilayotganligi bo‘yicha ma’lumot berdi. Katta o‘qituvchilikga nomzod sifatida ikki kishi hujjat topshirlanligini aytib o‘tdilar. Birinchi nomzod Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali assistenti Olmas Uktam o‘g‘li Begulov va ikkinchi nomzod Qarshi davlat universiteti Amaliy matematika kafedrasi o‘qituvchisi Akmal Ashurovich Bozorov. O.Begulov filialimizda bir necha yillardan beri faoliyat olib borayotgan jonkuyar inson, o‘nlab ilmiy maqolalar, uslubiy qo‘llanmalar, turli dasturiy mahsulotlar muallifi hisoblanadi. A.Bozorov QDUda bir necha yillardan beri faoliyat olib borayotgan jonkuyar inson, o‘nlab ilmiy maqolalar, turli uslubiy qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi. Bugungi majlisda shu ikki nomzodlardan ATDT kafedrasi katta o‘qituvchiligiga ovoz berish yo‘li bilan tanlov amalga oshirilishini aytib o‘tdilar va kafedra professor-o‘qituvchilardan kimga ovoz berishmoqchi bo‘lsa, ovoz berish blyutenininini to‘ldirishini so‘radilar. Berilgan ovozlarga ko‘ra ATDT kafedrasi assistentligiga 100% ovoz bilan O.U.Begulov nomi tanlangani e’lon qildi.
    O.U.Begulov so‘zga chiqib, berilgan ovoz va ishonch uchun hamma kafedra professor-o‘qituvchilariga raxmat aytib, berilgan ishonchni astoyidil oqlashini aytib o‘tdilar. Kafedrani keyingi istiqbolli rejalarini jamoa bilan birgalikda amalga oshirishini va bu yo‘lda vijdonan yondoshib ishlashini aytdi.
    KI fakulteti dekani Sh.Rustamov so‘zga chiqib,. assistentlikga nomzod sifatida ikki kishi hujjat topshirlanligini aytib o‘tdilar. Birinchi nomzod Muhammad al- Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali stajyor o’qituvchisi Sharifa Aminovna Ibotova va ikkinchi nomzod Qarshi muhandislik va iqtisodiyot instituti Axborot texnologiyalari kafedraning assistent o‘qituvchisi Xoliyorova Hilola Komil qizi. Sh.Ibotova filialimizda bir necha yillardan beri faoliyat olib borayotgan jonkuyar inson, o‘nlab ilmiy maqolalar, uslubiy qo‘llanmalar turli dasturiy mahsulotlar muallifi hisoblanadi. Xoliyorova Hilola Komil qizi QMIIda bir necha yillardan beri faoliyat olib borayotgan jonkuyar inson, o‘nlab ilmiy maqolalar, turli uslubiy qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi. Bugungi majlisda shu ikki nomzodlardan ATDT kafedrasi assistentligiga ovoz berish yo‘li bilan tanlov amalga oshirilishini aytib o‘tdilar va kafedra professor-o‘qituvchilardan kimga ovoz berishmoqchi bo‘lsa, ovoz berish blyutenininini to‘ldirishini so‘radilar. Berilgan ovozlarga ko‘ra ATDT kafedrasi assistentligiga 100% ovoz bilan Sh.Ibotova nomi tanlangani e’lon qildi.
    Sh.Ibotova so‘zga chiqib, berilgan ovoz va ishonch uchun hamma kafedra professor-o‘qituvchilariga raxmat aytib, berilgan ishonchni astoyidil oqlashini aytib o‘tdilar. Kafedrani keyingi istiqbolli rejalarini jamoa bilan birgalikda amalga oshirishini va bu yo‘lda istqidildan ishlashini aytdi.


    Yig‘ilish qaror qiladi:

    1. Kun tartibidagi masalalar ma’lumot uchun qabul qilinsin.

    2. ATDT kafedrasi katta o‘qituvchiligiga O.U.Begulovni 100% ovoz bilan tanlangani e’lon qilinsin va kafedra katta o‘qituvchiligiga tavsiya e’tilsin.

    3. ATDT kafedrasi assistentligiga Sh.A.Ibotova ni 100% ovoz bilan tanlangani e’lon qilinsin va kafedra assistentligiga tavsiya e’tilsin.



    Kafedra mudiri: L.N.Xudoyorov
    Kotib: S.Boyqobilov
    Download 16,22 Kb.




    Download 16,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti” kafedrasi navbatdan tashqari yig‘ilishining 14a-son bayonnomasidan ko‘chirma qarshi sh. 2024 yil 27 fevral Yig‘ilish raisi: «Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti»

    Download 16,22 Kb.