• Amerikalik iqtisodchi I. Ben-Poratning tasniflashiga ko‘ra, inson kapitali quyidagi tarkibiy qismlardan iborat
  • Mavzu: Noeklassik iqtisodiy ösish modellarida inson omili. Mek-86 guruh talabasi Ibadullayeva Mahliyo




    Download 0.78 Mb.
    Sana19.10.2023
    Hajmi0.78 Mb.
    #88741
    Bog'liq
    iqtisodiy o\'sish Ibadullayeva Mahliyo
    1 prak, 471368-1, Ona tilim, 8-Amaliy mashg\'ulot (2), Кузатув хати, ALINUR, Mikroiqtisodiyot (1), investitsiya, 2-mavzu, 1, Download - O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Sug’urta va pensiya ishi” k, zxcvhj

    Mavzu:Noeklassik iqtisodiy ösish modellarida inson omili.
    MEK-86 guruh talabasi
    Ibadullayeva Mahliyo
    Inson kapitalini yoki malakani oshirishning asosiy omili bo‘lib uzluksiz ravishda olib boriladigan ta’lim tizimi hisoblanadi. Insonlar maktab va boshqa o‘quv muassalarida ta’lim olib ish haqlaridan voz
    kechganlar deb hisoblaymiz. Chunki agar ular ta’lim olish o‘rniga biron-bir korxonada ishlayotganlarida ma’lum bir maosh olgan bo‘lar edilar. Bunday jarayonni iqtisodchilar inson kapitaliga kiritilgan
    investitsiya deb yuritadilar.
    Amnio fuqarolarga qanday ta’lim berishni ta’minlash kerak?
    Boshqacha qilib aytganda iqtisodiy o‘sishni qaysi muqobil yoiini tanlashimiz lozim? Birinchi variantni biz elitizm deb atagan edik:
    ma’lum bir guruh insonlar yaxshi ma’lumot oladilar, chunki iqtisodiyot rivojlanishi ulaming qay darajada davlatni boshqarishiga bog‘liq. Bu nazariyaga ko‘ra agar yetakchilar yaxshi ma’lumotga ega bo‘lsalar, u holda mamlakat barqaror rivojlanadi deb yuritiladi.
    Ikkinchi variantni biz universalizm deb atadik: har bir inson minimum bilim olishi kerak. Bu variantning mazmuni, har bir ishchidan iqtisodiy o‘sish yangi texnologiyalami tezkorlikda kiritish kerakligidan iborat. Oxirgi 30 yillar ichida Sharqiy Osiyodagi iqtisodiy o‘sish avval tikuvchilik, keyin soatlar va radiomahsulotlar
    ishlab chiqarishdan boshlangan. Sifat darajasi bu davlatlarda astasekinlik bilan oshib bordi va undan keyin esa bu davlatlar boshqa davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishni boshladilar
    • iqtisodiy rivojlanishning sanoat rivojlanishidan keyingibosqichida. Bu bosqichda yuqori fan sig‘imiga ega tarmoqlar, shu jumladan axborot texnologiyalari birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
    Sanoati rivojlangan jamiyat nazariyasiga ko‘ra, boshlang‘ich bosqichda sanoat sektorining o‘sishi asosan ommaviy ishlab chiqarish hisobiga ta’minlanadi. Fan-texnika taraqqiyoti yuqori texnologiyali tarmoqlami rivojlantirishni rag‘batlantiradi, ishlab chiqarishning
    mexanizatsiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi xodimlar malakasiga talabni oshiradi.
    Mehnat jarayonlari mexanizatsiyalashtirilishi va
    avtomatlashtirilishi natijasida mazkur tarmoqdan bo‘shatilayotgan xodimlar xizmat sohasiga o‘tadilar va jamiyat bosqichma-bosqich sanoat rivojlanishidan keyingi holatga o‘tadi
    Amerikalik iqtisodchi I. Ben-Poratning tasniflashiga ko‘ra, inson kapitali quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
    1) inson kapitalini yaratishda ishtirok etayotgan odamlaming sifat xususiyatlari va qobiliyati;
    2) bozorda taklif etilayotgan hamda boshqa ashyoviylar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga kiritilgan kapital qismi.

    Ayrim olimlar inson kapitali tarkibiga uning egasining ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish imkoni nuqtai nazaridan yondashadilar. Jumladan O. Nordxoug quyidagilami ta’kidlaydi:“Tahlil etish nuqtai nazaridan, bir tarafdan, xodimlaming sog‘lig‘i va malakasini, ikkinchi tomondan, ulaming motivatsiyasi va firmaga
    sodiqligini farqlash foydalidir. Dastlabki ikki unsur alohida bir xodimning topshiriqni bajarish, ya’ni mehnat qilish bo‘yicha asosiy qobiliyatini tashkil etadi.
    Inson kapitalining keyingi ikki unsuri esa
    mazkur xodim o‘z malakasiga ko‘ra, ishda qanday faoliyat olib borishini aks ettiradi. Qobiliyat va xohish birgalikda mazkur xodimning mehnatga qobiliyatini shakllantiradi”.
    I.V. Uinskiy inson kapitali ta’lim kapitali, sog‘liq kapitali va madaniyat kapitalida iborat deb hisoblaydi.Inson kapitali tarkibini kengroq tahlil etish uchun funksiyaviy yondashuv prinsipini hisobga olish lozim. Funksiyaviy yondashuvning metodologik prinsipi hodisani faqat uning ichki tarkibi bo‘yicha emas, balki uning funksiyaviy maqsadi, pirovard foydalanish maqsadi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishni talab etadi.
    Rossiyalik iqtisodchi S.A. Dyatlov ushbu prinsip bo‘yicha inson kapitali investitsiyalar natijasida shakllantirilgan va inson tomonidan jamlangan sog‘lik, bilimlar, ko‘nikmalar, qobiliyat, motivatsiyaning
    muayyan zaxirasidir degan fikmi bildiradi. Bu zaxira ijtimoiy ishlab chiqarishning u yoki bu sohasida maqsadga muvofiq foydalanar ekan, mehnat unumdorligini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi, bu bilan mazkur insonning ish haqi (daromadi) ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatadi
    Xulosa.
    Inson kapitalining yuqorida qayd qilingan tarkibi mazkur iqtisodiy kategoriya insonning o‘zi serqirra ekanligi bilan izohlanadi. Ishlab chiqarish kapitali doirasidagi ashyoviy va inson kapitali yaxlitligi va
    ajralmasligiga qaramasdan inson kapitali tobora mavqeyi ortib, yetakchi ro‘l o‘ynamoqda. Bevosita inson kapitali iste’mol qilinayotgan jismoniy kapitalning tovarlardagi qiymatini saqlab turadi hamda ish kuchi qiymatini qoplaydigan va kapital egalariga foyda keltiradigan yangi qiymat yaratadi.
    Download 0.78 Mb.




    Download 0.78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Noeklassik iqtisodiy ösish modellarida inson omili. Mek-86 guruh talabasi Ibadullayeva Mahliyo

    Download 0.78 Mb.